Reja: Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar
Download 187.5 Kb.
|
Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanat modeli
2. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga
erishish mexanizmiRejalashtirilgan xarajatlar chizig’i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar birbiriga teng bo’lgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o’tadi. Quyida keltirilgan 16-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo’lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo’ladi. Shuningdek, bu erda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o’zaro tengligiga erishiladi. Ya’ni, makroiqtisodiy muvozanat ta’minlanadi. Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko’p bo’lsa, iste’molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (AD E Y=E E1 E=C+I+G+Xn E0 Zahiralarning jamg’arilishi E2 Zahiralarning kamayishi Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real xarajatlar) chizma. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli) Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste’mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o’zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o’sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi. Download 187.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling