Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

1) og‘zaki adabiyot;
2) yozma adabiyot.
Badiiy adabiyotning eng qadimiy shakli xalq og‘zaki ijodi (folklor) bo‗lib, uning o‗zi 
ham dostonlar, ertaklar, qo‗shiqlar, maqollar, topishmoqlar singari qator janrlarga ajraladi. 
Og‗zaki adabiyot, nomi ham anglatib turganidek, og‗zaki ravishda yaratilgan bo‗ladi va 
uning kim tomonidan dunyoga keltirilganligini aniqlash imkonsiz. Muallifining 
noma‘lumligi, yillar mobaynida turli aytimchilar tomonidan sayqallanib, takomillashib, 
mukammal shaklga ega bo‗lish xalq og‗zaki ijodi namunalariga xos asosiy belgilardir. 
Og‗zaki ijod har qanday yozma adabiyotga tayanch vazifasini bajargan. Yozuvchilar ijod 
sirlarini aytimchilardan qolgan asarlar asosida o‗rganishgan.
Rus adibi Maksim Gorkiy XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiyani qamrab olgan 
adolatsizlik, xunrezliklar o‗ziga qanday ta‘sir etganini xotirlab shunday yozgan edi: 
«Hayotda ko‘rayotganlarim go‘yo yuragimning ustini shilib tashlagandek bo‘ldi. Shundan 
buyon mening qalbim har bir nohaqlikdan, adolatsizlikdan ta’sirlanib, achishadigan 
bo‘lib qoldi».
Alisher Navoiyning: 
Menga qilsa ming jafo, bir qatla faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram, –
 
degan so‗zlarining mag‗zida ayni shu dardkashlik, xalq qismatidan qayg‗urish hislari 
yotibdi.
Adabiyot hayotdan quruq nusxa ko‗chirish, «hayotdagiga o‗xshatib yozish» degani 
emas. Shoir Faxriyor tongning otishini qanday ifodalaganiga e‘tibor qiling: 



Tong o‘rniga qayg‘ular otar
Kimni? 
Yaratilgan badiiy matnning qanchalik hissiy, ta‘sirchan bo‗lishi uning obrazliligiga 
bog‗liq.
Navoiy g‗azalidan olingan: 
Azal ham sen, abad ham sen, na avval birla oxirkim, 
Unda yo‘q ibtido paydo, bunda yo‘q intiho paydo, –
baytida Allohning azalligi, abadligi hamda avvallning boshi bo‗lmaganidek, oxirining 
adog‗i yo‗qligi so‗zlarning joylashtirilishi va muayyan tovushlarning takrori tufayli g‗oyat 
jozibali, kishi e‘tiborini tortadigan tarzda aks etgan. Shuningdek, bu misralar o‗qiyotgan 
kishidan bir qadar aqliy zo‗riqishni ham talab qiladi. Ehtimol, mazkur satrlarda 
ifodalangan fikrlar o‗zga kishilar tomonidan ham aytilishi mumkindir. Lekin Navoiy 
singari hissiyotni qo‗zg‗aydigan yo‗sinda aytish boshqa kishining qo‗lidan kelmaydi, ayni 
shu jihat misralarning ta‘sirchanligini ta‘minlaydi.
Poytaxtimiz Toshkentning markazida joylashgan O‗zbekiston Milliy bog‗iga ulug‗ 
mutafakkir Alisher Navoiy haykali o‗rnatilgan. Uni o‗rab turgan moviy gumbaz ostiga 
shoirning quyidagi misralari bitilgan: 
Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, 
Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish.
Shoir tomonidan bu misralar yozilganiga besh yuz yildan ortiqroq vaqt o‗tdi. Toki 
dunyoda kishilarning bir-birlariga dushmanlik qilishlari to‗xtamas ekan, shoirning mazkur 
o‗tli da‘vati o‗z ahamiyatini saqlab qolishiga aminmiz.
Olimlarning ko‗rsatishicha, badiiy asarlar qanday maqsadda yaratilishiga (kuylash 
uchunmi, sahnada ko‗rsatish uchunmi yoki o‗qish uchun) va nimani ifoda etishiga 



(tuyg‗uni, tuyg‗uning yuzaga kelishiga sabab bo‗lgan voqeani yoki obrazlarning bevosita 
harakatlarini) qarab lirik, epik, dramatik kabi turlarga bo‗linadi. Bu adabiy turlarning har 
biri, o‗z navbatida, bir qancha janrlarga bo‗linib ketadi.
Bir yoki bir necha odamning hayoti, taqdiri, ularning boshqa odamlar bilan 
munosabati haqida hikoya qiluvchi, obrazlarning xarakter xususiyatlarini aks ettiruvchi 
badiiy asarlar epik turdagi asarlar deyiladi. Epik tur yunoncha epos so‗zidan olingan 
bo‗lib, rivoya, hikoya ma‘nolarini anglatadi. Epik turdagi asarlarning o‗zi hikoya, qissa, 
roman singari bir qator janrlarga bo‗linadi. Ko‗p ertak, hikoya, qissa va romanlar, 
xususan, Abdulla Qodiriyning «Uloqda», Abdulla Qahhorning «Bemor», «Dahshat», 
«O‗g‗ri» singari asarlarida bir yoki bir necha obrazning hayoti, taqdiri, ularning atrofida 
yashayotgan, ular bilan aloqada bo‗lib turgan boshqa kishilarning hayoti, tabiati haqida 
muallif hikoya qilib bergan.
Qo‗shiq qilib kuylanadigan, shoirning tuyg‗ulari, kechinmalari aks ettirilgan badiiy 
asarlar lirik asarlar deyiladi. Lirika yunonlarning rubobga o‗xshab ketadigan cholg‗u 
asbobi (lira) nomidan olingan va lira jo‗rligida aytiladigan ijrochining kechinma, 
tuyg‗ularini tasvirlovchi qo‗shiqlar ma‘nosini bildiradi. Muallifning tuyg‗ulari u yoki bu 
hayot hodisasi natijasida tug‗iladi. Cho‗lponning «Binafsha» she‘rida binafshaning 
qayerdan paydo bo‗lib qolganligi, qanday o‗sganligi, kim tomonidan, qachon yulib 
tashlanganligi hikoya qilinmaydi. Balki shoir toptalgan binafshani ko‗rgandan so‗ng 
o‗zida paydo bo‗lgan kechinmalarni, hissiyotlarni aks ettiradi. Lirik turdagi asarlarning 
ham ruboiy, tuyuq, to‗rtlik, muxammas, g‗azal, murabba‘, musaddas, musamman
muashshar, sonet va hokazo janrlari mavjuddir.
Sahnada qo‗yish uchun yaratilib, harakat, monolog va dialoglardan iborat bo‗lgan, 
muallif asarda tasvirlangan voqealarga ham, unda ishtirok etayotgan obrazlarga ham o‗z 
munosabatini bevosita ifodalamaydigan badiiy asarlar dramatik asarlardir. Dramatik 
turdagi asarlarning o‗zi ham fojia (tragediya), komediya, drama singari janrlarga 
bo‗linadi. Drama yunoncha «harakat» degan ma‘noni ifodalaydigan so‗zdir. Bunday 
nomlanishda adabiy turning eng asosiy xususiyati – sahna asaridagi ifoda obrazlarning 
harakatlari orqaligina yuzaga kelishi, bildirilishi hisobga olingan.



Chinakam badiiy asar inson ichki olamini turli ramzlar, tasviriy ifodalar, voqealar 
syujeti orqali o‗zida haqqoniy aks ettiradi. Bu adabiyot doirasida yuz beradi. Ana shu 
yaratilgan badiiy asarni ilmiy jihatdan tahlil qilish, xos xususiyatlarini aniqlash, boshqa 
asarlar bilan qiyoslash adabiyotshunoslikning vazifasi hisoblanadi.
Adabiyotshunoslik, o‗z o‗rnida, quyidagi yo‗nalishlarda ish olib boradi: 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling