Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

G‘azallaridan namunalar 
 

Ey mus’hafi husnung‘a menging nuqtasi oyat,
Islom eliga bo‘ldi yuzing nuri hidoyat (tashbeh san’ati). 
 

Ko‘ngulni olg‘ali zulfung kamandi
Parishon bo‘ldi g‘amdin band-bandi.
 


181 

Jamoling vasfini qildim chamanda, 
Qizardi gul uyottin anjumanda (husni ta’lil va tashxis san’atlari). 
 

Labing qonim to‘karga tashnalabtur,
Dami Iso-yu o‘lturmak ajabtur (talmeh san’ati).
 

Manga sensiz tirilgandin o‘lim yuz qatla ortuqdur,
Bu so‘zda, haq bilur, ko‘nglum tilim birla muvofiqtur. 
 

Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o‘lgum, 
Imonim o‘shal moh degumdur dag‘i o‘lgum. 
 

Ey orazi shams-u qamarim, netti, ne bo‘ldi?
Vey tishlari durr-u guharim, netti, ne bo‘ldi? 
 

Sipehri husn ichinda moh sen-sen,
Zamona xo‘blarig‘a shoh sen-sen.
 

Seni men ongladim, bevafo emishtuksen,
Ko‘ngulga ofat-u jong‘a balo emishtuksen.
 

Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?
Og‘iz yo g‘unchayi xandonmudur bu? 
10.5. Lutfiy
(1366 – 1465) 
«Malik ul-kalom» – «so‗z podshosi» deb e‘zozlangan, «ulug‗ ustod» – «mavlono» 
Lutfiy haqida Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasidagi shunday yozadi: «Mavlono Lutfiy 
o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha 
devoni mashhurdur» 


182 
Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» tazkirasida esa 
Lutfiyning uzoq umr ko‗rgani va qabri haqida qimmatli ma‘lumot beriladi: «... To‘qson 
to‘qqiz yoshida olamdin o‘tdi. Qabri Dehikanordadur, o‘z maskani erdi».
Demak, Lutfiy Hirotda tug‗ilib o‗sgan, o‗zi yashagan Dehikanor qishlog‗iga dafn 
etilgan. Lutfiy dunyodan o‗tganda, Alisher Navoiy 24 yoshda edi.
«Nasoyim ul-muhabbat...» ma‘lumotlari asosida Zahiriddin Muhammad Bobur 
nomidagi xalqaro jamg‗arma o‗z ilmiy-ijodiy ekspeditsiyasida Dehikanor qishlog‗ini, u 
yerdagi qabristondan Lutfiyning qabrini topdi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling