Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

1) 
Hirotda ijod qilish uchun imkoniyat yo‘qligi. Nazmda qobiliyat 
jihatidan Nizomiyga teng ekanligi, Firdavsiy va Nizomiylar 30 yil vaqt sarflab 
yozgan «Shohnoma»-yu «Xamsa»ni 30 oyda yoza olishga o‘zida quvvat 
sezayotganligi, lekin buning uchun sharoit va fursat yo‘qligini ta’kidlaydi; 
2) 
yurtdagi notinchlikdir. Odamlarda bir-biriga vafo yo‘q. Vafoning 
o‘rnini nifoq, saxovatning o‘rnini baxillik egallagan. Mamlakat shohi xalq uyini 
katakdek buzib, tovuq o‘rniga boyo‘g‘lini o‘tkazib qo‘ygan. Odamlarda 
kishilikdan nishona yo‘q, hamma joyda yomonlik hukmron. Ko‘ngil orom 
topadigan bir hujra yo‘q. Tasalli beruvchi biror kishi, ketaman desa etagidan 
tutadigan umr yo‘ldoshi, ketsa ayriliqdan eziladigan do‘sti yo‘q; 
3) 
ilm egallashga bo‘lgan ehtiyojdir. Zero, Navoiyning fikricha, «haq 
sirrining mahrami» qilib yaratilgan inson Allohni ma’rifat orqali tanishi kerak.  
Shu tariqa Alisher Navoiy 1465 – 1469-yillarda Samarqandda yashaydi. Shoir 
Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilikda hayot kechiradi. Keyinroq unga shahar hokimi 
Ahmad Hojibek homiylik ko‗rsatadi. Ahmad Hojibek fozil va shoirta‘b hukmdor bo‗lib, 
«Vafoiy» taxallusi bilan she‘rlar bitgan. Navoiy «Majolis un-nafois»ning 6-majlisini 
aynan shu ijodkor-hukmdor ta‘rifidan boshlaydi: «Surati xush va siyrati dilkash, axloqi 
hamida va atvori pisandida yigitdur. Xurosonda tarbiyat topti. Hirot dor us-saltanatida 
o‘n yilg‘a yaqin hukumat qildi. Samarqand mahfuzasida ham muddate hokim erdi... Va 
tab’i bag‘oyat xub voqe’ bo‘lubtur va nazmg‘a ko‘p iltifot qilur».
Alisher Navoiy Samarqandda mashhur olim Xoja Fazlulloh Abullays huzurida fiqh 
ilmidan saboq oladi. Bu haqda keyinchalik «Majolis un-nafois»da shunday yozadi: «Faqir 
ikki yil alarning qoshida sabaq o‗qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, «farzand» der 
erdilar».
Alisher Navoiy Samarqandda Mavlono Uloyi Shoshiy, Xoja Xurd, Mavlono 
Muhammad Olim, Mavlono Soyiliy, Darvesh Ahmad Samarqandiy, Mirzobek, Yusufshoh 
Safoiy kabi olim va shoirlar bilan tanishadi. She‘riyat va adabiyotshunoslikka doir ko‗plab 
asarlarni o‗qib chiqadi, salaflar va zamondoshlarining baytlarini yod oladi. «Muhokamat 
ul-lug‗atayn»da bu haqda shunday ma‘lumot beriladi: «Yigitligim zamoni va shabob 
ayyomi avonida ko‗proq she‘rda sehrsoz va nazmda fusunpardoz shuaroning shirin ash‘ori 


189 
va rangin abyotidin ellik mingdin ortuq yod tutubmen va alar zavq va xushholligidin 
o‗zumni ovutupmen».
Alisher Navoiy shu yillari shoir sifatida katta shuhrat qozonadi. 1465 – 1466-yillarda 
muxlislari uning she‘rlarini to‗plab Mashhadda «Devon» tuzadilar va uni oqqa 
ko‗chirishni mashhur xattot Sultonali Mashhadiyga topshiradilar. Bu devon bugun fanda 
«Ilk devon» nomi bilan mashhurdir.
Alisher Navoiy she‘rlarining dovrug‗i Sheroz-u Tabrizga ham yoyiladi. «Ilk devon» 
tuzilishidan so‗ng oradan 5 yil o‗tgach, 1471-yili Oqquyunlilar saltanatida ham Alisher 
Navoiy she‘rlaridan tarkib topgan yana bir devon tuziladi. Mazkur devon oqquyunlilar 
saroyida faoliyat yuritgan mashhur xattot va shoir Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy 
(taxallusi Anisiy) tomonidan ko‗chiriladi. Demak, shoirning o‗zi hali rasmiy devon tartib 
berishga ulgurmay, uning she‘rlari kiritilgan ikki devon: biri Mashhadda, biri Sherozda 
ko‗chirilib, Navoiy ixlosmandlarining ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
1468-yili Xuroson hukmdori Abu Sa‘id mirzo Eron uchun jangda halok bo‗ladi va 
1469-yilning boshida Husayn Boyqaro taxtni egallaydi. U Samarqandga maktub yo‗llab, 
Navoiyni o‗z yoniga chaqiradi va Navoiy Hirotga qaytadi. Shu yilning aprelida ramazon 
hayiti kunlarida shoir unga bag‗ishlab «Hiloliya» qasidasini yozadi. U Husayn 
Boyqaroning taxtga chiqishini yangi oy – hilolga qiyos qiladi: 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling