Dilnavoz Yusupova
Gadoiyning yashagan davri haqidagi ma’lumot
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘azallaridan namunalar
- 10.4. Atoyi
Gadoiyning yashagan davri haqidagi ma’lumot. Demak, Gadoiy Bobur
mirzo zamonida yashagan, ijod qilgan. Bobur mirzo Abulqosim Boburdir. U 1452 – 1457- yillarda hukmronlik qilgan. 2. Adibning yoshi haqidagi ma’lumot. Ma‘lumki, «Majolis un-nafois» hijriy 807 (milodiy 1491 – 1492)-yili tuzilgan. Agar shu paytda Mavlono Gadoiyning to‗qson yoshlarda ekanligini nazarda tutsak, adib taxminan XV asr boshlarida tug‗ilgan bo‗ladi. Gadoiy – devon tuzgan shoir. Uning devonida g‗azallar asosiy o‗rin tutadi. Gadoiy g‗azallari, asosan, 7 baytli (131 ta) hamda 5 baytli (74 ta) g‗azallardan iborat. Shuningdek, unda mustazod, qit‘a janrlari namunalari mavjud. 179 G‘azallaridan namunalar Buti siyminbarim, bizni unutma, Dudoqi shakarim, bizni unutma. Ey ko‘ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga, Vodiyi hijron ichinda o‘zga ne g‘amdur sanga? Yoz fasli yel bori bu lazzat-u ishrat bila, Yolg‘uz men mubtalo dard-u g‘am-u mehnat bila. Yana yoz bo‘ldi-yu, topti bo‘ston nash’-u namo, Ey nasimi ruhparvar, hayra maqdam, marhabo. 10.4. Atoyi XV asr o‗zbek mumtoz adabiyotining rivojlanishida shoir Atoyining o‗ziga xos o‗rni bor. Shoir haqida Yusuf Amiriyning «O‗q va yoy» munozarasida, Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» va «Muhokamat ul-lug‗atayn» asarlarida ma‘lumotlar uchraydi. Xususan, Navoiyning tazkirasida shoir haqida quyidagi fikrlar bitilgan: «Mavlono Atoyi Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq va munbasit kishi erdi. Turkigo‘y erdi. O‘z zamonida she’ri atrok orasida ko‘b shuhrat tutti va bu matla’ aningdurkim: Ul sanamkim, suv qirog‘inda paridek o‘lturur, G‘oyati nozikligidin suv bila yutsa bo‘lur. Qofiyasida aybg‘inasi bor. 9 Ammo mavlono ko‘b turkona aytur erdi. Qofiya ehtiyojig‘a muqayyad emas erdi. Qabri Balx navohisidadur». 9 Bu o‗rinda Navoiy Atoyi qo‗llagan qofiyalar: «o‗lturur, bo‗lur»da raviy harfi o‗zak emas, qo‗shimcha tarkibida kelganligiga ishora qilyapti. Mumtoz qofiya talabiga ko‗ra, raviy harfi qofiyaning o‗zagida kelishi shart hisoblangan. 180 Atoyining tug‗ilgan va vafot etgan yillari haqida aniq ma‘lumot yo‗q. Faqat Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasida Atoyini ikkinchi majlisga kiritganligini hisobga olib shoir yashagan davrni XIV asr oxiri va XV asrning birinchi yarmi deb taxmin qilish mumkin. Hozirgi Qozog‗istonning Turbat qishlog‗ida unga nisbat berilgan qabr bor. Shundan uning hayoti Sayram, Balx, Samarqand, Hirot shaharlarida kechgan deb aytish mumkin. Bizga bir devoni yetib kelgan bo‗lib, u 260 g‗azalni o‗z ichiga oladi. Shoirning asl ismi ma‘lum emas, «Atoyi» uning adabiy taxallusidir. Shoirning nasl-nasabi mashhur shayxlar: Ismoil ota, Ibrohim ota, Ahmad Yassaviylarga borib taqaladi, shu sababli ham shoir «Atoyi» taxallusini tanlagan. «Ato» so‗zining ma‘nolaridan biri shayx va zohiddir. Atoyi lirik turning g‗azal janrida barakali ijod qildi. Uning ijodini, asosan, 7 baytli g‗azallar tashkil qiladi. G‗azallarda ishqiy mavzu yetakchi. «Qon bo‗ldi ko‗ngil» g‗azali firoqda qiynalayotgan oshiqning ko‗ngil izhorlari bilan boshlanadi: Qon bo‘ldi ko‘ngil firoqi birla, Kuydi jonim ishtiyoqi birla. She‘rning keyingi baytida yorning sochi askarlarga – cherikka o‗xshatiladi. Ular ko‗z bilan ittifoq tuzib jamol mulkini – go‗zallik mamlakatini egallashgan: Zulfung cheriki jamol mulkin Oldi ko‘zung ittifoqi birla. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling