Referat mavzu: "Harakatlar strategiyasi" asosiy yo’nalishlarining mazmun-mohiyati Guruh: mi-103 Bajardi: Ruzimov Mustafo


Download 174.02 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi174.02 Kb.
#235349
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Harakatlar Strategiyasi


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Fan: JISMONIY TARBIYA


REFERAT
Mavzu: “Harakatlar strategiyasi” asosiy yo’nalishlarining mazmun-mohiyati

Guruh: MI-103

Bajardi: Ruzimov Mustafo

Tekshirdi: Ruziyev A.


Toshkent–2021

Reja:

1. O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi haqida umumiy tushuncha

2. Harakatlar strategiyasi maqsad vazifalari va ustuvor yo’nalishlari

3. Strategiya bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar

4. Xulosa



Kirish

Har bir davrning o‘z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va hayotiy tamoyillari bo‘ladi. Har bir zamonning o‘z zayli, qarashlari, munosabatlari, tafakkur tarzi bo‘ladi. Ana shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, 2017 yil O‘zbekistonning tarixiy taraqqiyot va rivojlanishida butunlay yangi bosqichni boshlab berdi. Bu bevosita zamon bilan hamnafas, hozirgi sivilizatsiya talablariga javob beradigan, bugungi kun milliy va dunyoviy ehtiyojlarini nazarda tutgan, jahon davlatchiligi ilg‘or tajribalari bilan milliy xususiyatlarimiz, qadriyatlarimiz, davlatchilik usul va uslublarimiz bilan uyg‘unlashib ketgan, sintezlashgan kuchli va qudratli siyosiy tafakkur bilan bog‘liq.

“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ayni ana shu zamonaviy tafakkurni mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyatni rivojlantirish, boshqaruvni erkinlashtirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish bilan birga xalqaro maydonda O‘zbekistonning o‘z so‘zi, qat’iy xulosasi, umumsayyoraviy masalalarni hal qilishda, ichki va tashqi siyosatda o‘zgarmas, izchil pozytsiyaning mavjudligi bilan alohida ajralib turadi.

O‘zbekistonda mustaqillikka erishgach yangi tarixiy sharoitlarda, yangi davlatchilikka asos solindi. Huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati vujudga keltirildi. Siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohada tub burilishlar yasaldi. Tashqi siyosatda O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli subyektiga aylandi va o‘zining qat’iyatli siyosiy pozitsiyasini namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu Farmon har tomonlama taraqqiyotning muhim asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.


Download 174.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling