Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Tajnis
Tajnis yoki jinos («biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq») – talaffuz va shaklda bir- biriga yaqin bo‗lgan so‗zlarni turli ma‘nolarda qo‗llash san‘atidir. Bo‘yung sarv-u sanubardek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy) Mazmuni: Bo‗ying sarv-u sanubar daraxtlaridek tik va go‗zal, beling qil kabi nozik, vafo qilgan kishilarga vafo qil. Tajnis: qil. Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob Kim, surating chizilmish aning ich-u toshinda (Lutfiy) Mazmuni: Ey bag‗ritosh go‗zal, ko‗nglim uyini xarob qilma, chunki uning ich-u tashqarisida sening suvrating chizilgan. Tajnis: tosh. 67 Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin, Necha bo‘lg‘ay bu ko‘z muntazir, och. (Lutfiy) Mazmuni: Yuzingni och, ko‗z seni to‗yguncha ko‗rsin, bu ko‗z och (zor-u intizor) bo‗lib necha vaqtdan buyon kutadi. Tajnis: och. Ne navo bo‘lg‘ay bukim, mehrob ichinda o‘lturib, O‘lturadur men duochini ko‘zung boqib turib. Mazmuni: Sening ko‗zing mehrob ichida (bunda qosh mehrobga o‗xshatilyapti, ya‘ni ko‗z qoshning tagida turib) men duogo‗yni boqib turib o‗ldiradi. Tajnis: o‘lturmoq. Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il, Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il. (Alisher Navoiy) Mazmuni: Qaro ko‗zum, kel va mardumliq (odamiylik)ni fan qil – o‗zingga odat qil, ko‗zimning qorasini mardum (ko‗z gavhari) kabi vatan tut. Tajnis: mardum. Har qachon kulbama falon jonim, Kelsa o‘tru chiqar anga jonim. (Komil) Mazmuni: 68 Kulbamga falonchi jonim kelsa, uni qarshi olgani jonim chiqadi. Tajnis: jonim. Ul qaro ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur, Balki andin dahr eli ortuqcha g‘avg‘o tortadur. (Furqat) Mazmuni: Yorim qaro ko‗zlariga surma tortadi, balki surma tortish bilan dunyo eli orasida g‗avg‗o ko‗taradi (tortadi). Tajnis: tortadur. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling