Reja: G’o’za tupining rivojlanish dinamikasi


Download 58.96 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi58.96 Kb.
#1565058
1   2   3   4   5
Yorug’likka munosabati. G’o’za yorug’sevar o’simlik, uning barg shapaloqlari kun bo’yi quyosh nuri tushishiga qarab o’z holatini o’zgartirib boradi. Yorug’lik yetishmay qolsa shona va ko’sakchalar ko’p to’kilib ketadi, fotosintez jarayonida sekinlashadi, hosildorlikka putur yetadi. Masalan, quyoshli kunda № 182 navining 1 sm2 barg sathida 1 soatda 1,46 g moddani assimilyasiya qilgan bo’lsa, bu raqam bulutli kunda 0,06 g ga tushib qolgan (A.Blagoveshenskiy).
G’o’za tipik qisqa kun o’simligi bo’lganligi uchun yorug’ kunning uzunligiga juda ta’sirchan bo’ladi. Tajribalarda kun uzunligini sun’iy ravishda 9-12 soatga keltirish g’o’za rivojlanishni tezlashtirib, yaxshi natijalar olingan, ya’ni hosil shoxning pastroqdan paydo bo’lishi, shonalash, gullash va pishish barvaqt bo’lgan. Bundan seleksiya yo’lida keng foydalanish mumkin.
Biroq ekiladigan subtropik formalari kun uzunligi 13-15 soat va undan ortiq bo’lganda ham maromida o’sib rivojlanaveradi.
Yorug’likni boshqarish uchun ekin ekish yo’nalishini, ekish sxemasini tanlash, tup sonini to’g’ri belgilash, begona o’tlarga qarshi kurash ahamiyatlidir.
Suvga talabi. G’o’za qurg’oqchilikka chidamli, lekin suvga talabchan o’simlik. Uning transpirasiya koeffisiyenti (1 g quruq moddani hosil qilish uchun sarf qiladigan suv miqdori) 600-700 ga teng. Bu raqam o’sish sharoitiga qarab 400-800, 1000- va undan ham ortiq bo’lishi mukin.
Transpirasiya koeffisiyenti ekin o’stirish sharotiga bog’liq. O’simlikning o’sish sharoiti qancha yaxshi bo’lsa, transpirasiya koeffisiyenti shuncha kichik bo’ladi, o’simlik suvdan tejab foydalanadi.
G’o’zaning sarf qiladigan absolyut suv miqdori transpirasiyadan farq qilib, har bir gektar maydonga transpirasiya uchun sutkasiga chinbarglik fazasida 10-12 m3 , shonalash fazasida 30-50 m3, gullash meva tugish fazasida 80-90, 100-120 m3, pishib yetilish fazasida esa 30-40 m3 suv sarflaydi. G’o’zaning butun o’suv davrida esa taxminan 5000-8000 m3 suv sarf bo’ladi.

Download 58.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling