Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJTIMOIY VA INTIM LIRIKA.
BADIIY ASAR PAFOSI. Pafos yunoncha «ehtiros», «hissiyot», «iztirob»
ma‘nolarini anglatuvchi «pathos» so‗zidan olingan. Adabiy atama sifatida esa asarga singib ketgan, undagi badiiy tasvirning yo‗nalishini belgilab beradigan jo‗shqin tuyg‗u va 143 ko‗tarinki ruhni anglatadi. Bu tuyg‗u va ruh ijobiy xarakterda bo‗lib, xayrixohlikni, salbiy tabiatga ega bo‗lib, inkorni bildirishi ham mumkin. Pafos bilan yozilgan asarda adib o‗z nuqtayi nazari va qarashlarini berkitmaydi. Aksincha, o‗zi ilgari surgan va o‗tkazmoqchi bo‗lgan hayotiy-estetik fikrni kuchli hayajon hamda jo‗shqin ehtiros bilan yoqlaydi. Shu tariqa pafos bilan yozilgan asarning o‗quvchisi ko‗pincha yozuvchi qarashlarining tarafdoriga aylanadi. Chunki asarning pafosi uni xolis kuzatuvchi emas, balki astoydil tarafdor bo‗lishga undaydi. Asarning pafosi uning o‗quvchisiga o‗z nuqtayi nazarini aniq belgilab olishda yordam beradi. IJTIMOIY VA INTIM LIRIKA. She‘riyat shoirning qalb kechinmalarini ifoda etadi. Ammo ijod tajribasida she‘rlar intim va ijtimoiy yo‗nalishdagi bitiklarga bo‗linadi. Intim so‗zi lotincha bo‗lib, «eng ichki», «yashirin» degan ma‘nolarni bildiradi. Bu xil she‘rlarda shoir bevosita o‗ziga tegishli sezim, tuyg‗u, holatni tasvirlaydi. Cho‗lponning «Qalandar ishqi» she‘ri intim lirikaning yorqin namunasidir. Har bir odamda o‗zgalarning holatini tuyish, boshqalarning sezimlarini his etish zarurati bor. Ayni shu ehtiyoj intim yo‗nalishdagi she‘rlarning boshqalar tomonidan ham o‗qilishiga sabab bo‗lgan omildir. Sof yoki intim lirikada tuyg‗ular shaxsiy bo‗lsa-da, uning tasviri go‗zal va ta‘sirchanligi uchun boshqalarga ham yuqadi. Lirik turdagi asarda borliq emas, balki muallifning voqelik haqidagi o‗ylari, tuyg‗ulari birlamchi ahamiyat kasb etadi. Bunda subyekt bilan obyekt bir shaxsda namoyon bo‗ladi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling