Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Irsoli masal
Irsoli masal (arabcha «maqol kiritish») – she‘rda aytilayotgan fikrga mos tushuvchi biror maqolni keltirish orqali uni dalillash hamda ifoda ta‘sirchanligini oshirish. Lutfiyning «Ayoqingg‗a tushar har lahza gisu, Masaldurkim: «Charog‗ tubi qarong‗u» matla‘li g‗azali boshdan oxirigacha shu usul asosiga qurilgan. Har kishikim birovga qozg‘oy choh, Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh. (Navoiy) Mazmuni: Kimki birovga choh qazisa, unga o‗zi tushadi. Ko‘zum yoshig‘a nazar qil, ko‘ngul bo‘lur ravshan, 83 Ey sarvinoz, oqar suvg‘a qilsa nazzora. (Sakkokiy) Mazmuni: Ko‗zimning yoshiga, ey sarvinoz, bir nazar qil, axir, oqar suvga nazar tashlansa, ko‗ngil ravshan bo‗ladi-ku! Irsoli masal: shoir xalq orasida yuradigan oqar suvga qarasang, ko‘ngling ravshan bo‘ladi degan naqlni keltirish orqali o‘z fikrining ta’sirchanligiga erishyapti. Vaysiy jahondin o‘tti, murodig‘a yetmadi, To‘ymoqqa rasm yo‘qdur qorin suygan oshga. (Uvaysiy) Mazmuni: Uvaysiy jahondan o‗tib murodiga yetolmadi, chunki inson o‗zi yoqtirgan taomga sira to‗ymaydi. Irsoli masal: shoira murodiga yetolmaganligini qorin suygan oshiga to‘ymas maqoli orqali ifodalayapti. Laff va nashr Laff va nashr (arabcha «yig‘ish va yoyish») – bunda shoir biror narsa yoxud hodisani oldin sanaydi, so‗ng shu tartibda ularga tegishli o‗xshatishlarni tizib chiqadi. Qoshing, erning, yuzung, ey rashki rizvon, Hilol-u kavsar-u bog‘i jinondur. (Lutfiy) Mazmuni: Ey go‗zallikda jannatning ham rashkini keltiruvchi yor, sening qoshing, labing va 84 yuzing oy, buloq va jannat bog‗i kabidir. Laff va nashr: Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling