Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

a) 
ishq. Boshqa tushunchalar, obrazlar, vositalarning hammasi undan 
kelib chiqadi yoki unga bog‗lanadi. Ishq ikki turli bo‗ladi:
1) majoziy ishq – Alloh tomonidan yaratilgan barcha narsaga: 
insonga va butun borliqqa nisbatan muhabbat, mehr, ardoq anglashlik 
tuyg‗usi;
2) haqiqiy ishq – boshqa hech narsaga qiyos qilinmaydigan 
Yaratganni tuyish, anglash va U bilan birlik tuyg‗usi.
b) 
yor. Ishq qo‗yilgan ma‘shuq tasavvuf adabiyotidagi yor (mahbub(a), 
ma‘shuq(a), jonon, do‗st, rafiq) obrazidir. Majoziy ishqdagi yor inson bo‗lib, 
payg‗ambar Muhammad alayhissalom yoki tariqat peshvosi piri komil nazarda 
tutiladi. Shuningdek, ota-ona, farzand, ayniqsa, go‗zal ayol yoki ko‗rkam yigit ham 
yor obrazi orqali beriladi. Haqiqiy ishq nuqtayi nazaridan esa u Allohdir. Ishq 
ko‗pincha may, sharob istilohlari orqali ifodalanadi. May (ishq) quyiladigan kosa, 
jom, qadah kabi idishlar ko‘ngil (so‘fiy qalbi) ramzlaridir. Ko‗nglida (idishda) 
ishqi (mayi) to‗la oshiq (mast, xumori)lar to‗planadigan joy esa pir (murshid) 
dargohi bo‗ladi. Bu yerda ular muridlarini tarbiyalaydi, nafs qutqularidan xalos 
bo‗lish yo‗llarini ko‗rsatish hamda ilohiy haqiqatlardan ogoh qilish bilan so‗fiylar 
qalbida ilohiy ishq uchqunlarini yolqinlatadilar. Bunday pirlar dargohi tasavvufda 
mayxona (butxona, xarobot) istilohlari bilan yuritiladi. Ishq may ekan, ishqi borlar 
to‗planadigan joyning mayxona atalishi tabiiy. Mayxonada, odatda, may 
tarqatuvchi, mayni quyib ulashuvchi shaxs bo‗ladi. Tasavvuf mayxonasi 
(dargohi)da ma‘rifat ulashuvchi, ishq sirlarini talqin etuvchi piri komilga soqiy 
istilohi qo‗llangan. Ishq ahli (oshiq) deganda, asosan, so‗fiylar tushunilsa, vasl ahli 
deganda komillikka yetishgan, avliyolik siyratini kasb etgan zotlar nazarda tutiladi. 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling