Dilnavoz Yusupova


a-a-a-a tarzida qofiyalangan. Keyingi olti bandning dastlabki to‗rt misrasi b-b-b-b, d-d-d-


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

a-a-a-a tarzida qofiyalangan. Keyingi olti bandning dastlabki to‗rt misrasi b-b-b-b, d-d-d-
d, f-f-f-f, g-g-g-g, h-h-h-h, i-i-i-i tarzida qofiyalangan. Lekin oxirgi ikki, ya‘ni beshinchi 
va oltinchi misralar aynan naqarot tarzida takrorlanib keladi. Shu jihati bilan bu 
musammatning a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-a-a va hokazo tarzda qofiyalanadigan 
turidan farq qiladi.
4. Musammatning yana bir turi bor. Bunda birinchi bandning barcha misralari bir 
qofiyaga bo‗ysundirilmagan bo‗ladi. Masalan, Nodiraning «Firoqnoma» muashsharining 
birinchi bandi a-a-a-a-a-a-a-a-b-b tarzida qofiyalangan. Asar jami o‗n banddan iborat. 
Muashsharning keyingi bandlari dastlabki sakkiz misrasi b-b-b-b-b-b-b-b, d-d-d-d-d-d-d-
d, f-f-f-f-f-f-f-f va hokazo tarzda qofiyalanib keladi-da, to‗qqizinchi va o‗ninchi misralar 
sifatida birinchi bandning oxiridagi ikki misra aynan – naqarot tarzida takrorlanadi.
5.3. Zamonaviy she’riy janrlar 
 
BALLADA she‘riyatning o‗ziga xos janri bo‗lib, fransuzcha «ballada» so‗zidan 
olingan va «raqs qo‘shig‘i» ma‘nosini anglatadi. Hajman u qadar katta bo‗lmagan bu xil 
asarlarda shoir o‗z his-tuyg‗ularidan tashqari ana shu tuyg‗ularga sabab bo‗lgan 
voqealarni ham tasvirlagan.
O‗zbek adabiyotida balladalar ko‗proq tarixiy-fantastik va qahramonlik 
yo‗nalishlarida bitilib, ularda o‗tmishda ko‗pchilikning foydasi yo‗lida fidoyilik 
ko‗rsatgan kishilarning jasorati tasvirlangan.


121 
Shoir Shuhrat qalamiga mansub «Mardlik afsonasi» balladasi xalqimizning shonli 
o‗tmishidagi qahramonliklardan birini tasvirlashga bag‗ishlangan. Mirkarim Osimning 
«To‗maris» afsonasi Shuhrat tomonidan boshqacharoq talqin etilgan. Agar «To‗maris» 
afsonasida voqealar yozuvchi tomonidan xolis tasvirlangan bo‗lsa, «Mardlik afsonasi»da 
shoir asarda aks etgan voqealarga aralashadi, qahramonlarning xatti-harakatlariga 
munosabat bildiradi. Shuhrat To‗maris va uning qavmiga muhabbatini, ayni vaqtda
Kayxusrav va uning bosqinchi qo‗shinlariga nafratini ochiq bayon etadi.
Balladada To‗marisning qahramonligiga alohida urg‗u beriladi. Yovqur ayolning 
qonxo‗r bosqinchi bilan yakkama-yakka olishuvi va zo‗ravonlikni kasb qilgan 
Kayxusravni yenggani ta‘sirli ravishda aks ettiriladi. Ballada janrining talabidan kelib 
chiqib To‗marisning bosqinchi forsni o‗z qo‗li bilan o‗ldirgani alohida tasvir etiladi. 
Asarda To‗maris qanchalik jangovar hukmdor, mohir jangchi bo‗lmasin, el-ulusning 
fikrini tinglaydigan, unga quloq soladigan odam sifatida ko‗rsatiladi. Bu hol, obrazning 
ta‘sir kuchini yanada oshirib, unga insoniy joziba baxsh etadi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling