Reja: G’o’za tupining rivojlanish dinamikasi


Download 58.96 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi58.96 Kb.
#1565058
1   2   3   4   5
10 rasm. Uzoq navbatli gullashning qisqa navbatli gullashiga nisbati 6:2 bo’lganda g’o’zaning gullash tartibi.



11- rasm. G’o’zanng rivojlanish fazalari


Haroratga talabi. G’o’za issiq tropik zonadan kelib chiqqanligi uchun ham issiqqa talabchan bo’ladi. Chigit unib chiqib, normal o’sish va rivojlanishi uchun optimal harorat 25-30 0S hisoblanadi. Harorat 17 0S tushganda rivojlanish susayib qoladi.
G’o’zaning zo’rg’a rivojlanishi va chigitning unaboshlashi uchun minimal (pastki) harorat 10-12 0S hisoblanadi. Harorat 00 dan pastga tushib, minus 1-2 0S ga yetganda yosh maysalarni, voyaga yetgan g’o’zalarni esa minus 3-5 0S da sovuq uradi. Harorat 37-38 0S g’o’za uchun maksimal hisoblanadi va undan oshganda g’o’zadagi fiziologik jarayonlarga salbiy ta’sir ko’rasata boshlaydi va 40 0S dan yuqori bo’lganda barglarda nekroz holati kuzatiladi, gullar otalanmaydi.
G’o’zaning har xil rivojlanish fazasi uchun harorat zarur bo’ladi yoki ma’lum rivojlanish fazasini o’tishi va tugallashi uchun ham ma’lum harorat yakunini talab qiladi, ana shu harorat yakuni foydali (effektiv) harorat deb yuritililadi. Havoning o’rtacha sutkalik haroratidan o’simlikdagi ma’lum rivojlanish fazasi o’tishi mumkin bo’lmay qoladigan harorat olib tashlansa foydali harorat miqdori kelib chiqadi.
Harorat yakunini hisoblashda shartli ravishda gullashgacha quyi chegara harorati 10 0S, gullashdan keyin 13 0S qilib olish mumkin.
G’o’zaning tur va naviga, erta yoki kech pisharligiga qarab, foydali harorat yakuni 1600-2000 0S gacha yetadi.

Download 58.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling