Reja: Hashoratlarning tabiiy kushandalari va kasalliklari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.09.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1688386
  1   2   3
Bog'liq
ENTAMALOGIYA





REJA: 
1. Hashoratlarning tabiiy kushandalari va 
kasalliklari. 
2. Mevali Daraxtlarning Kasalliklari Va 
Zararkunandalari. 
3. Zararli hasharotlar bilan kurashish 
usullari. 
4. Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1.Hashoratlarning tabiiy kushandalari va 
kasalliklari. 
Hashoratlarning tabiiy kushandalari va 
kasalliklariga potogen mikroorganizmlar,parazit 
chuvalchanglar,yirtqich va umurtqali hayvonlar 
kiradi.Bularning hammasi zararkuranda 
hashoratlarning ko’payish hamda tarqalishini 
chegaralashda muxim ro’l o’ynaydi,shuning 
uchun insonga katta foyda keltiradi va ularning 
bazilari zararkuranda hashoratlarga qarshi 
biologik kurash choralarida qo’llaniladi.Lekin 
bu organizmlar foydali hashoratlarni 
(asalarilar,tut ipak qurtlarini)yeb yoki 
kasallantirib,insonga sezilarli darajada zarar 
yetkazdilar. 
Patogen mikroorgonizmlar-bularga 
zamburug’lar(530 turi), bakteriyalar(100 dan 
ortiq turi), viruslar(400 dan ortiq turi) va sodda 
hayvonlarning bazi vakillari(1200 turi) kirib, 
hashoratlarda turli kasalliklarni 
tug’diradi.Hozirgi vaqtda entomologiya 
fanining mustaqil qismi hashoratlar patologiyasi 
shu masalalarni chuqur o’rganmoqda. 


Zamburug’ kasalliklari yoki mikozalarni 
fikomitsetlar va takomillashmagan 
zamburug’lar qo’zg’atadi.Uy pashshalarida, 
chigirtkalarda va boshqa to’g’ri qanotlilarda 
zamburug’ sporalari terisi orqali kirib, tezda 
ko’payib, hashoratlarni o’ldiradi.Ayniqsa 
muskardina zamburug’i tut ipak qurtlarda 
uchrab ipakchilikka katta zarar 
yetkazadi.Belgilari unsimon mog’or hosil qiladi. 
Bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar-
hashoratlar o’rtasida keng tarqalgan kasallik 
tipidir. 
Bu kasalliklarni turli xil bakteriyalar,kokklar 
va boshqalar tug’diradi.Bular ovqat bilan birga 
ichakka kirib,hashoratlarni kasallantiradi. 
Belgilari:kasallangan hashoratlar kam harakat 
ishtaxasiz bo’lib,og’iz va orqa chiqarish 
teshigidan ichak suyuqligini ajratadi.O’lgandan 
keyin tanasi qorayib chiriydi va sasiydi.Bularni 
bir necha xil bo’ladi.Agarda bakteriya ichakda 
yoki uning o’simtalarida bo’lsa-dizenteriya 
tipidagi infeksiya,agar tana bo’shlig’idan 
gemolimfaga o’tib bakteriya ko’paysa 
septisemiya tipidagi infeksiya deyiladi.Ipak 
qurtlarida chigirtkasimonlarda-


dizenteriya tipidagi,kolorado qo’ng’izining 
lichinkalarida asalarilarida septisemiya tipidagi 
infeksiya keng tarqalgan. 
Bazi bir bakterial infeksiya hashoratlar uchun 
yuqori potogenligi zararkuranda hashoratlarga 
qarshi mikrobiologik usullarini ishlab chiqishda 
stimul bo’lib hizmat qilmoqda. 
Virusli kasalliklar ham hashoratlar orasida 
keng tarqalgan bo’lib,mikroorganizmlardan 
farqi,suniy muhitda yashay olmaydi,faqat tirik 
hujayralarda,kristal struktura shaklida 
yashaydigan varivajlanadigan 
parazitlardir.Bularga tut ipak qurtlarida sariq 
kasallik tug’diruvchi keng tanilgan,yaltiroq 
kristal tanacha-polietlar virusi misol bo’ladi .Bu 
viruslar boshqa kapalaklar 
turlarida,arrakashlarda va boshqa hashoratlarda 
ham uchrashi aniqlangan.Kasallanish tuxum 
orqali xamda ovqat bilan ichak va gavda 
bo’shlig’i orqali bo’lishi mumkin. 
Sodda hayvonlar tipining,sporalar sinfining 
mikrosporidyalar turkumining vakillari nozema 
sporalilar hashoratlarda,ayniqsa asalari va ipak 


qurtlarida nozema va pebrina kasalliklarini 
tug’diradi. 
Asalari nozema to’zi o’rta ichak epiteliysida 
parazitlik qilib ovqat hazm qilish protssesini 
buzadi va hashoratni o’ldiradi.Bazan butun 
onalarni nobud qilib,asalarichilikka katta zarar 
yetkazadi. 
Tut ipak qurti peprinasi,hashoratning hamma 
rivojlanish davrlarida to’qimalarni 
jarohatlab,hashoratni nobud qiladi.Parazit-ovqat 
bilan birgalikda va tuxumi orqali yuqishi 
mumkin.Natijada ipakchilikka katta zarar 
yetkazadi. 
Mikrosporidiya kasalliklari boshqa tur 
hashoratlarda ham uchraydi. 
Parazit chuvalchanglar-bular ham turlicha 
bo’ladi:bazi bir chuvalchanglar hashoratlarda 
uzoq muddatda yoki doimiy(statsionar)yashab 
parazitlik qiladi,bazilari esa hashoratlarda 
vaqtincha yashab,keyingi rivojlanishi 
uchun boshqa umurtqali hayvonlarga,hatto 
odamga ham o’tadi.Bunda hashoratlar oraliq 
xo’jayin hisoblanadi.Statsionar parazit 
chuvalchanglarga yumaloq chuvalchanglar 


tipining nemotodalar sinfining vakillari kiradi 
va ular hashoratlarning ichaklarida va gavda 
bo’shliqlarida parazitlik qilib yashab,kasalliklar 
tug’diradi.Oraliq xo’jayini bo’lib hisoblangan 
hashoratlar odam va uy hayvonlari uchun xavfli 
dushman bo’lib,parazit chuvalchanglar uchun 
vaqtincha manba ro’lini o’ynaydi. 
Yirtqich va parazit bo’gimoyoqlilar 
hashoratlarning tabiiy kushandalari 
bo’lib,zararkuranda hashoratlar faoliyatida katta 
ro’l o’ynaydi.Umuman hashoratlarning tabiiy 
kushandalari-entomofaglar deyiladi. 
Yirtqich hashoratlardan vizzildoq qo’ng’iz va 
uning lichinkalari,xonqizi va uning 
lichinkalari,zararkunanda kapalak lichinkalar 
o’simlik bitlarini va boshqa hashoratlarni 
qirishda muxim ro’l 
o’ynaydi.Ninachilar,beshiktervatarlar,stafilinid 
qo’ng’izlar,qtir pashshasi, bazi bir 
chumolilar,gabrobrakon,trixogrammalar,oltin 
ko’zlar va boshqa yirtqich hashoratlar foydali 
hashoratlar kompleksini tashkil 
etib,zararkuranda hashoratlarga qarshi biologik 
kurashda foydalaniladi. 


Parazit hashoratlar boshqa hashoratlarning 
kushandasi sifatida muhim ro’l 
o’ynaydi.Bularga yaydoqchilar, holsitsimonlar, 
tahinlar, malhamchilar va boshqalar 
kiradi.Parazitning ho’jayini hashorat parazit 
uchun faqat ovqat manbai bo’libgina qolmay, 
yashash muhiti hamdir. 
Yuqorida ko’rsatilgan hashoratlardan tashqari 
entamofog gruppasig o’rgimchaksimon 
sinfining o’rgimchaklar va kanalar vakillari 
kiradi.O’rgimchaklar hashoratlarning yirtqich 
dushmani sifatida muhim ro’l o’ynashi 
mumkin.Ularning ahamiyati hozircha kam 
o’rganilgan. 
Kanalarning ko’pchiligi lichinkalik davrida 
hashoratlarning paraziti bo’lib, voyaga 
yetganlari esa yirtqich hisoblanadi.Bularga qizil 
tanli kana, qalqonli kana va boshqalar kiradi. 
Hashoratlarning yirtqich umurtqali tabiiy 
kushandalariga baliqlar, amfibiyalar, 
reptiliyalar, qushlar va sutemizuvchilar sinfining 
ko’pchilik vakillari kiradi.Bazi baliqlar suv 
hashoratlarining lichinkalari bilan 
oziqlanadi.Masalan, begak chivinining
 


lichinkalari, pashshachalari bilan gombuziya 
baliqlari oziqlanadi. 
Amfibiyalardan baqalar, sudralib 
yuruvchilardan kaltakesak va boshqa vakillar 
hashoratlar bilan oziqlanib, entomafaglar 
hisoblanadi. 
Qushlar hashoratlarning tabiiy kushandasi 
hisoblanadi(jumladan, chumchuqsimonlar 
turkumidan qaldirg’ochlar, bulbullar, 
jiblajibonlar va boshqalar) 
Lekin qushlar sinfidan hashoratlarning 
kushandalari ham bor.Sutemizuvchilar sinfidan 
hashoratxo’rlar turkumining vakillari, 
ko’rshapalak va boshqalar. 
Yuqorida ko’rib chiqilgan hashoratlarning 
tabiiy kushandalari zararkunanda hashoratlarga 
qarshi biologik kurash negizini yaratib beradi. 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling