91
Mukarrar
Mukarrar (arabcha «
takror-takror; qayta-qayta, ustma-ust») san‘atida
shoir baytda
takror-takror keluvchi so‗zni ishlatadi. Takrirdan farqli ravishda, mukarrar so‗zlar orasiga
chiziqcha qo‗yiladi va takror so‗zning ikkinchisi nutqdagi «xo‗p, juda, rosa» kabi
kuchaytiruvchi so‗z vazifasini bajaradi.
O‘tarsen o‘ynay-o‘ynay men gadoyi xasta yo‘l uzra,
Qolurmen bir qiyo boqmoq uchun yolbora-yolbora.
(
Alisher Navoiy)
Muhammadniyoz Komil Xorazmiyning:
Mango qilma, ey mohi oliyjanob,
Itob-u itob-u itob-u itob –
deb boshlanuvchi g‗azali boshdan oxirigacha aynan mukarrar san‘ati asosida yaratilgan.
Musoviyat tarafayn
Musoviyat tarafaynda misralar odatdagi o‗qilishidan tashqari yuqoridan pastga qarab
ham o‗qiladi va o‗sha misralarning o‗zi kelib chiqadi. Ogahiy ijodida buni ko‗rish
mumkin:
#
1
2
3
4
1
Do'stlaringiz bilan baham: