There is/are birikmalarining ishlatilishi


Download 0.68 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#220858
Bog'liq
THERE IS-ARE

THERE IS/ARE BIRIKMALARINING ISHLATILISHI

ISHLATILISHI:

  • 1. O‘quvchiga hali noma’lum bo‘lgan shaxs yoki buyumning biror joyda yoki biror vaqtda mavjudligini ifodalash uchun bor, mavjud degan ma’noni beruvchi there is (are) birikmasi ishlatiladi. There is (are) birikmasi gapning boshida keladi. Undan keyin ega, undan keyin o‘rin va payt hollari keladi. Bunday gaplar o‘zbek tilida o‘rin yoki payt hollar bilan boshlanadi va bor deb tugaydi:
  • There is a telephone in that room. O‘sha xonada telefon bor.
  • There are many apple trees in the garden. Bog‘da ko‘p olma daraxtlari bor.
  • There was a meeting at the Institute yesterday. Kecha institutda yig‘ilish bo‘ldi.

ISHLATILISHI:

  • 2. There is birikmasidan keyin donalab sanaladigan birlikdagi ot noaniq artikl bilan ishlatiladi. There are ko‘plikdagi otlar some, any, many, two, three va boshqalar bilan ishlatiladi:
  • There is a lamp on the table. Stolda chiroq bor.
  • There are some (two, three) lamps on the table. Stolda bir nechta (ikkita, uchta) chiroq bor.
  • 3. There is birikmasidan keyin aniq artikl bilan kelgan otlar, this, that, these, those, my, his va boshqa olmoshlar bilan kelgan otlar ishlatilmaydi.

ISHLATILISHI:

  • 4. There is are birikmasidagi to be turli zamonlarda ishlatilishi mumkin:
  • There are very many French books in this library. Bu kutubxonada ko‘p fransuzcha kitoblar bor.
  • There was a meeting at the club yesterday. Kecha klubda majlis bo‘ldi.
  • There will be a good wheat crop this year. Bu yil bug‘doyning hosili yaxshi bo‘ladi.
  • There hasn’t been any rain for some days. Bir necha kun yomg‘ir bo‘lmadi.
  • 5. So‘roq shakli to be fe’lining shaklini yoki undan oldin yordamchi fe’l kelgan bo‘lsa birinchi yordamchi fe’lni therening oldiga o‘tkazish bilan yasaladi:
  • Is there a telephone in your room? Sizning xonangizda telefon bormi?
  • Was there a meeting at the Institute yesterday? Institutda kecha majlis bo‘ldimi?
  • Will there be many people there? U yerda ko‘p odam bo‘ladimi?

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling