Shishadek ko’nglumdadur


Download 24.29 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi24.29 Kb.
#100629
Bog'liq
191-guruh.Sobirova Shoira



Navoiy g’azallarida tashbeh,tazod,husni ta’lil,tashxis san’atlari
1)Tashbeh-sharq adabiyotida keng tarqalgan san’atlardan biri bo’lib,”o’xshatish” ma’nosini bildiradi.Ikki narsa yoki tushunchani ular o’rtasidagi haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga ko’ra o’xshatish san’atidir.


Shishadek ko’nglumdadur gulzori husning yodidin

Tobdonning aksidek alvon qizil,sorug’,yashil


(A.Navoiy “Xil’atin to aylamish jonon qizil,sorug’,yashil”)

Navoiy qalamiga mansub ushbu misralarda tashbehning go’zal namunasini ko’rishimiz mumkin.Baytning birinchi misrasida keltirilgan shishadek ko’nglum,gulzori husning,ikkinchhi misrasida keltirilgan tobdonning aksidek qizil so’zlarida tashbeh san’ati qo’llanilgan.


Qadingg’a sarv o’xshagay,lek ul zamonkim sarv

Xiromon bo’lg’ayu,gul bergay,ul guldin samar bo’lg’ay.



Yuzing davrig’a oy davrini tashbix etgaymen ,vaqte

Ki anda xol ila xat fitnai davri qamar bo’lg’ay.




Ko’zingg’a o’xshag’ay nargis,agar qiymoch o’lub oqi,

Mudavvar safari ichra qarolig’din asar bo’lg’ay


Xatingg’a qadr shomi o’xshag’ay bu shart birlakim,

Tajalli nuridin ul shom orosinda sahar bo’lg’ay.


Yuqorida keltirilgan misralar tamoman tashbeh san’ati asosiga qurilgandir.



Mening firoqimu oning visoli tun birla tong,

Bu nav’ dahra yo’q ehtimole tun birla tong.


Shoir ushbu misralarda o’z firoqini ham ,yor visolini ham tun birla tongga o’xshatishi orqali tashbeh san’ati yuzaga kelgan.
Loladek yuzung xayolidin to’la qondur ko’zum’

Balki lola jomidek qon ichra pinxondur ko’zum.

Ushbu baytning birinchi misrasida yorning yuzi lolaga o’xshatilgan bo’lsa ,keying misrada oshiqning ko’zi lolaga o’xshatilishi baytda tashbehning tashbehi tafzil turi qo’llanilganidan darak beradi.
2)Tazod so’zi “zid qo’yish”,”qarshilantirish”degan ma’nolarni ifodalaydi .Shu so’z bilan ataluvchi she’riy san’at esa baytda ma’no jihatidan o’zaro zid,qarama-qarshi bo’lgan so’zlarni qo’llashni nazarda tutadi.
Navoiyning “Bo’l”radifli g’azalida tazod san’atidan mohirona foydalanilgan.
Garchi sabrim uyi yanglig’ aylading vayron meni,

Doimo,yo Rabki,husnung mulkidek obod bo’l.

Yuqorida “Bo’l”g’azalining 2-bayti misol tariqasida keltirilgan.Ushbu baytdagi vayron va obod so’zlari yordamda tazod san’ati yuzaga keltirilgan.
Ey Navoiy,olam ahlig’a chu yo’q ermish vafo,

Kel-u ,mundin nori bekaslik bila mo’tod bo’l.


Tazodning nodir namunalarini Navoiy qalamiga mansub “Har gadokim…”g’azazlida ham ko’rishimiz mumkin.
Har gadokim,bo’ryoyi faqr erur kisvat anga,

Saltanat zarbaftidin hojat ermas xil’at anga.


Shah yurub olam ochar,darvesh olamdin qochar,

Ham o’zung insof bergilkim,bu ne nisabt anga.


Har ne shah maqsudidur,darveshning mardudidur,

Ko’r ne himmatdur munga,ne nav erur holat anga.


Navoiyning “Kelmadi”radifli g’azalining har bir baytida kamida bitta tazod san’atiga duch kelamiz.

Kecha kelgumdur”-debon ul savi gulro’ kelmadi,

Ko’zlarimg’a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot ,

Ro’zg’rimdek ham o’lg’anda qorong’u kelmadi.


Ul parivash hajridinkim ,yeg’ladim devonavor,

Kimsa bormukim ,anga ko’rganda kulgu kelmadi.

“Ko’zlaringdin necha suv kelgay?!”- deb o’lturmang meni

Kim bori qon erdi kelgan,bu kecha suv kelmadi.


Ey Navoiy,boda birla xurram et ko’nglung uyin,

Ne uchunkim ,boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.



3)Husni ta’lil-arabcha “chiroyli dalillash”ma’nosini bildiradi.Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko’rsatish san’ati hisblanadi.

Masalan,mana bu baytda Navoiy husni ta’lil san’atidan foydalamgan holda takrorlanmas timsoliy ifoda yaratgan:


Qatra qonlarkim tomar ko’ksimga urgan toshdin,

Zahmidindir demakim,qon yeg’lar ahvolimg’a tosh.


Hijron alamiga chiday olmagan oshiq o’z ko’ksiga tosh urar ekan,yerga qon tonmoqda.Shoirning ta’rificha ,buning sababi toshning badaniga yetkazgan yarasi emas,balki oshiq qalbiga urilgan tosh uning bag’ridagi g’amningg kuchliligiga chiday olmay qonli yosh to’kib yeg’lamoqda .
Oy yuzung birla talashdi ,bu kuki ko’ktur orazi,

Panjasi birla quyosh go’yoki yuziga urdi koj.

Baytda keltirilishicha,oy yorning yuzi bilan go’zallik talashganligi uchun oyning yuziga quyosh panjasi bilan shapaloq qo’yib yuboribdi.Oyning osmonda ko’kimtirroq bo’lib ko’rinishiga sababni shoir husni ta’lil asosida ifodalaydi.
Orazin yopqoch ko’zumdin sochilur har lahza yosh,

O’ylakim ,paydo o’lur yulduz,nihon bo’lg’ach quyosh.

Yuqoridagi misralarni ham husni ta’lilning yorqin namunasi sifatida keltirishimiz mumkin.Shoirning yozishicha,yor yuzini yopqanidan keyin oshiq beixtiyor yoshlar to’kadi,buning sabib bevosita quyosh botganidan keyin yulduzlar osmonga chiqishiga qiyoslaydi.

4) Tashxis “jonlantirish”degan ma’noni bildirib,hayvonlar,qushlar,jonsiz narsalarga inson xususiyatlarini ko’chirish san’ati hhisoblanadi.G’azal mulkining sultoni hisoblanmish Alisher Navoiy ham o’z g’azallarida ushbu she’riy san’atdan foydalangan.Quyida bu fikrimni tasdiqlash uchun Navoiy qalamiga mansub bo’lgan,tashxis san’atida foydalanilgan baytlarni keltirib o’taman.
Qatra qonlarkim tomar ko’ksimga urgan toshdin,

Zahmidindir demakim,qon yeg’lar ahvolimg’a tosh.


Bu baytda insonga xos yeg’lash xususiyati toshga ko’chirilgan.

Charx tong otquncha yeg’lar mehrin eldin yoshurib ,

Go’yi ul sargashtaning ham bir musofir yori bor.




Ey sabo,holim borib sarvi xiromonimg’a ayt,

Yig’larimning shiddatin gulbargi xandonimg’a ayt.

Navoiyning “Jong’a chun derman :”Ne erdi o’lmkim kayfiyati?”g’azalida jon,jism,bag’ir,ko’z kab tana a’zolarining tilga kirishini ham tashxis san’atiga misol tariqasida keltirish mumkin.

Jong’a chun derman :”Ne erdi o’lmkim kayfiyati?”

Derki:”Boisi bo’ldi jism ichra marazning shiddati”

Jismdin so’rasamki:”Bu za’fingg’a ne erdi sabab?”


Der:”Anga bo’ldu sabab o’tlug’ bag’irning hirqati”.

Chun bag’irdin so’rdum,aytur:”Andin o’t tushti manga

Kim ko’ngulga shu’la soldi ishq barqi ofati”.
Ko’ngluma qilsam g’azab ,ayturki:”Ko’zdindur gunah,

Ko’rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuxmati”:

Ko’zga chun demenki:”Ey tardomani yuzi qaro,

Sendin o’lmush telba ko’nglumning balo-yu vahshati”.


Yeg’lab aytur ko’zki:”Yo’r erdi manga ham ixtiyor,-

Kim ko’rundi nogahon ul sho’xi maxvash tal’ati”.


Ey Navoiy ,barcha o’z uzrin dedi,o’lguncha kuy,-

Kim sanga ishq o’ti –o’q ermish azalning qismati.




Download 24.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling