78
O‘xshamish (
mushabbah) – tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (yuz).
O‘xshatilmish (
mushabbah bihi) – tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha
(gul).
Asos (
vajhi shabah) – nimaga ko‗ra o‗xshatishning
yuzaga chiqqanligi
(go‗zallikda).
Vosita (
odoti tashbeh) – o‗xshatilish belgisi (kabi).
Vosita ishtirok etgan o‗xshatishlarda tashbeh aniq ko‗rinib, bilinib turadi. So‗z
san‘atida
-dek, -day, -cha, -simon, -vor, -saro, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo‗shimchalar,
kabi, singari, misli, go‘yo, yanglig‘, xuddi, o‘xshab, nechukki va boshqa so‗zlar
vosita
bo‗lib keladi. Ko‗p hollarda asos ishtirok etmaydi.
Tashbeh yuqorida sanalgan unsurlarning ishtirok etish o‗rniga ko‗ra ikkiga bo‗linadi:
1)
mutlaq tashbeh (
aniq o‘xshatish) – asos va vositaning qo‗llanilish-
qo‗llanilmasligidan qat‘iy nazar, o‗xshamish va o‗xshatilmish ishtirok etgan o‗xshatish
san‘ati:
Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko‘tara olmay uyotdin zabun.
(
Navoiy)
Mazmuni:
Sen binafsha
kabi qaddingni bukib turasan, uyatdan bosh ko‗tara olmay mag‗lub
holda qolasan.
Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok,
Xilqat alarg‘a-u sanga – tiyra xok.
(
Navoiy)
Mazmuni:
Ular tuprog‗-u, sen toza nurdan emassan: aslida,
sen va ular qora tuproqdan
yaratilgansizlar.
79
2)
kinoya tashbeh (
ishora o‘xshatish) yoki istiora – o‗xshatilmishning o‗zigina
ishtirok etgan o‗xshatish turi:
Bo‘rini dag‘i galadin dur qil,
Suv beribon bog‘ni ma’mur qil.
(
Navoiy)
Mazmuni:
Bo‗rini galadan uzoqlashtir, suv berib bog‗ni obod qil.
Baytda to‗rtta kinoya tashbeh bor:
bo‘ri – bo‘ridek talovchilar, gala – gala singari
Do'stlaringiz bilan baham: