Reja: Gruntlar haqida ma`lumotlar Gruntlarning suv o`tkazuvchanligi


Download 9.55 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi9.55 Kb.
#1840307
  1   2   3   4
Bog'liq
Reja Gruntlar haqida ma`lumotlar Gruntlarning suv o`tkazuvchanl-azkurs.org


Reja: Gruntlar haqida ma`lumotlar Gruntlarning suv o`tkazuvchanligi

Reja:

1.Gruntlar haqida ma`lumotlar

2.Gruntlarning suv o`tkazuvchanligi

3.Gruntlarning siljishga qarshiligi

Umumiy ma`lumotlar

Poydevor zaminidagi gruntlar o`zining xususiy og`irligi va inshootdan uzatiladigan yuklar ta`sirida, ma`lum darajada zo`riqgan holatda bo`ladi. Gruntning xususiy og`irligidan hosil bo`ladigan bosim tabiiy bosim deyiladi. Chuqurlik oshgan sayin bu bosimning qiymati ham ortib boradi.

Inshootdan uzatiladigan yuklar zamindagi gruntda qo`shimcha bosimni yuzaga keltiradi. Tabiiy va qo`shimcha bosimlar ta`sirida grunt qatlamlarida normal() va urinma() kuchlanishlar hosil bo`ladi. Normal kuchlanishlar gruntning zichlanishiga, urinma kuchlanishlar esa grunt qatlamlarining o`zaro siljishiga sabab bo`lishi mumkin.

Ma`lumki, grunt zarrachalari tishlashish yoki ishqalanish kuchlari hisobiga bir-biri bilan o`zaro bog`langan. Agar normal va urinma kuchlanishlar zarrachalar orasidagi bog`lanish kuchlaridan katta bo`lsa, zarrachalarning o`zaro siljishi yoki surilishi hisobiga deformatsiyalanish (zichlanish yoki siljish) sodir bo`ladi.


Deformatsiyalanishi bo`yicha gruntlar elastiko-plastik jismlar turiga kiradi. Grunt zarrachalari, ularning sirtidagi bog`langan suv va qamralgan havo elastik deformatsiyalanadi. Plastik (qoldiq) deformatsiyalanish, asosan gruntdagi g`ovaklar hajmining kamayishi hisobiga sodir bo`ladi. Bunda, g`ovaklardagi suv yoki havo pufakchalari qisman yoki butunlay siqib chiqarilishi mumkin.

Gruntlarning suv o`tkazuvchanligi

Gruntlarning suv o`tkazuvchanligi ularning tuzilishiga, g`ovaklarining miqdori, o`lchami va shakliga, hamda grunt tarkibidagi suvning turi va holatiga bog`liqdir. Suv o`tkazuvchanlikni o`rganishda filtratsiya va migratsiya xodisalarini bir-biridan farqlash lozim.

Suvning grunt tanasi bo`ylab mexanik ta`sirlar (tashqi bosim yoki o`zining xususiy og`irligi) natijasida harakatlanishiga filtratsiya, fizikaviy-kimyoviy tabiatga ega bo`lgan omillar (elektromolekulyar tortishish kuchlari, osmotik bosim va h.k.) sababli suv molekulalarining siljishiga migratsiya deyiladi. Gruntlar mexanikasida asosan filtratsiya hodisasi o`rganiladi.


Download 9.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling