Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Tashxis Tashxis (arabcha «shaxslantirish») – tabiat manzaralari, jonzotlar, hayotdagi turli buyumlar va tushunchalarning insonga xos bo‗lgan fazilatlar, belgilar bilan jonlantirilib, shaxsga mansub xususiyatlar bilan to‗yintirib berilishi. Masalan, bog‗, sahro, bulut, yomg‗ir, hilol, yulduz, quyosh, gul, chumoli, ohu, tun, sabo, may, qadah, qalam, qog‗oz va hokazolarni insonga xos xususiyatlar bilan jonlantirish orqali shoir o‗z asarida chiroyli va nafis obrazlilikka erishadi. Timsollardagi joziba esa, o‗z navbatida, asar emotsionalligini kuchaytiradi. Bu esa asarning o‗quvchiga ta‘sir kuchini oshiradi, taxayyul qudratini ishga tushiradi, asar badiiyatining hayotiy kuchga aylanishini ta‘minlaydi. Ochilur sahar sabodin dema g‘uncha mushti har tun, Ochibon qo‘li oyosin qilodur sanga duo gul. (Ogahiy) Mazmuni: G‗unchaning mushti tong yellaridan ochilyapti deb o‗ylama, bu gullarning barg yozishi qo‗lini ochib senga duo qilayotganidir. Tashxis: gulning qo‘lini ochib duo qilishi. 69 Qilib orzu quduming sharafiga vosil o‘lmoq, Boqibon yo‘lingga turmush bir oyoqda borho gul. (Ogahiy) Mazmuni: Gul shunchaki o‗z-o‗zidan ochilib, sarv bo‗lib turgani yo‗q, u tezroq kelishingni, qadaming vaslini orzu qilganidan bir oyog‗i uchida ko‗tarilgancha yo‗lingga intizor bo‗lib turibdi. Tashxis: gulning yor vasliga intizor bo‘lib oyoq uchida turishi. Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. (Atoyi) Mazmuni: Men chamanda jamoling vasfini – ta‘rifini qildim, shunda anjuman, ya‘ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi. Tashxis: gulzorning anjumanga o‘xshatilishi, gulning uyatdan qizarishi. Tarab tiflin tug‘urdi dahr zoli, Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z. (Ogahiy) Mazmuni: Dahr zoli (dunyo kampiri) tarab (shodlik) chaqalog‗ini tug‗arkan, navro‗z unga doyalik qildi. Tashxis: tarab tifli, dahr zoli, navro‘zning doyalik qilishi. Noz-u ado-u g‘amzasi qasdim qilurlar dam-badam, 70 Vah, muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod ustina?! (Ogahiy) Mazmuni: Ma‘shuqaning nozi, adosi (so‗zlari) va g‗amzasi navbatma-navbat menga qasd qiladilarki, bir odamning ustiga shunchalar ham ofat bo‗ladimi? Tashxis: yor noz-istig‘nolarining oshiqqa qasd qilishi. Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon, Qildi sahrog‘a tarovat o‘zgacha paydo bahor. (Ogahiy) Mazmuni: Suvni «obi hayvon» – tiriklik suviga o‗xshatish qadimdan bor. Lekin uni suzuk deb sifatlash adabiyotda yangilik edi. Tashxis (jonlantirish) san‘atini mohirona qo‗llagan shoir tog‗lardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go‗zalga o‗xshatadi. Bahor ana shu suzuk suvi bilan sahroga o‗zgacha tarovat bag‗ishlagan. Tashxis: suzuk suvning har tarafga ravon aylashi (qadam solishi) Ochun kulchirar boz alin qosh chetar, Bir ilkin tutub shahd, biri zahr qotar. (Y.X.Hojib) Mazmuni: Olam kulib boqadi, so‗ng birdan qovog‗ini soladi. Bir qo‗li bilan asal bersa, ikkinchisi bilan zahar tutadi. Tashxis: olamning kulib boqishi, qovog‘ini solishi, bir qo‘li asal berishi, zahar Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling