Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

ixlosmandlar devoni» nomi bilan yuritilmoqda.
Devon 1471-yil 25-dekabrda Anisiy taxallusi bilan she‘rlar yozgan shoir va xattot 
Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy tomonidan Oqquyunlilar saltanati markazlaridan 
biri bo‗lgan Sheroz shahrida ko‗chirilgan. Devonda jami 229 ta she‘r bor: 224 g‗azal, 1 
mustazod, 3 muxammas va 1 tarje‘band. Bu majmuadagi 224 g‗azaldan 217 tasi «Badoye‘ 
ul-bidoya»ga va faqat bittasigina «Navodir un-nihoya»ga o‗tgan. Devondagi 90% g‗azal 
«Ilk devon»da uchramaydi. Bu holat mazkur g‗azallarning katta qismi 1466-yildan 
keyingi 5 yil orasida (1471-yilgacha) yaratilganligini ko‗rsatadi. Avvallari Alisher 
Navoiyning turkiy tildagi she‘riyati 4 bosqichda: «Ilk devon», «Badoye‘ ul-bidoya», 
«Navodir un-nihoya», «Xazoyin ul-maoniy» tarzida o‗rganib kelinardi. Endilikda mazkur 
devon topilgandan so‗ng Alisher Navoiy she‘riyatini besh bosqichda o‗rganishga zarurat 
seziladi. Buni quyidagi jadvalda ko‗rish mumkin: 
Bosqichlar 
Navoiy devonlari 
Tuzilish muddati 

Ilk devon 
1465 – 1466 
II 
Oqquyunlilar devoni
1471 
III 
Badoye‘ ul-bidoya
1470 – 1480 
IV 
Navodir un-nihoya 
1480 – 1487 

Xazoyin ul-maoniy 
1492 – 1498 
Oqquyunlilar saltanatining asosiy aholisi o‗g‗uz turklari bo‗lgani uchun mazkur 
qo‗lyozmada Alisher Navoiy she‘rlari o‗g‗uz lahjasiga moslashtirib ko‗chirilgan. Masalan, 
Navoiyning mashhur g‗azali matla‘si ushbu devonda quyidagi holatda uchraydi: 
Mehr cho‘x ko‘rsatdim, ammo mehribone dopmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone dopmadim.


195 
Oqquyunlilar devoni hozirda Misrning Qohira shahrida saqlanmoqda.
Alisher Navoiy Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan keyin uning topshirig‗i bilan 
o‗zining birinchi rasmiy devoni – «Badoye‘ ul-bidoya» (Badiiylikning boshlanishi)ni 
tartib beradi. Devonning Alisher Navoiy hayotlik davrida (1480-, 1482- va 1486-yillarda) 
ko‗chirilgan nusxalari Parij Milliy kutubxonasida (1480-yil, inv. №746), Britaniya 
muzeyida (1482-yil, inv. №401) va Toshkent shahrida (1486-yil, inv. №216, asos nusxa) 
saqlanadi. Devon mazkur nusxalar asosida filologiya fanlari nomzodlari Sh.Sharipov va 
M.Rahmatullayeva tomonidan nashrga tayyorlangan (MAT, 1-jild).
Shoir bu devoni uchun maxsus debocha ham yozib, unda devon tartib berish 
masalalariga to‗xtaladi va quyidagi xususiyatlarni alohida ko‗rsatib o‗tadi. Alisher Navoiy 
devonni g‗azallar bilan boshlash, g‗azallarni 28 harf emas, balki 32 harf (

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling