Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Maqollardan namunalar 
 
Izzat tilasang ko‘p dema,
Sihat tilasang ko‘p yema.
*** 
Duo bilan el ko‘karar,
Yomg‘ir bilan yer ko‘karar.
*** 
Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar,
Elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.
*** 
Tilni bilish dilni bilishga yo‘l ochar.
*** 
Qunt bilan o‘rgan hunar,
Hunardan rizqing unar.
*** 
Bulbul chamanni sevar,
Odam – Vatanni.


12 
*** 
Daraxtni yer ko‘kartiradi,
Odamni el ko‘kartiradi.
*** 
Xalqqa xizmat – oliy himmat.
*** 
El qo‘risang o‘zarsan,
Qo‘rimasang to‘zarsan.
*** 
Birni sochsang yerga,
Mingni berar elga.
*** 
Yer to‘ydirar, o‘t kuydirar.
*** 
Aybsiz do‘st axtargan do‘stsiz qolar.
*** 
Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar.
*** 
Bo‘linganni bo‘ri yer,
Ayrilganni ayiq yer.
*** 
Do‘st do‘stni kulfatda sinar,
Odam odamni mehnatda sinar.
*** 
Yolg‘iz otning changi chiqmas,
Changi chiqsa ham dong‘i chiqmas.
*** 
Bilagi zo‘r birni yiqar,
Bilimi zo‘r mingni yiqar.
*** 


13 
Tikansiz gul bo‘lmas,
Mashaqqatsiz – hunar.
*** 
Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq,
Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq.
*** 
O‘g‘li borning o‘rni bor,
Qizi borning qadri bor.
*** 
Qatorda noring bo‘lsa,
Yuking yerda qolmaydi.
*** 
Bilgan topib gapirar,
Bilmagan – qopib.
*** 
Chin so‘z – mo‘tabar,
Yaxshi so‘z – muxtasar.
*** 
Yaxshi bilan yursang
Yetarsan murodga.
Yomon bilan yursang
Qolarsan uyatga.
*** 
Yaxshi odam oshini yer,
Yomon odam boshini yer.
*** 
Toma-toma ko‘l bo‘lur,
Hech tommasa cho‘l bo‘lur.
*** 
Nonni katta tishlasang ham 


14 
Gapni katta gapirma! 
*** 
Asal aynimas, sariyog‘ sasimas.
*** 
Birni ko‘rib fikr qil,
Birni ko‘rib shukur qil.
2.2. Topishmoqlar 
 
Barcha xalqlar og‗zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o‗ziga xos turi 
topishmoqlar hisoblanadi. Topishmoqlar ba‘zan «topmacha», «jumboq», «matal» deb 
ataladi. Mumtoz adabiyotda topishmoq «chiston» deb nomlanib, uning muayyan shartlari 
mavjud. «Chiston» asli forscha so‗z bo‗lib, topishmoq, jumboq ma‘nosini anglatadi. 
Chiston – mumtoz adabiyotning kichik lirik janri va savol-javob shaklida paydo bo‗lgan. 
Undagi narsa-hodisalar majoziy tarzda tasvirlanib, fard, bayt, qit‘a, ruboiy va g‗azal 
shaklida yoziladi. Chiston ko‗proq ma‘rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega bo‗ladi. 
Adabiyotimiz tarixida ushbu janrning go‗zal namunalarini Alisher Navoiy, Uvaysiy kabi 
shoirlarimiz ijodida uchratishimiz mumkin.
1
Chiston mumtoz adabiyotshunoslikda 
«lug‗z» deb ham yuritiladi.
Topishmoq hammabop ommaviy janrdir. Ularda xalq hayotining barcha qirralari: 
turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari, inson va uni o‗rab olgan olam 
o‗xshatishlar, taqqoslashlar, savollar vositasida ifodalanadi. Topishmoqda yashirin ma‘no 
ko‗pincha majoziy shaklda keltiriladi, aniqrog‗i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, 
buyum, o‗simlikka qiyoslangan holda beriladi. Topishmoqni yechmoqchi bo‗lgan kishi 
unda keltirilgan ko‗chma belgilarini xayolida mantiqan solishtiradi va uning hayotdagi 
belgilarga to‗g‗ri kelishiga qarab javobni topadi. Topishmoqni aytilgan vaqtda yecha 
olmagan kishi «jazolanadi». Topishmoqning javobi uchun «shahar» yoki «qishloq» 
beradi.
1
Chiston janri bilan bog‗liq batafsil ma‘lumot «Mumtoz she‘r shakllari» mavzusida beriladi.


15 
Topishmoqlar maqollar kabi nasriy va she’riy shaklda ixcham, sodda va ravon, 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling