INSSENIROVKA (lotin. «inscaena» – sahnalashtirish) muayyan badiiy asarni
(muallif yoki boshqa ijodkor tomonidan, yoki hamkorlikda yaratilgan) sahnada qo‗yishga
moslab qayta ishlashdir. Jumladan, XX asr oxirlarida Oybekning «Qutlug‘ qon»,
«Navoiy», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», Abdulla Qodiriyning «O‘tgan
kunlar», «Mehrobdan chayon» kabi romanlari teleinssenirovka qilingan. Adabiy asar
inssenirovka qilinganda uning syujetiga o‗zgartirishlar, ayrim qo‗shimcha motivlar
kiritilishi ham mumkin. Jumladan, «O‗tkan kunlar» kinofilmida Otabek, Kumush,
Zaynablar qozoqlar ovulida qimizxo‗rlik qilishadi. Otda sayr qilishga Zaynab rozi
bo‗lmaydi. Otabek bilan Kumush ot choptirib ketishar ekan, ovul egasi sevishganlarning
bir-biriga munosibligini alqar ekan, Zaynabga: «Siz Otabekning kimi bo‗lasiz?» – deydi.
Zaynab noiloj qolganidan «singlisi» deb javob beradi va qalbida yovuz rashk uyg‗onadi.
Bu epizod «O‗tkan kunlar» romanida tasvir etilmagan.
INTERMEDIYA (lotin. «intermedius» – ikki narsa oralig‘ida) pyesa va
operalarning pardalari oralig‗ida tomoshabinni zeriktirmaslik maqsadida ularni kuldirish
uchun hayotdagi ayrim nuqson va kamchiliklarni siqiq tarzda hajv (fars) qilishdir.
Bugungi kunga kelib intermediyalar o‗z mazmunini saqlagan holda pyesa va
operalardan ajralib chiqdi va «Miniatyura teatri», «Tabassum ustaxonasida» singari
teleko‗rsatuv va radioeshittiruvlar tashkil etildi.
LIBRETTO (italyan. «libretto» – kitobcha) opera, operetta, musiqali drama,
oratoriya, kantatalar uchun yozilgan badiiy asar matnidir. Uning syujeti ba‘zan she‘r,
ba‘zan nasr bilan yoziladi. Librettoning matni musiqa bilan uzviy bog‗langandagina (so‗z
san‘atkori va kompozitor mehnati uyg‗unlashganda) to‗liq ta‘sir kuchiga ega bo‗ladi.
Libretto dramaturgiya qonun-qoidalariga amal qilib yozilsa-da, uning syujeti ko‗proq
ariya va ansambllarning ta‘sirchanlik xislatlari bilan bog‗lanadi. «Bo‘ron», «Maysaraning
Do'stlaringiz bilan baham: |