Dilnavoz Yusupova


hojib deyiladi. Hojib arabcha «hijob»


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

hojib deyiladi. Hojib arabcha «hijob» so‗zidan olingan bo‗lib, «pardali» degan ma‘noni 


59 
bildiradi. Ya‘ni bunda go‗yo hojibning qofiya oldidan kelib uning yuzini to‗sib turishi 
nazarda tutiladi. Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidan olingan:
Tig‘ ila yorib jigarim yonini, 
Yerga oqizdi jigarim qonini, –
baytida «yonini, qonini» so‗zlari qofiya bo‗lib, «jigarim» so‗zi qofiyadan oldin kelib 
takrorlangani uchun hojib hisoblanadi. Ba‘zan radif ham, hojib ham bir bayt tarkibida 
kelishi mumkin. Zahiriddin Muhammad Boburning: 
Sendek menga bir yori jafokor topilmas, 
Mendek senga bir zori vafodor topilmas, –
baytida «topilmas» so‗zi radif, bir so‗zi hojib bo‗lib, qolgan so‗zlar qofiyadir.
She‘riyatda qofiyaning bir necha turlari mavjud: to‘liq (to‘q) va to‘liqsiz (och) 
qofiya, unlilar yoki undoshlar ohangdoshligiga asoslangan qofiyalar.  
To‘liq (to‘q) qofiyada qofiyadosh so‗zlarning tovush tarkibi to‗la mos keladi: 
«bahorim – dildorim», «so‘ralar – mo‘ralar», «yuragimgacha – suyagimgacha» va 
boshqalar.
To‘liqsiz (och) qofiyalarda so‗zlarning tovush tarkibi qisman mos keladi: «dahriy – 
qahridan»«tutun – Alovuddin» singari.
Qofiyalarning tartibi degan tushuncha ham bor. U she‘r bandidagi misralarning 
o‗zaro qofiyalanish tartibini anglatadi.
Savol va topshiriqlar: 
1. 
Qofiya nima? 
2. 
Raviy harfi haqida ma’lumot bering.
3. 
Mutlaq va muqayyad qofiyalar qanday vujudga keladi? 
4. 
Radif va hojibning o‘xshash va farqli jihatlari haqida fikr yuriting.


60 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling