Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

G‘azallaridan namunalar 

Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
 

Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul,
Xor-u rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul.
 

Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu,
Masaldurkim: «Charog‘ tubi qorong‘u».
 

Haq ul kunkim jamoling bor etibdur,
Jahon husnin borin sizga beribdur.
 

Ey odami(y)lar joni, parig‘a ne bo‘lursan?
Bu jism ila gulbargi tarig‘a ne bo‘lursan? 
 
Tuyuqlar 

Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor.
Har necha dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,


183 
Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor.
 

Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, 
Vah, qachon yetkaymen ut dilbanda men? 
Bevafolarga meni qilding asir, 
Sen menga sultonsen, ey dil, banda men.
 

Charxi kajraftor elidin yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin yoza men. 
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Har necha ul shahg‘a qulluq yozamen.
 

Qomatimni necha qoshing yo qila, 
Necha hajr o‘ti jonimda yoqila.
G‘amza birla to‘kti qonim ul sanam, 
To hinotek qon elina yoqila.
 

Ey ko‘ngul, yorsiz sanga ne bor, bor,
Qaydakim ul zulfi anbarbor, bor.
Chek jafo-u javr-u nozin borini,
Bir kun o‘lg‘aykim degaylar: «Bor-bor!» 
 

Qoshlaring xush lojuvard-u toq erur,
Xush ichinda benazir-u toq erur.
Torta olmasman firoqing, netayin? 
Qilcha tanga bori ishqing toq erur.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling