Tog’ jinslarining parchalanishi va deformatsiyalanish mexanizmi haqida umumiy ma’lumot


Download 60.97 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi60.97 Kb.
#1011007
  1   2   3
Bog'liq
2-maruza materiallari (3)


Tog’ jinslarining parchalanishi va deformatsiyalanish mexanizmi haqida umumiy ma’lumot


Reja:


  1. Lahim atrofidagi noelastik deformatsiyalanish chegaralar parametrlarini tajribada aniqlash usullari.

  2. Tog‘ jinslarining lahim mustahkamligichiga o‘zaro ta’sirini o‘rganish usullari.

Tog‘ jinslari massivida kon lag‘imlarini o‘tish jarayonlari mohiyati va xarakteridan kelib chiqib, tog‘ jinslarining turli kuchlanish-deformatsiyaviy holati ko‘rinishidagi bir nechta lahim atrofi chegaralari shakllanishi namoyon bo‘ladi.


Birinchi chegara, bevosita lahim sirtiga yopishgan, kuchlanishlarning kamayishi bilan tavsiflanadigan zaiflashtirilgan tog‘ jinslaridan tashkil topadi. Bu chegaralar oralig‘ida boshlang‘ich kuchlanishlarning yo‘qotilishi natijasida tog‘ jinslari deformatsiyalanadi. Bunda elastik va noelastik ko‘rinishidagi deformatsiyalar yuzaga keladi. SHuningdek tog‘ jinslari kelib chiqishi tabiiy yoki texnogen ko‘rinishda bo‘lgan darzliklarning tezlik bilan ochilishi natijasida parchalanadi.
Hozirgi vaqtda birinchi chegara odatda noelastik deformatsiyalanish chegarasi deb ataladi. Noelastik deformatsiyalanish tushunchasiga barcha turdagi deformatsiyalar, shuningdek prachalanish ham misol bo‘ladi. Bu chegaraning parametrlari turli omillarning ta’siri yig‘indisi, xususan, tabiiy kuchlanish holati, lahimning shakli va o‘lchamlari, lahim o‘tish usuli, mutahkamlagich o‘rnatish vaqti va tavsifi, shamollatish jarayonlari ta’siri va boshqalar bilan aniqlanadi.
Ikkinchi chegara o‘zida yuqori kuchlanishlar chegaraini namoyon etadi.
Uchinchi chegara esa massivning buzilmagan chegarai hisoblanadi.
Darhaqiqat noelastik deformatsiyalnish chegaralarida, birinchi navbatda, lahimning holati aniqlanadi. SHuning uchun ham bu chegara geomexanikada asosiy o‘rganish ob’ektlaridan biri hisoblanadi.




Download 60.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling