Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspozitsiya
- Voqea rivoji
- Kulminatsiya
- Prolog
- Kompozitsiya
- TRAGIK OBRAZLAR
SYUJET ELEMENTLARI. Turmushdagi voqealar kabi syujet ham nima bilandir
boshlanadi, rivojlanadi va nima bilandir tugallanadi. Yirik hajmli asarlarda syujetning ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya va yechim kabi elementlari bo‗ladi. Ba‘zi asarlarda syujetning qo‗shimcha elementlari – prolog va epilog ham bo‗ladi. Syujetning bu elementlari badiiy asar to‗qimasida o‗ziga xos vazifani bajaradi. 1. Ekspozitsiya – syujetning kirish, boshlanish qismi. Ekspozitsiya syujet va konfliktning boshlanishidan oldin keladigan muqaddimadir. 2. Tugun – badiiy asar syujetida konflikt va harakatning boshlanishiga turtki, sabab bo‗ladigan voqea. Tugun konfliktning dastlabki ro‗yobga chiqishiga, syujetning rivojlanishiga turtki bo‗ladi. U bevosita ekspozitsiyadan o‗sib chiqadi. 3. Voqea rivoji – tugundan so‗ng asarda voqealarning kuchayib, keskinlashib borishi. Mana shu tugun va konfliktlarning asta-sekin hal bo‗lish jarayoni voqea rivojini tashkil qiladi. 142 4. Kulminatsiya – badiiy asar voqealari rivojining yuksak cho‗qqisi. Kulminatsiyada asarda qo‗yilgan masala g‗oyat keskin tus oladi, qahramonlar xarakteri yorqin ochiladi. 5. Yechim – asardagi konfliktning eng yuqori – kulminatsiya nuqtasida konfliktning hal etilishi, xarakterlar kurashining yakunlanishi. Badiiy asar yechimida o‗rtaga qo‗yilgan muammolar hal etiladi. 6. Prolog – badiiy asardagi muqaddimaning bir turi. Unda muallif niyati, asarda tasvirlanadigan voqealarga o‗quvchini tayyorlash ko‗zda tutiladi. 7. Epilog – badiiy asar oxirida qahramonlarning keyingi taqdiri haqida ma‘lumot beruvchi xotima. 8. Kompozitsiya – badiiy asarning tuzilishi, qismlarining asar g‗oyasi, xarakteri va vazifasiga muvofiq joylashtirilishi. Biror asar kompozitsiyasi, ya‘ni tuzilishi haqida fikr yuritish uchun undagi voqealar, hodisa va shaxslar nima maqsadda asarga kiritilgani xususida o‗ylab ko‗rish kerak bo‗ladi. TRAGIK OBRAZLAR badiiy asarda kundalik hayotning mayda-chuydalaridan baland turadigan, turmush tashvishlarini hal qilish to‗g‗risida emas, balki umr ma‘nosini anglash haqida o‗ylaydigan boshqacharoq obrazlardir. Bu obrazlar fojianing qahramoni yoki qurboni bo‗la oladi. Shunday odamlarning hayotidagina fojia ro‗y beradi. Fojia buyuk odamlarning buyuk maqsadlar yo‗lidagi omonsiz kurashlari va halokatlaridangina tug‗iladi. Fojiaviy timsollardagi shu xil boshqachalik ularning xatti-harakatlari ham, gap- so‗zlari ham o‗zgacharoq bo‗lishini taqozo etadi. Shuning uchun tragediyalarda, ayniqsa, yirik tragik timsollar tasvirida hayot haqiqatiga to‗la amal qilinmasligi, shartlilikka yo‗l qo‗yilishi mumkin. Tragik timsollar duch kelgan nohaqlikning ko‗lami yirik bo‗lgani uchun bunday obrazlarning halokati tufayli tug‗iladigan fojia ham dahshatli bo‗ladi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling