303-guruh Registon ansambili Qadimiy Samarqandga tashrif buyurgan sayyohlar bu muazzam shaharning yuragi bo'lmish Registon maydoni va unda qad rostlagan uch madrasaning ko'rki, salobatidan hayratga tushadilar. - Uning nafis go'zalligini soatlab tomosha qiladilar, sehrli oqshomlaridan taraladigan sukunat qo'shig'ini tinglaydilar. Registon. Bu nom har bir samarqandlik uchun bag'oyat tanish nom. Registon maydoni qadim-qadimdan boshlab Samarqandning boshidan kechgan shodlik va qayg'uli kunlarning tirik, tilsiz guvohidir. Mirzo Ulug'bek zamonasidan buyon bu maydon Samarqand ahli uchun Bosh maydon hisoblanadi.
- Ulugʻbek madrasasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1417— 22). Registon ansamblining gʻarbida joylashgan. 2 qavatli, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (56×81 m). Bosh tarzi maydonga qaragan, mahobatli peshtoq mujassamotida keng toqili ravoq (bal. 16,5 m), uning 2 yonida guldastalar (bal. 32 m) bor. Ravoq tepasidagi yulduzli osmon aks etgan qanos bezaklari oʻziga xosdir. Guldasta tepasi muqarnas, sharafalar bilan yakunlangan. Peshtoq ravogʻi cheti morpech shaklida, tokchasidagi namoyonlar oʻziga xos uslubda pardozlangan. Peshtogʻi, guldastasi va tashqi devorlarida girih naqshining turli betakror namunalari aks etgan.
Mirzo Ulug`bek madrasasi Mirzo Ulug`bek madrasasi - Ulugʻbek madrasasi (Samarqand) meʼmoriy shakli, tuzilishi jihatidan Oʻrta Osiyo meʼmorligida shu turdagi binolar orasida eng mukammal yuksak sanʼat namunasi xisoblanadi.
` Sherdor madrasa - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1619—36). Registon ansambli tarkibida. Mirzo Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Yalangtoʻsh Bahodir qurdirgan. Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan. Sherdor madrasasi Madrasa tarhi toʻrtburchak, 2 qavatli. Bosh tarzining 2 qanotida qovurgʻali gumbaz va minoralar joylashgan. Peshtoq ravogʻi ichkarisidagi koshinkori bezak orasida qora zaminli koshinga oq harflar bilan meʼmor Abdujabbor nomi yozilgan. Qanoslaridagi qizgʻish zarhal tusli sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq koʻzli qilib tasvirlanib, yuzi zarhal tusli yogʻdu bilan hoshiyalangan. Madrasa nomi shu tasvirdan kelib chiqqan. Sherdor Madrasasi Binoning serhashamligi shu peshtogʻida. Peshtoqning 2 tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (54 ta)ning oldi ravoqli ayvon. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini oʻtagan. 1960—64 yillarda peshtoqqanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan. Tillakori madrasasi - Tillakori madrasa, Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Registon ansamblida Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-asr) oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1641—46). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa (shim. sharqiy qismida), hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. Dastlab „Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi“ deb nomlangan.
Tillakori madrasasi Tillakori Madrasasi - Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda oltin sarflangani uchun „tillakori“ (tilladan ishlov berilgan) deb yuritila boshlagan. Tilla Kori madrasasidan shahar jome masjvidi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Shuning uchun masjidi (63x22 m) katta va serhashamligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Madrasa (70x70 m) ga gʻarbiy peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq chuqur ravoqli, 2 qanotining oldi ravoqli, 2 qavatli hujralar, burchaklarini teng hajmdagi guldastamezanalar egallagan. Masjid xonaqohi (10,8x10,8 m)ning poygumbazi baland, uzoqdan koʻzga tashlanib turadi. Uning gumbazi nihoyasiga yetkazilmagan. Xonaqoh toʻriga marmardan mehrob va zinapoyali minbar ishlangan. Oʻz davrida zarhal naqshlar bilan jozibador bezatilgan xonaqohning 2 yonini oldi ravoqli, gumbaz tomli ayvon (yoʻlak)lar egallagan. Peshtoq ravogʻidagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659—60 yillarda bajarilganligi yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |