Reja: G’o’za tupining rivojlanish dinamikasi


Download 58.96 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi58.96 Kb.
#1565058
1   2   3   4   5
Oziq moddalarga talabi. G’o’za o’simligi butun yer ustki qismlari bilan birga 1 t chigitli paxta yaratish uchun eng muhim
bo’lgan oziq moddalardan o’rtacha: 50-60 kg azot, 10-15 kg fosfor, 50-60 kg kaliy talab qiladi. Boshqa elementlardan o’rta hisobda 50 kg kalsiy, 10 kg dan oltingugurt, magniy va natriy, 2 kg gacha temir, 200 g gacha bor, 50 g mis, 1,5 kg xlor o’zlashtiradi.
Agar umumiy hosilga nisbatan ko’p miqdorda (50-60 %) paxta tashkil etadigan qilib parvarish qilinsa oziq moddalarning sarfi bir muncha kamayishi mumkin.
Ildiz sistemasini vujudga keltirish uchun yer usti massasiga ketadigan oziq miqdordagi N-3-5 %; R-5-6 %; K-7-10 % sarflanadi.
G’o’za o’zining vegetasiya davrida sarflaydigan azot va fosfor moddasini rivojlanish fazalari bo’yicha quyidagiga o’zlashtiradi: shonalashgacha N-7 %, R-5 %; shonalashdan gullashgacha N-46 %, R-35 %; gullashdan pishishgacha N-44 %, R 50 %, pishish fazasi esa N-3 %, R-10 %.
G’o’zaning rivojlanish davrida oziq moddalarning yetarli bo’lishi uning normal o’sishi va rivojlanishi uchun zarurdir, yuqori va sifatli hosil olinadi.
O’simlikka azot yetishmasdan qolsa g’o’za barglari mayda va yashil sarg’ish rangli, kalta bo’yli, kam ko’sakli bo’lib qoladi. Ortiqcha bo’lganda g’o’za g’ovlab ketadi, pishib yetilishi kechikadi.
Fosfor elementi yetishmaganda ham o’simlikning ildiz sistemasi sekin rivojlanadi, barglarida mayda va kalta bo’yli bo’lib, barglarda qizg’ish tomirlar va dog’larni kuzatish mumkin. O’simliklarda generativ organlarini paydo bo’lishi kechikadi, hosil sifati pasayadi.
Kaliy yetishmaganda bargda qo’ng’ir dog’lar paydo bo’lib, sekinlik bilan quriydi, buralib tushib ketadi, vilt bilan kasallanishi kuchayadi, hosil sifati pasayadi.
Mikroelementlarni qo’llash (bor, marganes, mis va boshqalar) g’o’za gullarini otalanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, o’simlikning kasallikka chidamliligi oshadi.
Tuproqqa talabi. G’o’za turli xil tuproqlarda ham o’sa oladi. Biroq hamma tuproqlar g’o’za uchun to’liq yaroqli bo’lavermaydi. Tuprog’i har xil, lekin sharoitlari bir xil bo’lgan yerlardagi g’o’zalardan bir xilda mo’l hosil olish uchun turli miqdorda mehnat va material sarflashga to’g’ri keladi. Madaniy qatlami qalin, eskidan sug’orilib kelinayotgan yerlardan yuqori hosil olinsa, yer ostida
shag’al va qum qavat yuza joylashgan yerlardan yaxshi parvarish qilingandagina yuqori hosil olish mumkin.
Mexanik tarkibi qumoq tarkibli yerlar ham ancha ma’qul hisoblanadi. G’o’za uchun og’ir tarkibli tuproqlar uncha qulay emas, ammo yaxshi parvarish qilganda mo’l hosil yetishtirish mumkin.
Sho’rlangan yerlar g’o’za uchun yaroqli emas. Tuproqda xlor 0,12-0,14 % SO4-0,5-0,6 %; qattiq qoldiq 1,4 % yetganda o’simlik qurib qoladi; Cl-0,015-0,034 %; SO4-0,200-0,300 %, qattiq qoldiq 0,400-0,700 % bo’lganda g’o’za zaif rivojlanadi. Sho’r yerlarda g’o’za yetishtirish uchun, albatta, sho’r yuvish tadbirlari o’tkaziladi.
G’o’za uchun yer osti suvining chuqurligi 3 m dan past bo’lganligi ma’qul, suv yuza joylashgan yerlarda g’o’za kuchli o’sib, ko’sakning ochilishi kechikadi.



Download 58.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling