Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- « Xamsa » ( 1483 – 1485 ) , « Lison ut-tayr » ( 1499 ) , Abdurahmon Jomiyning 7 dostondan iborat
- Zahiriddin Muhammad Bobur.
- Davlatshoh Samarqandiy.
- Munozara janri rivojlandi
- ( ta’did san’ati ).
Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro‘z» (1411), «Gulshan ul-asror» (1413), Sayyid
Qosimiyning «Majma’ ul-axbor», «Gulshani roz», «Haqiqatnoma», «Ilohiynoma», Alisher Navoiyning «Xamsa» (1483 – 1485), «Lison ut-tayr» (1499), Abdurahmon Jomiyning 7 dostondan iborat «Haft avrang» (forsiy tilda) asarlari yaratildi. Adabiyotshunoslikka doir ko‗plab asarlar vujudga keldi. Turkiy tildagi asarlar: Shayx Ahmad Taroziy. «Funun ul-balog‘a» (1436 – 1437) muqaddima va quyidagi 5 qismni o‘z ichiga oladi: 1) she’r turlari (10 ta she’riy janr keltirilgan: qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy, fard, masnaviy, tarje’, musammat, mustazod, mutavval, fard); 2) qofiya ilmi; 3) she’riy san’atlar (97 badiiy san’at keltirilgan); 4) aruz ilmi (40 bahr, 366 vazn deyilgan, lekin 181 ta vazn keltirilgan); 171 5) muammo ilmi (etib kelmagan). Alisher Navoiy. «Mezon ul-avzon» (1492 – 1493, aruz nazariyasiga doir asar, 7 doira, 19 bahr, 160 vazn keltirilgan), «Majolis un-nafois» (1491 – 1498, turkiy tildagi 1 tazkira, 459 shoir haqida ma’lumot keltirilgan). Zahiriddin Muhammad Bobur. «Risolayi aruz» (1521 – 1522, 21 bahr, 537 vazn keltirilgan). Forsiy tildagi asarlar: Alisher Navoiy. «Mufradot» (1491, muammo ilmiga bag‘ishlangan asar). Sayfiy Buxoriy. «Aruzi Sayfiy» (1491, aruz nazariyasiga doir asar). Abdurahmon Jomiy. «Risolayi aruz», «Risolayi qofiya» (1465), «Risola dar muammo» (3 ta), Atoulloh Husayniy. «Badoyi’ us-sanoyi’» (1493, ilmi aruz va ilmi bade’ haqidagi asar, 147 ta badiiy san’at keltirilgan). Davlatshoh Samarqandiy. «Tazkirat ush-shuaro» (1486, tazkira, 150 dan ortiq shoir). Bu davrda adabiy turning ko‗plab janrlari shakllandi, tuyuq, ruboiy, mustazod, muammo, tarje’band, tarkibband, musammatlarning turkiy tildagi ilk namunalari yaratildi. Nomachilik an’anaviylik kasb etdi: Xo‘jandiy «Latofatnoma» Sayyid Ahmad ibn Mironshoh «Taashshuqnoma» Yusuf Amiriy «Dahnoma». Munozara janri rivojlandi: Yusuf Amiriy «Chog‘ir va bang» Yaqiniy «O‘q va yoy» Ahmadiy «Sozlar munozarasi». 10.1. Haydar Xorazmiy (XIV asar oxiri – XV asr) Haydar Xorazmiy XIV asr oxirida Xorazmda tavallud topgan. Shu yerda bir necha yil yashagan, tahsilni davom ettirish maqsadida Sherozga, temuriy shahzodalardan 172 bo‗lmish Iskandar Sheroziy (1409 – 1415) xizmatiga kirgan va keyinchalik unga bag‗ishlab «Maxzan ul-asror» («Gulshan ul-asror») dostonini yaratadi. «Maxzan ul-asror» dostoni 1411-yili Sherozda yozilgan. Dostonning nomi ba‘zi manbalar, xususan, Boburning «Muxtasar» asarida «Gulshan ul-asror» deb ko‗rsatilgan. Haydar Xorazmiy va uning ijodiy faoliyati haqida Tole‘ Imom Hiraviyning «Badoye‘ ul-lug‗at», Mirza Maxdixonning «Sangloh», Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul-lug‗atayn», Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» kabi asarlarida ma‘lumot uchraydi. Xususan, «Majolis un-nafois»ning 7-majlisida Haydar Xorazmiyning Iskandar Sheroziyga bag‗ishlangan dostonidan quyidagi bayt keltiriladi: Himmat elidur yadi bayzo degan, Er nafasidur dami Iso degan. Haydar Xorazmiyning dostoni hajman kichik bo‗lib, 615 baytdan iborat, shundan 197 bayt muqaddimaga ajratilgan. Muqaddima Allohga hamd, payg‗ambarga na‘t, badiiy so‗z tavsifi, Iskandar mirzo madhi va dostonning yozilish sabablariga oid fikrlarni o‗z ichiga oladi. Muallif dostonning yozilishida Nizomiy ta‘siri bo‗lganligini ta‘kidlaydi: Menki pishurdim bu laziz oshni Shayx Nizomiydan olib choshni, Shayx Nizomiy damidin jon topib, Ma’nisidin yarlig‘-u burhon topib. Haydar Xorazmiy o‗z dostoniga Nizomiy dostonida uchramaydigan, mutlaqo yangi timsollar: Osaf bin Barhiyo, Mahmud G‘aznaviy, Hotami Toy, Bahlul, Ya’qub, Yusuf, Temurbek timsollarini kiritadi. Asardagi ibratli parchalardan biri «Temurbek haqidagi hikoyat»dir. Unda aytilishicha, Temurbek Bir iligi, bir ayog‘i mubtalo, Qoldi g‘aribliqta bu dushman aro! 173 (Ya‘ni bir qo‗li, bir oyog‗i shikastlanib, dushman orasida qiyin ahvolda qoldi, u umidsizlanib yotgan edi). Shunda Temurbek bir oyog‗i va qo‗li yo‗q, majruh chumolining qiynalib bo‗lsa-da tom ustiga chiqayotganini ko‗rib qoladi. Ongsiz bir mavjudotning maqsad sari bu qadar sabot bilan intilishi Temurbekdek buyuk bir sarkardada umid va ishonch, qat‘iyat tuyg‗ularini paydo qiladi. Hikoyada insondagi sabr va bardosh, qunt va chidam ulug‗langanligini ko‗rishimiz mumkin. Haydar Xorazmiy qalamiga mansub dostonlardan yana biri «Gul va Navro‘z»dir. Mazkur doston dastlab mavlono Lutfiyga nisbat berib kelindi. Lekin ko‗pgina manbalar, xususan, Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul-balog‗a» asari bu doston Haydar Xorazmiy qalamiga mansub ekanligini tasdiqladi. «Gul va Navro‗z» – muhabbat dostoni. Asarning nomi ham ramziy ma‘noni ifoda etadi. Zero, Navro‗z bahorning, Gul esa tabiatning ramzi sifatida qadim-qadimdan kuylanib kelgan. Haydar Xorazmiyning ta‘rificha: Ki Navshod elida bor erdi bir shoh, Kelurdin voqif-u ketgandin ogoh. Oti Farruh, o‘zi farxunda axtar, Aning hukmida ul iqlim-u kishvar (ta’did san’ati). Farrux bir farzandga orzumand edi. Nihoyat, yangi yilning boshida, ya‘ni Navro‗z kunida unga Alloh farzand ato etadi, go‗dakka Navro‗z deb nom qo‗yadilar. Navro‗z o‗tkir aql va bilim sohibi bo‗lib voyaga yetadi: Kichik yoshdin qamuq fanlarni bildi, Ko‘pin o‘z aqli birla fahm qildi. Bir kuni u tushida Farhor mamlakati podshosining qizi Gulni ko‗rib qoladi. Bulbul orqali Gul haqida xabar topgan Navro‗z Farhorga borganida, Gul Chin xoqoniga 174 uzatilayotgan bo‗ladi. Ikki yosh kemada qochib ulgurishadi, lekin dengiz falokati tufayli Navro‗z Yamanga, Gul Adanga borib qoladi. O‗zaro jangda ular bir-birlarini tanib qoladilar va adovat do‗stlikka aylanadi. Asarda mamlakatlar o‗rtasidagi ittifoq va ahillik ulug‗lanishi orqali temuriy shahzodalarga murojaat qilinayotgandek tuyuladi. Asarning ramziy timsollari: Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling