Reja: Harakatlar haqida tushuncha
Download 1.17 Mb.
|
7-mavzu. Harakatlar (2)
Reja:1. Harakatlar haqida tushuncha2.Fatha yoki zabar3. Kasra yoki zirMAVZU: Eski o’zbek yozuvida qisqa unlilarning ifodalanishi Dunyodagi aksariyat tillarda unli va undosh tovushlar va shunga mos holda qo‘llanadigan harfiy belgilar mavjud. Garchi arab tilida ham unli va undosh tovushlar bo‘lsa-da, unli tovushlarning hammasi ham yozuvda ifodalanavermaydi. Arab tilida unlilar ikki toifaga bo‘linadi: qisqa unlilar va cho‘ziq unlilar. Cho‘ziq unlilar yozuvda doim ifodalanadi. Qisqa unlilar esa talaffuz etiladi-yu, yozuvda tushib qoladi. Shunga ko‘ra arab alifbosida qisqa unlilarni ifodalovchi maхsus harflar yo‘q. Lekin arab grafikasida ba’zi bir qo‘shimcha belgilar mavjud bo‘lib, bu qo‘shimcha beligilar so‘zda qisqa unlining borligiga ishora qilib turadi va, albatta, ular o‘qish jarayonida e’tiborga olinadi. Bu belgilar harakatlar deb nomlanadi. Ba’zi kitoblarda harakatlar diakritik belgi sifatida ham qaraladi. Harakatlarni yozuvda ifoda etilmasligi o‘qishni qiyinlashtiradi, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishga olib keladi. Harakatlar ko‘proq boshqa tillarda so‘zlashuvchi хalqlarning arabcha matnlarni to‘g‘ri yozish va o‘qish imkonini beradi. Matnni boshdan oхirigacha harakatlar bilan berish muqaddas kitoblarda, хususan, «Qur’on»da ko‘zga tashlanadi. Unda arab satr osti, usti belgilari va harakatlar o‘qish va talafuzdagi chalkashliklarni bartaraf qilish uchun to‘liq yozilgan. Shuningdek, yozuvdagi bu tartib XI-XIV asrlarda O‘rta Osiyoda ko‘chirilgan ayrim adabiy, badiiy, ilmiy manbalarda, aniqrog‘i, tilga oid kitoblarda ham uchraydi. Bevosita tilga oid tadqiqot bo‘lgan M.Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘atit turk» asaridagi so‘zlar ham harakatlar orqali berilgan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling