Reja: Har bir guruh uchun mashg‘ulot ishlanmalar tuzish Bolalarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni tashkil etish. Sayrda tashkil etiladigan jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlar


Mashg‘ulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni


Download 259.32 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi259.32 Kb.
#1557103
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Har bir guruh uchun mashg‘ulot ishlanmalar tuzish

Mashg‘ulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni.
Mashg‘ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so‘ngra asosiy harakatlarga o‘rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga o‘rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko‘nikmalarini takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Shundan so‘ng barcha bolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi.
Bolalarning psixik ish qobiliyatining davomsizligini hisobga olib, murakkab vazifalar asosiy qismning boshida belgilanadi (bolalarni yangi material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish).
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bolalar kichik buyumlar, bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar, lentalar, shnurlar bilan bajaradilar. Chunki ular organizmning funksional holatini yaxshilashga ta’sir etadi.
Dastlab to‘g‘ri qad-qomatni shakllantirish va nafas olishni tartibga solish maqsadida qo‘l mushaklari va yelka kamari mushaklarini rivojlantirish hamda mustahkamlash mashqlari beriladi. Ikkinchi navbatda gavda uchun, orqa mushaklarni mustahkamlash va umurtqa egiluvchanligini rivojlantiruvchi (oldinga, orqaga va yon tomonlarga egilish, gavdani aylantirish) mashqlari beriladi. Uchinchi navbatda qorin va oyoq mushaklarini mustahkamlovchi (cho‘qqayish, tizzadan bukilgan oyoqlarni ko‘tarish…) mashqlari beriladi.
Yozda, bolalar hayoti asosan ochiq havoda kechadigan paytlarda kiyimboshlar ham yengillashtiriladi, xilma-xil harakatlar bolalar sog‘lig‘ini yaxshilaydi, ularda hayotiy zavq uyg‘otadi.
Yoz paytida harakat ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarni takomillashtiruvchi qoidali o‘yinlardan keng foydalaniladi.
Barcha yosh gruhlarining maydonchalari dasturda ko‘rsatilgan yirik jismoniy jihozlar bilan jihozlangan bo‘lishi va ulardan bolalarning tirmashib chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, sakrash, uloqtirish harakatlari, muvozanat mashqlari, kim o‘zarga yugurish, muayyan masofaga tabiiy to‘siqlar osha tez yugurish… takomillashtirish uchun muntazam foydalanishi lozim. Maydonchaga har kuni o‘yinchoqlar, kichikroq jismoniy tarbiya ashyolari (tayoqchalar, chambaraklar, to‘plar…) olib chiqiladi. Ikki, uch g‘ildirakli velosipedlar, motorollerlar, g‘ildirakli konkilar, samokatlar, avtomobillar, toychalar bolalar ixtiyoriga beriladi.
Katta va tayyorlov gruhlarida voleybol, basketbol, badminton, shaharcha, lapta kabi sport o‘yinlari o‘tkaziladi.
Bolalar muassasalaridan tashqaridagi piyoda sayr va ekskursiyalar bolalar turizmining eng oddiy ko‘rinishlaridan biridir.
Muayyan maqsadda uyushtirilgan bu kichik sayrlar bolalar uchun qiziqarli va foydalidir. Ular bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashga, jismoniy rivojlanishiga, estetik his-tuyg‘uni tarbiyalashga, tabiat bilan muloqatga kirishishga, harakat ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarning takomillashuviga xizmat qiladi.
Sayrlar kichik gruhlardan boshlanishi lozim, bunda gruh bolalarining yosh xususiyatlari va imkoniyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, o‘ziga xos ko‘rsatkichlari hamda shifokor tavsiyalari hisobga olinishi lozim. Sayrlar maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun tarbiyachi ularni oldindan belgilab oladi va o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘radi.
Agar sayrda jismoniy tarbiya mashg‘ulotini o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, unga tabiiy omillardan foydalanib amalga oshiriladigan mashqlar, tik turgan, o‘tirgan, yotgan holatdan buyumlar bilan bajariladigan mashqlar, to‘siqlar osha yugurish, tez yugurish, uzoqqa va nishonni mo‘ljallab uloqtirish kiritiladi. Sayr va

Download 259.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling