Kulminatsiya Lot. «culmen, culminis» – cho’qqi, harakat rivojlanishining eng yuqori nuqtasi. Bayram Turkcha «toy-marosim, xursandchilik, shodiyona»
Download 29.5 Kb.
|
Glossariy-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Melodrama
- Taqlid
- Butaforiya
- Balet - (fran
- Analiz
- Ballada
- Dialog
Kulminatsiya - Lot. «culmen, culminis» – cho’qqi, harakat rivojlanishining eng yuqori nuqtasi. Bayram - Turkcha «toy-marosim, xursandchilik, shodiyona», qadimgi yahudiy (dr.evr.) tilida «xach-xachat» – raqsga tushmoq, lot. festivus – «bayramona» degan ma’noni anglatadi. Melodrama - Gr. «melos» – ashula, «drama» – harakat. O’rta asrlarda ashulali va musiqali dramalarni melodrama deb atagan. Aktyor - Fr. akteur, lot. Aktor – ijrochi, harakat qiluvchi degan ma’noni bildiradi. Shtamp - Aktyorlik mahoratiga xos bo’lgan tushuncha bo’lib, ichki mazmundan ajralib qolgan tashqi harakat. Xunarmandchilik (remeslo) - Aktyorlik mahoratini yuzaki o’rganish (ko’chirmachilik). Taqlid, namoyish san’ati - Tashqi jihatdan tomoshabin uchun oynash. Kechinma san’ati - Bu yo’nalishda ichki va tashqi texnikasini o’z ixtiyoriga buysindira olgan, haqqoniy harakat qilish texnikasini o’zlashtirigan aktyorlar nazarda tutiladi. Stanislavskiy sistemasining mohiyati ichki kechinma san’atiga asoalanadi. Butaforiya - Sahnalashtirish jarayonida haqqoniy predmetlar o’rnida ishlatiladigan, atayin sahna uchun yasalgan jihoz, predmet. Loja - fr.loge, tomosha zalidagi barer bilan ajratib qoyilgan joy. Mizanssena - fr.mise en scene – sahnada joylashish. Konfliktlarni plastik harakatga ko’chirish, sahnada aktyorlarning joylashuvi, harakati, kichik sahnalar. Anturaj - Sahnaviy kengliklarni raqs harakatlari bilan tuldirish, boyitish. Balet - (fran. Ballet, lot. Ballo – raqsga tushaman, uynayman) – sintetik san’at turlaridan, sahnada ko’rsatiladigan badiiy asar, mimika va xoreografiya obrazlari bilan ifoda qilinadi. Repertuar - (fran. royxat) – yakka sozanda, ansambl, teatr jamoalarining ijro etiladigan jami asarlari majmui. Repititsiya - (lot. repetito – qaytariq) – mashq, tayyorgarlik. Rasmiy ijro oldidan o’tkaziladigan tayyorgarlik. Analiz - (yun. analysis) – qismlarga bo’lish, tahlil qilish. Aranjirovka - (fr. arranger) – tartibga solish, to’zatish; bir yo bir necha cholg‘u asboblari uchun yozilgan musiqa asarini boshqa bir yoki bir necha cholg‘u asboblariga muljallab tatbiq etish. Artist - (fran. artiste – san’atkor, ijodkor, lot. ars – san’at) – musiqa, drama va boshqa shu kabi san’at turlarini ko’pchilik o’rtasida ijro etuvchi, bajaruvchi va bu san’atni o’ziga asosiy kasb qilib olgan kishi. Ballada - (ital. ballade) – adabiy-poetik janr bo’lib, xalq utmishi yoki o’tgan davr haqida she’riy qissa. Bolero - (isp. bolero) – juft bo’lib uynaladigan ispan xalq raqsi. Vals - (fran.valse, nem. walser) – ikki kishidan bo’lib, ohista uynaladigan ball raqsi. Vodevil - (fran. vaudeville) – 1.Musiqa jurligida ijro etiladigan yengil hajviy asar. 2.Hajviy opera va pesalarda sahnada qatnashuvchilarning hammasi tomonidan ijro etiladigan naqoratli qo’shiq. Dialog - (yun. dialogos) – ikki kishining o’zaro suhbalashuvi. Diletant - (ital. dilettante – ho’zo’r bermoq) – san’at yoki fanning bir sohasi bilan professional holda emas, aksincha shunchaki havaskorlik yo’lida shug‘ullanuvchi. Janr - (fr. ganre – tur, uslub) asarning tuzilishi, ijrochilik tarkibi, xarakteri bilan ular turlicha bo’ladi. Masalan, dramatik asarlarning drama, komediya, tragediya turlari mavjud. Mehrjon - Jon sevgisi, quyosh demakdir. Kuz, hosil bayrami. Download 29.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling