Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- ( tajnis san’ati )
- 9.4. Xorazmiy
- ( 3 ta o‘zbekcha, 1 ta forsiy )
G‘azallaridan namunalar
Ul yuzi oykim, jahonning jonidur, 166 Bu zamona xublarining xonidur. Taolalloh, zehi surat zehi mahbubi ravhoni Kim, oning husni shavqindan ko‘ngullar bo‘ldi nuroni. Bu falak nechun meni doim qara qinda tutar, Bu otim Sayf o‘ldug‘uchunmi qara qinda tutar (tajnis san’ati) Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur, Bo‘yina oshiq sanavbar, yuzina gul zor erur (tajnis san’ati). Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar, Shakar so‘zungdin kelur mukarrar (tarse’ san’ati) 9.4. Xorazmiy (XIV asr) Xorazmiy XIV asr boshlarida Xorazmda tavallud topgan. Shoirning asl nomi ma‘lum emas. «Xorazmiy» – uning adabiy taxallusidir. Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan yagona yirik asari «Muhabbatnoma» bo‗lib, hijriy 754 (1353 – 1354)-yili yozib tugallangan. Muallif bu asarini Oltin O‗rda xoni Jonibekning noiblaridan Muhammad Xo‗jabekka bag‗ishlaydi. Adib uni «davlat humoyi» deb ta‘riflaydi. Muhammad Xo‗jabek qo‗ng‗irot urug‗idan bo‗lib, kichikligidan davlat ishlarida bo‗lgan. Bir o‗rinda u Oltin O‗rda xoni Jonibek bilan qiyoslanadi: Uza jonsiz tan erdi mulk sensiz, Shahanshoh Jonibekxonga yetansiz. Boshqa bir o‗rinda esa u «sohibqiron» deb tavsiflanadi. Jonibekxonning Oltin O‗rdadagi hukmronlik yillari 1342 – 1375-yillarga to‗g‗ri keladi. Demak, Muhammad 167 Xo‗jabek Jonibekning qo‗l ostidagi a‘yonlaridan, ehtimol, harbiy sarkardalaridan biri bo‗lgandir, ehtimol. Adib asar yaratilgan joyini ham eslatadi: «Muhabbatnoma» so‘zin munda ayttim, Qomug‘in Sir yaqosinda bitidim. «Bayoni voqeyini aytur» bobida ko‗rsatilishicha, adib ikki tilda ijod qilgan. Ko‘ngul bahrinda ko‘p gavharlaring bor, Ochunda porsiy daftarlaring bor, – misralari uning «fors daftarlari» ham mashhur bo‗lganligini ko‗rsatadi. «Muhabbatnoma» 11 nomadan iborat bo‗lib, 4-, 8-, 11-nomalar fors-tojik tilida, qolgan nomalar esa o‗zbek tilidadir. Muallif asarni dastlab 10 noma qilmoqchi bo‗ladi, keyin esa yana bir noma qo‗shib 11 noma tarzida yakunlaydi (Burun o‘n dedim, u o‘n bir bo‘ldi). Asar 3 qism: kirish, asosiy qism va xulosadan tarkib topgan. Kirish o‗z ichiga hamd, asarning yozilish sababi va o‗rni, Muhammad Xo‗jabek madhi, vasf ul-hol hamda voqea bayoni bilan bog‗liq holda orada keltirilgan g‗azallarni (3 ta o‘zbekcha, 1 ta forsiy) oladi. Asosiy qism noma hamda ular bilan bog‗langan soqiynoma tarzidagi kichik masnaviylardan iborat. Xulosa munojot, qit‘a, xotimat ul-kitob va fardni o‗z ichiga oladi. Asarda fard, qit’a va g‘azal janri (doston tarkibida)ning turkiy adabiyotdagi ilk namunalari qo‗llangan. Fan olamiga «Muhabbatnoma»ning ikkita qo‗lyozma nusxasi ma‘lum. Shulardan eng qadimgisi uyg‗ur yozuvidagi nusxa bo‗lib, Britaniya muzeyida 8193 raqami ostida saqlanadi. Bu nusxa baxshi (kotib) Boqi Mansur tomonidan hijriy 835-yilning rajab oyi boshlarida Yazd shahrida ko‗chirilgan. Asarning arab yozuvidagi ikkinchi nusxasi ham Britaniya muzeyida 7914 raqami ostida saqlanadi. Nusxa 10 ga yaqin boshqa asarlar bilan birga hijriy 914-yili ko‗chirilgan bo‗lib, 47 sahifadan iborat. Asar zullisonaynlik (ikki tillilik) an‘anasi asosida yozilgan. 168 Asarda keltirilgan qit‘adan namuna: Tama dominda qolur qush emasman, Talim ayvon uza uchqon humomen. Qilichtek til bila tuttum jahonni, Qanoat mulki ichra podshomen. Xarobot ichra masjidda yerim bor Kim, ush ham rindmen, ham porsomen. Necha hashamatli sulton bo‘lsa bo‘lsun, Ayitmon mol uchun madh-u sano men. Qiyomatqa tekin qolsun oting teb, Sening tabqungda bo‘ldum oshno men. Asarda quyidagi fard keltirilgan: Niyozim bu turar sendin, nigoro, Unutma bandani, bahri xudoro. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling