Dilnavoz Yusupova
Farrux – go‗zal, baxtli, muborak, qutlug‗ yuzli. Navro‘z
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rafi’
Farrux – go‗zal, baxtli, muborak, qutlug‗ yuzli.
Navro‘z – yangi kun, ya‘ni yangi yil boshlanishidagi dastlabki kun. Navshod – xalqining go‗zalligi va chiroyi bilan mashhur bo‗lgan shahar nomi. Mushkin – mushk hidli. Farhor – orasta, chiroyli va shinam joy (uning Gul tug‗ilgan mamlakat sifatida talqin qilinishi bejiz emas, zero, gul bor joyda orastalik, go‗zallik bor). Rafi’ – oliy, baland. Bahman – qishning eng ayozli kunlari. Yaldo – qish mavsumidagi eng sovuq, uzun va qorong‗i kecha. Najd – yerning baland qismi, to‗siq. 10.2. Sakkokiy Iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag‘osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiykim, birining shirin abyoti iftixori Turkistonda bag‘oyat va birining latif g‘azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur ham devonlari mavjud bo‘lgay. (Alisher Navoiy) Alisher Navoiy bu ijodkorni: «Turk alfozi (so‗zlari)ning bulag‗o (balog‗atga erishgan)laridan», – deb baholaydi. Alisher Navoiyning ushbu bahosi Sakkokiyning o‗z zamonasida juda mashhur bo‗lgani hamda she‘riyati xalq ijod ahli orasida keng yoyilganini ko‗rsatadi. Sakkokiy – adibning taxallusi. Uning asl ismi ma‘lum emas. «Sakkokiy» so‗zining ma‘nosi «pichoqchi» bo‗lib, bu adibning kasbiga ishoradir. 175 Sakkokiyning qachon tug‗ilgani va qachon vafot etgani ham ma‘lum emas. Ammo asarlari orasida bir necha qasidalar mavjud, ular Xalil sulton, Arslon Xo‗ja tarxon, Xo‗ja Muhammad Porso va Mirzo Ulug‗bek singari tarixiy shaxslarga bag‗ishlangan. Ma‘lumki, Xalil sultonning hukmronlik qilgan davri 1405 – 1409-yillarga to‗g‗ri keladi. Arslon Xo‗ja tarxon Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarini ko‗chirtirgan shaxs sifatida tarixda qolgan. Bu voqea 1444-yili Samarqandda bo‗lgan edi. Mirzo Ulug‗bekning hayotiga oid sanalar esa 1394 – 1449-yillarni o‗z ichiga oladi. Agar qasida yozishning ancha murakkabligini, buning uchun muayyan ijodiy tajriba zarurligini e‘tiborga olsak, Xalil sultonga bag‗ishlangan qasida yozilgan paytlarda (1405 – 1409) Sakkokiyning qalami anchagina charxlanganini anglaymiz. Demak, Sakkokiy XIV asrning ikkinchi yarmida, ehtimol, oxirgi choragida tug‗ilgan. Shoirning movarounnahrlik ekanligi haqidagi ma‘lumot esa Navoiyning «Majolis un- nafois» asarida qayd etilgan. Sakkokiy she‘rlari devon holida yetib kelgan. Bu devonning turli davrda ko‗chirilgan bir necha nusxalari bor. Lekin, mutaxassislarning fikriga qaraganda, ularning birortasi ham to‗liq emas. «Alif»dan «nun»gacha bo‗lgan harflar, so‗ng «vov» bilan tugallanuvchi g‗azallar yo‗q va bularning taqdiri noma‘lum. Shu tariqa uning o‗n bir qasidasi va qirqtacha g‗azali yetib kelgan. Lekin saqlanib qolgan asarlarining o‗zi ham uning anchagina yuksak she‘riy iqtidoridan dalolat beradi. Sakkokiy g‗azallarining bosh mavzusi – muhabbat. Uning tasviridagi yor benihoya go‗zal: Yuzungni ko‘rsa qilur gul o‘zini yuz pora, Xo‘tan yozisida ohu ko‘zungdin ovora. Yor shu qadar suluvki, gul uning yuzini ko‗rsa uyat va nomusdan o‗zini pora-pora qiladi. Ko‗zlarining chiroyi uning go‗zal ko‗zlariga teng kelolmaganidan ohular Xo‗tan sahrolarida ovora-yu sarson kezib yurishibdi. Atoyida gul xijolat bo‗lib uyatdan qizargan edi, bu yerda u o‗zini pora-pora qilmoqda. Atoyida «ohulayn (ikki ohusifat) ko‗zlar» edi. Sakkokiyda ohuning ko‗zi yor ko‗zi oldida muqoyasaga chiday olmagani sabab, u Xo‗tan 176 sahrosida yuribdi. Nega Xo‗tan sahrosi? Chamasi, bir vaqtlar Adanda dur, Badaxshonda la‘l ko‗p bo‗lganidek, Xo‗tan sahrolarida ham ohu – kiyiklar serob bo‗lgan ko‗rinadi. Chunki bu o‗xshatish mumtoz adabiyotda juda qadimdan keladi. Yor og‗zining ta‘rifi undan ham g‗aroyib: Ko‘ngul shakar bikin og‘zing ko‘rub adam bo‘ldi, Ayitmading bir og‘iz: Ey faqiri hech kora. Atoyida og‗iz kichikligi, uni ko‗rmoqchi bo‗lib qidirib topmadim degan mubolag‗ali kichraytirish bilan berilgan bo‗lsa, Sakkokiyda bu tasvir yanada kuchaytiriladi. Avvalo, bu yerda yor og‗zi – shakar og‗iz. Ikkinchidan, uning kichikligini «yo‗q» darajada deb ta‘riflash shoir uchun juda sodda, odmi tuyuladi. Shu sababli u tashqi ko‗rinishni qo‗yib, ruhiyatga urg‗u beradi. Uning yordamida manzara yaratmoqchi bo‗ladi. Ya‘ni: ko‗ngul shakarday og‗zingni ko‗rib o‗zini yo‗qotdi – «adam bo‗ldi». Demak, birinchidan, oshiq yorning shakar og‗zini ko‗rdi-yu ko‗ngli ketdi. Ikkinchidan, «adam» so‗zining og‗iz bilan yonma-yon ishlatilishining o‗zidayoq she‘rxonda muayyan fikriy silsila hosil qiladi va og‗iz g‗oyat kichikligini o‗z-o‗zidan anglatib turadi. Bale, bu ranj-u baloni men ixtiyor etdim, O‘zumga ishni o‘zum qildim, emdi ne chora?! Ko‘zum yoshig‘a nazar qil, ko‘ngul bo‘lur ravshan, Ey sarvinoz, oqar suvg‘a qilsa nazzora. Oshiqning: «Ey sarvinoz, sen mening ko‗z yoshlarimga bir nazar sol. Oqar suvga qaralsa, ko‗ngil ravshan bo‗ladi deydilar-ku», – tarzidagi murojaatida yorga intizorlik yo‗lida uning ko‗z yoshlari ariqdagi oqar suv misoli to‗kilgani ta‘sirli ifodalangan. Bu o‗rinda, birinchidan, tashbehning ifrot (o‗ta mubolag‗ali) ko‗rinishidan foydalanilgan. Ikkinchidan, shoir unga monand ravishda «Oqar suvga qaralsa, ko‗ngil ravshan bo‗ladi» degan chiroyli bir maqolni ishlatyapti. Maqol ham yorni o‗z ahvolidan ogoh qilish ham 177 undan iltifot kutish (ko‗ngil ravshan bo‗lishi) umidini anglatmoqda. Irsoli masal san‘ati bu yerda juda qo‗l kelgan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling