Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Boshbekovning «Temir xotin» asarida «lovullab yonayotgan ayolning dod-faryodi, yetim
qolgan bolalar yoki dard-u alam girdobiga irg‗itilgan ota-onalarni ko‗rmaysiz. Yuraklarni qon qiluvchi sud jarayoni ham yo‗q» (Sh.Boshbekov), unda qishloq ayolining uqubatli, og‗ir hayoti kulgili (yumoristik va ba‘zan satirik) voqealar (masalan, Alomat nomli temir- robotning taqdiri) orqali tasvirlanadi (ko‗rsatiladi). Dramaturg o‗z asarini «Jiddiy komediya» deb ataydi va «umuman, inson fojiasi haqida komediya yozish» mumkinligini ham ta‘kidlaydi. Bu ta‘kidlar bitta xulosani isbot etadi, ya‘ni sof adabiy janrlar bo‗lmaydi, ularning barchasi hamkorlikda, o‗zaro bog‗liqlikda yashaydi. MELODRAMA (yunon. «melos» – ohang, kuy, «drama» – harakat) dastavval musiqali drama asari sifatida yuzaga kelgan va undagi qahramonlar kuy jo‗rligida so‗zlashganlar (shu sababli hozir ham Italiyada melodrama opera ma’nosida qo‘llaniladi). Unga J.J.Russo «Pigmalion» (1762) asari bilan asos solgan. Bugungi kunda «kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, favqulodda voqealarga, tendensioz axloq va keskin intrigalarga boy dramatik asarlar» (N.Hotamov, B.Sarimsoqov)ni melodrama deb yuritish rasm bo‗lgan. Ayniqsa, «Otalar so‗zi – aqlning ko‗zi» teleko‗rsatuvlarida bu janrning ko‗plab namunalari ko‗rsatilgan. Melodrama janrida ko‗plab kinofilmlar yaratilgan, ularda qatnashuvchi xarakterlarning holat va xatti- harakatlariga uyg‗un holda musiqa chalinib turadi. MONODRAMA (yunon. «monos» – bir, yakka, yolg‘iz, «drama» – xatti-harakat) bir aktyor tomonidan ijro etiladigan dramatik asardir. Esxilga qadar bo‗lgan tragediyada bir aktyor maska va kiyimlarini o‗zgartirib bir necha rollarni ijro etgan. Bu aktyorning bir roldan ikkinchi rolga o‗tguncha vaqt ichida qo‗shiq va musiqali tanaffus bo‗lgan. XIX – XX asr monodramalarida esa aktyor bir rolni bajarsa ham, biroq uning nutqi yo tomoshabinga, yo noma‘lum personajga qaratilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling