Dilnavoz Yusupova
«Xazoyin ul-maoniy» kulliyotidagi lirik janrlar tavsifi
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3. Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy « Xamsa » si
11.2. «Xazoyin ul-maoniy» kulliyotidagi lirik janrlar tavsifi
«Xazoyin ul-maoniy» kulliyoti turkiy she‘riyatning gultoji bo‗lib, jami 16 lirik janrni o‗z ichiga oladi. Bu she‘riy janrlar har bir devonga muayyan tartib bilan joylashtirilgan va bu janrlarga oid she‘rlarning umumiy soni 3132 ga teng. «Xazoyin ul-maoniy» kulliyoti tarkibiga kiruvchi devonlarning janr xususiyatlarini kuzatadigan bo‗lsak, ular orasida o‗zaro mutanosiblik borligini ko‗ramiz. Xususan, «G‗aroyib us-sig‗ar» va «Navodir ush- shabob» devonlariga 8 tadan, «Badoye‘ ul-vasat» va «Favoyid ul-kibar» devonlariga 9 tadan janr kiritilgan va devonlarning hajmi ham bir-biridan unchalik farq qilmaydi: «G‗aroyib us-sig‗ar»da 840 ta she‘r (5718, 5 bayt), «Navodir ush-shabob» devonida 759 ta she‘r (5423, 5 bayt), «Badoye‘ ul-vasat»da 740 ta she‘r (5420 bayt) va «Favoyid ul- kibar»da 793 ta she‘r (588,5 bayt) mavjud. Bu janrlardan g‗azal, mustazod, musaddas, tarji‘band barcha devonlarga o‗zaro teng nisbatda joylashtirilgan. Mazkur janrlarning 14 Professor H.Sulaymon «Devoni Foniy» nusxalarini o‗rganish asnosida shunday xulosaga kelgan. 198 kulliyotdagi tartibi va o‗zaro nisbatini H.Sulaymonov tuzgan quyidagi jadvalda ko‗rish mumkin: № Navoiy foydalangan lirik janrlar «G‗aroyib us-sig‗ar» devonida «Navodir ush-shabob» devonida «Badoye‘ ul-vasat» devonida «Favoyid ul-kibar» devonida Jami to‗rt devonda 1 G‗azal 650 ta (4975 bayt) 650 ta (4998 bayt) 650 ta (5001 bayt) 650 ta (5029 ta) 2600 ta (20003 bayt) 2 Mustazod 1 ta (7 bayt) 1 ta (7 bayt) 1 ta (7 bayt) 1 ta (7 bayt) 4 ta (28 bayt) 3 Muxammas 3 ta (57,5 bayt) 3 ta (52,5 bayt) 2 ta (30 bayt) 2 ta (37,5 bayt) 10 ta (177,5 bayt) 4 Musaddas 1 ta (27 bayt) 1 ta (27 bayt) 2 ta (42 bayt) 1 ta (21 bayt) 5 ta (117 bayt) 5 Musamman 1 ta (28 bayt) 1 ta (28 bayt) 6 Tarji‘band 1 ta (100 bayt) 1 ta (103 bayt) 1 ta (56 bayt) 1 ta (110 bayt) 4 ta (369 bayt) 7 Tarkibband 1 ta (56 bayt) 1 ta (56 bayt) 199 8 Masnaviy 1 ta (148 bayt) 1 ta (148 bayt) 9 Qasida 1 ta (91 bayt) 1 ta (91 bayt) 10 Soqiynoma 1 ta (458 bayt) 1 ta (458 bayt) 11 Qit‘a 50 ta (138 bayt) 50 ta (126 bayt) 60 ta (127 bayt) 50 ta (112 bayt) 210 ta (503 bayt) 12 Ruboiy 133 ta (266 bayt) 133 ta (266 bayt) 13 Muammo 52 ta (54 bayt) 52 ta (54 bayt) 14 Lug‗z 10 ta (40 bayt) 10 ta (40 bayt) 15 Tuyuq 13 ta (26 bayt) 13 ta (26 bayt) 16 Fard 86 ta (86 bayt) 86 ta (86 bayt) Jami 840 ta (5718,5 bayt) 759 ta (5423,5 bayt) 740 ta (5420 bayt) 793 ta (5888,5 bayt) 3132 ta (22450,5 bayt) 11.3. Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy «Xamsa»si Musulmon Sharqi epik poeziyasi tarixi xamsachilik an‘anasi bilan chambarchas bog‗liq. Dastavval XII asrda vujudga kelgan xamsa janri sakkiz asrga yaqin vaqt davomida yuzlab javob dostonlarga ega bo‗ldi. Sharq adabiyotida birinchi bo‗lib «Xamsa» yozgan shaxs buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviydir. U 1170 – 1204-yillar 200 oralig‗ida birin-ketin 5 ta doston yaratdi, bu dostonlar shoir vafotidan so‗ng yaxlit bir to‗plamga birlashtirilib «Panj ganj» (Besh xazina) deb atala boshlandi va keyinchalik xamsa nomi bilan mashhur bo‗ldi. Nizomiy beshligidagi birinchi doston «Maxzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) deb atalib, 1170-yili yaratilgan. Nizomiy bu dostonini g‗aznaviylar hukmdori Bahromshoh (XII asr)ga bag‗ishlaydi. «Maxzan ul-asror»ning vujudga kelishida XII asr klassigi Hakim Sanoiy «Xadiqat ul-haqoyiq» (Haqiqatlar bog‗i) dostonining ta‘siri bor. Umuman, musulmon Sharqida falsafiy-didaktik yo‗nalishdagi dostonlarning ibtidosi ham bevosita shu doston bilan bog‗lanadi. Nizomiy beshligidagi ikkinchi doston «Xusrav va Shirin» deb atalib, taxminan 1181- yili yozib tugallangan. Shoir bu dostonini saljuqiy hukmdor To‗g‗rul II (1174 – 1194) topshirig‗iga ko‗ra yaratadi. «Layli va Majnun» dostoni esa 1188 – 1189-yillarda shirvonshoh Axsitan II topshirig‗iga ko‗ra yaratiladi. Nizomiy beshligidagi to‗rtinchi doston «Haft paykar» (Yetti go‗zal) 1196-yili yozib tugallanadi. Doston 4600 baytdan iborat bo‗lib, hukmdor Alouddin Ko‗rpa Arslon (1174 – 1207) topshirig‗i bilan yaratilgan. «Haft paykar» asosiy voqea va unga ilova qilingan 7 ta qoliplovchi hikoyatlardan iborat. Nizomiy beshligidagi so‗nggi – beshinchi doston «Iskandarnoma» deb atalib, ikki qism: «Sharafnoma» va «Iqbolnoma»dan iborat. Doston hajmi 10000 baytdan ortiqroq. Dostonning aniq qaysi yilda yaratilganligi ma‘lum emas, adabiyotlarda uning 1197-yildan keyin yozilganligi haqida ba‘zi qaydlar uchraydi. Nizomiy beshligi yaratilgandan keyin oradan bir asr vaqt o‗tib Xusrav Dehlaviy (1253 – 1325) unga javob yozdi va shu bilan xamsanavislik an‘anasini boshlab berdi. U 1299 – 1301-yillarda «Matla‘ ul-anvor» (Nurlarning boshlanmasi), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Hasht behisht» (Sakkiz jannat), «Oyinayi Iskandariy» (Iskandar oynasi) dostonlarini yaratib Nizomiy ishini davom ettirdi, natijada adabiyotda xamsachilik an‘anasi paydo bo‗ldi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling