Dilnavoz Yusupova


SONET (ital. sonare – jaranglamoq) – 14 misradan iborat she’r turi. Dastlab


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

SONET (ital. sonare – jaranglamoq) – 14 misradan iborat she’r turi. Dastlab 
Italiyada XIII – XIV asrlarda paydo bo‘lgan. Sonet 2 ta to‘rt va 2 ta 3 misralik banddan 
tashkil topadi, bunda to‘rtlik bandlar «katren» (fran. «quatrion» – to‘rtlik) va uchlik 
bandlar «terset» (lot. «tres» – uchlik) deb yuritiladi. Bu qismlar g‘oyaviy-kompozitsion 
jihatdan o‘zaro bog‘lanib, yaxlitlikni yuzaga keltiradi. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Baytli she’r shakllariga qaysi janrlar kiradi? 
2. Musammatlarga izoh bering.
3. Tab’i xud musammat va tazmin musammatlarning yaratilish xususiyatlari haqida 
so‘zlab bering.
4. Tarkibband va tarji’band janrlarining o‘xshash va farqli jihatlari haqida so‘z 
yuriting.
5. O‘quvchidan topqirlikni talab qiladigan janrlarni ayting, ularni farqlab bering.


122 
6. Zamonaviy va mumtoz she’r shakllarining umumiy jihatlari, farqlari haqida 
fikrlang.
7. Ballada janrining mohiyati haqida so‘zlab bering.
8. Sonet janrining xususiyatlari haqida nima deya olasiz?
 
 
6. EPIK TUR JANRLARI 
 
Badiiy asarlar uchta katta guruhga – epik, lirik hamda dramatik turlarga ajraladi. 
Epik, lirik va dramatik asarlar, avvalo, o‗zlarining nutqiy shakllanishi jihatidan bir-biridan 
farqlanadi. Masalan, epik asarlar, asosan, sochma – nasriy yo‗l bilan yoziladi. Har bir 
adabiy tur o‗z ichiga qator janrlarni jamlaydi. Bir yoki bir necha odamning hayoti, taqdiri, 
ularning boshqa odamlar bilan munosabati haqida hikoya qiluvchi, obrazlarning xarakter 
xususiyatlarini aks ettiruvchi badiiy asarlar epik turdagi asarlar deyiladi. Epik tur 
yunoncha «epos» so‗zidan olingan bo‗lib, «rivoya, hikoya» ma‘nolarini anglatadi. 
Hayot hodisalarini badiiy qamrash ko‗lami nuqtayi nazaridan epik janrlarni 
quyidagicha tasniflash mumkin: 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling