Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.3. Gadoiy
- ( Alisher Navoiy )
G‘azallaridan namunalar
Kim ermas ul oy mubtalosi, Yolg‘uz menga yo‘q aning balosi. Ey gul, yuzingga hur-u pari bandayi joni, Toltek bo‘yung ozodi erur sarvi ravoni. Sentek jahonda ko‘zlari ayni balo qani? Mentek aning balosi bila mubtalo qani? Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlangan qasida: Jahondin ketti tashvish-u mabodoyi amon keldi, Xaloyiq, aysh eting, bu kun sururi jovidon keldi. 10.3. Gadoiy «Xuloguxon zamonidin, sultoni sohibqiron Timur Ko‘ragon zamonidin farzandi xalafi Shohrux sultonning zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo‘ldilar. Va ul hazratning avlod va axfodidan xush tab’ salotini zuhurga keldi: Shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoyi va Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar». (Alisher Navoiy) O‗zbek adabiy tilining taraqqiyotiga katta hissa qo‗shgan adiblar orasida Gadoiyning o‗ziga xos o‗rni bor. Gadoiyning asl ismi noma‘lum. Bu adib hayotiga oid tarixiy-adabiy ma‘lumotlar ham juda kam. Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» hamda «Mahbub ul- qulub» asarlarida Gadoiy haqida ayrim qaydlar uchraydi, xolos. Faxri Hirotiyning 178 «Radoyif ul-ash‘or» nomli tazkirasida Gadoiyning fors-tojik tilida yaratilgan g‗azali uchraydi. Bu adibning ikki tilda ijod etgani – zullisonayn shoir bo‗lganidan dalolat. Alisher Navoiy Gadoiy ijodiga yuqori baho beradi. Uni turkigo‗y adiblar orasida alohida hurmat va e‘tiborga sazovorligini uqtiradi. «Majolis un-nafois» tazkirasida shunday yozadi: «Mavlono Gadoiy turkiygo‘ydir, balki mashohirdindur. Bobur mirzo zamonida she’ri shuhrat tutdi, bir navi aytur va uning mashhur matla’laridin biri budirkim: Ohkim devona ko‘nglim mubtalo bo‘ldi yana, Bu ko‘nglingning ilgidin jonga balo bo‘ldi yana. Mavlononing yoshi 90 din o‗tibdur. Bu matla‘ aningdurkim: Dilbaro, sensiz tiriklik bir baloyi jon emish Kim, aning dardi qoshida yuz o‘lum hayron emish». Ushbu parchadagi ikkita nuqta alohida e‘tiborga molik: 1. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling