Reja: Himoya texnikasi 2 guruhga: maydonda harakat qilish texnikasi to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasiga bo’linadi


Download 23.03 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi23.03 Kb.
#1434713
Bog'liq
20 mustaqil ish


Hujum texnikasi
Reja:

  1. Himoya texnikasi 2 guruhga: maydonda harakat qilish texnikasi to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasiga bo’linadi.

  2. Hujum eng katta vazifa bo’lib raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va savatga to’p otishga individual qarshilikni yengish hisoblanadi

  3. Hujumchilarni «temp bo'yicha» ajratish shartli asosda qabul qilingan.

Jamoaning hamma basketbolchilari himoyada samarali o’ynay olishlari kerak. Buning uchun eng avvalo mavjud himoya texnikasining hamma usulllarini egallash lozim. Himoya texnikasi 2 guruhga: maydonda harakat qilish texnikasi to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasiga bo’linadi. To’pni olib qo’yish. Bu usulni bajarish uchun to’p o’zatayotgan basketbolchlarning harakatlarini diqqat bilan kuzatish, to’pning yo’nalish tomonini oldindan aniqlash va to’g’ri pozisiyani tanlash zarur. Himoyadagi basetblchi to’p uzatish vaqtida uni olib qo’yish maqsadida o’zini to’sib turgan hujumchining oldindan to’pga qarshi chiqishi uchun turgan joyidan keskin qo’zg’alishi lozim. Bunda oxirgi qadamning katta qo’yilishi, gavda va qo’llar to’ga qaratilgan bo’lishi kerak.


Jamoadagilar basketbol musobaqalarining turlariga qarab bir qator uchrashuvlar o’tkazadilar. Bu uchrashuvlarning natijasida qarab jamoa-larning musobaqada egallagan o’rinlari aniqlandi.
Sport kurashining qonuniyatlari o’rganish musobaqalarning mashtablariga qarab strategiya va taktikaga bo’linadi.
Strategiya taktika bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. U sport kurashining piravod maqsadini unega erishish uchun lozim bo’lgan vositalarni aniqlaydi.
Taktika strategiyaning bir qismi hisoblanadi. U strategiyaga bo’y so’nadi va unga xizmat qiladi.
Taktika – basketbol nazariyasi va praktikasida o’yin jarayonining rivojlanish qonuniyatlarini sport kurashining olib borilish vositalarini usullar va formalarini hamda muayyan raqibga qarshi qo’llashni o’rganadigan bo’limdir.
Basketbol taktikasi o’yinni olib borishda qo’llaniladigan juda ko’p vositalarga usullarga va sitemalarga boydir. Jamoalar hujumini yoki himoyani individual guruh va jamoa taktik harakatlari yordamida uyushtiriladi. Oldingi liniya basketbolchilar (markaz) o’yinchi va hujumchilar asosan shitga nisbatan yaqin
va o’rta pazitsiyalardan hujum tashkil qilib va uni yakunlab hamda shu pazitsiyalarning o’zida raqibga qarshilik ko’rsatib harakat qiladilar.
Basketbolchilar maydonda har bir hujum va himoya sistemasiga xos joylashadilar va maxsus harakat qiladilar. Sistemalarning ichidan asosiy prinsiplari saqlab qolgan ayrim variantlari ajratiladi. Bular individual va guruhli harakatlar farqlanadi.Zamonaviy basketbolda ko’proq o’yinning faol formalari qo’llaniladi. Hujum va himoyada qo’llaniladigan taktik harakatlarda qarama-qarshi vazifaarni yechish uchun qo’llaniladi. SHuning uchun taktika 2 katta bo’limga hujum taktikasi va himoya taktikasiga ajratiladi.
Hujum eng katta vazifa bo’lib raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va savatga to’p otishga individual qarshilikni yengish hisoblanadi. Zamonaviy basketbol hujumining tez-tez va qisqa vaqt davomida uyushtirilishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda himoyadan hujumga o’tish tezligi taktik kombinatsiyalarni bajarish tezkorligi va aniqligi oshdi. Buning natijasida texnik priyomlarini bajarish vaqti qisqardi.
Har bir basketbolchi jamoda bajaradigan vazifasida kat’iy nazar hujumda katta faollik kursatishi lozim. Buning uchun bu hujum usullarini puxta va malakali egallagan bo’lishi o’yin sharoitini diqqat bilan kuzatishi kontrekt vaziyatga eng mos pozitsiya va harakatlarni tez hamda to’g’ri tanlay olishi kerak.
Hujumchining individual taktik harakatdari ikki vaziyatni xal kiladi. O’z harakatlarini bajarish uchun ma’lum sharoitlar yaratish va konkret vaziyatga qarab texnik priyomlarni samarali ko’llash. Bu vazifadarni bajarish uchun basketbolchilar to’psiz va to’p bilan harakat qiladilar.

Xujum qilayotgan jamoa harakatlarning muvoifiqqiyatli amalga oshirish ko’pincha basketbolchilarning o’zaro kelishib harakat qilishlariga bog’liq. Ikki yoki uch basketbolchi uzaro harakatlarning har xil variantlari (butun maydon bo’ylab yoki uning bir qismida bajarilishiga qarab) hujumda eng ko’p uchraydigan guruhli harakatlardan bo’lib hisoblanadi. Hujumchilarning soni ko’p


bo’lgan paytlarda himoyachilarini chalg’itish uchun kupgina maydonda to’g’ri joylashish to’p bilan va to’psiz to’g’ri chiziq bo’lib harakat qilish to’pni ochiq turgan basketbolchilarga uzatishlar qo’llaniladi.
Ikki basketbolchining eng oddiy o’zaro harakatlariga yaqinroq joylashgan sherigiga to’r uzatish, oldingga chiqish va shitdan ikkinchi shitga qarab harakat qilayotganda yoki maydonning ma’lum qismida to’pni ko’tarib olish, uzatish va chiqish, to’pni qo’lga olib yurmasdan, yerga urib va qolgan uzatib harakat qilishlariga kiradi.
Hujumda jamoa harakatlari har bir xarakteri ikki o’yin sistenmasi orqali amalga oshiriladi. Ikkala sistemani mukammal egallash va ularni jamoa sostaviga, konkret musobaqa sharoitlariga va raqib o’yinchidar xususiyatlariga qarab qo’llash jamoaning mahoratin6i belgilaydi.
Voleybolda o'yin taktikasi deb muayyan jamoaning ikkinchi bir jamoa ustidan yakka, guruh va jamoa harakatlari yordamida g'alabaga erishish san'atiga aytiladi.
Taktikaning asosiy vazifasi muayyan raqib jamoaga nisbatan mavjud vaziyatga qarab g'alaba sari qo'llaniladigan o'yin vositalari, usullari va shakllarini aniqlab, qo'llay olishdan iborat.
Taktik kombinatsiya - bu bir o'yinchiga hujum qilishi uchun qulay sharoit yaratib berishga qaratilgan bir necha o'yinchining harakat faoliyatidir.
O'yin intizomi - har bir o'yinchi faoliyatining jamoa faoliyatiga bo'ysunishi, bo'lajak o'yinda rejalashtirilgan taktik ko'rsatmalarni amalga oshirish, o'yin qoidalari va umuminsoniy xislatlarga amal qilish va hokazo.
O'yin taktikasida quyidagi tushunchalar qo'llaniladi:

Birinchi temp atamasi hujum kombinatsiyasini birinchi bo'lib boshlaydigan o'yinchiga tegishli bo'lib, u deyarli «past» va tez uzatiladigan to'p bilan hujum uyushtiradi. sini oshirish imkoniyati kengayadi. Bog'lovchi o'yinchi orqada joylashgan 1,5,6-zonalardan to'r oldiga chiqib, turli hujum kombinatsi-yalarini tashkil qilish chizmasi.


Birinchi to'pni uzatishdan so'ng hujum qilish yoki aldab to'p tashlash (otkidka) hujum harakatlarini samarali hal qilishga imkon bersa-da, ammo bu usullarni bajarish uchun zarur sharoit (uzatilgan to'pning juda qulay bo'lishi) va hujumchidan katta malaka talab etiladi. Aldab to'p tashlaganda, hujumchi yoki bog'lovchi o'yinchi (oldingi zonada joylashgan vaqtdagina) sakrab hujum zarbasini bajarayotganday (imitatsiya) bo'lib, aldamchi harakatni amalga oshiradi.


Guruhli taktik harakat deganda ikki yoki undan ortiq o'yinchilarning hujum vazifasini hal qilishi tushuniladi. Guruhli taktik harakatlar quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Bog'lovchi o'yinchi oldingi qatorda bo'lganda, uning ishtirokida
hujum uyushtirish;
2. Xuddi shunday, faqat bog'lovchi o'yinchi orqa qatorda
joylashganda;

  1. To'pni qabul qilish va hujumchi tomonidan ikkinchi to'pning zarba beruvchi hujumchiga yetkazib berilishi;

  2. Hujumchining hujum zarbasiga taqlid qilish bilan aldamchi to'p tashlashni amalga oshirishi.

Har bir guruhli harakat oldindan kelishilgan va o'rgatilgan taktik kombinatsiyalar orqali bajariladi. Hujumchilar hujum harakatlarini amalga oshirishda quyidagi tartibda harakatlanadilar:
Hujumchilarni «temp bo'yicha» ajratish shartli asosda qabul qilingan, shuning uchun hujumchilardan barcha hujum usullarini va taktik kombinatsiyalami amalga oshirish talab etiladi.
Bog'lovchi o'yinchi o'yinning borishini to'g'ri baholay olishi va turlicha bo'lgan o'yin vaziyatlaridan hujumni samarali tashkil eta olishi lozim. Shu sababli bu funksiyani bajarishga o'yinni nozik jihatlarigacha tushunadigan, jamoaning fikrini tezda anglab, o'yin mohiyatiga mos kombinatsiyalami tashkil eta oladigan, keng fikrli, vazmin o'yinchilar tanlanadi.
Hujum zarbasi – jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul
hisoblanadi. Bu harakatlar tо‘rning yuqori qirg‘og‘idan balandda amalga oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining samarasi ham juda pastdir.
Hujum zarbalari yо‘nalishiga kо‘ra quyidagicha farqlanadi: tо‘g‘ri yо‘nalish
bо‘yicha (bunda zarba berilgan tо‘p yо‘nalishi hujumchining yugurib kelish
yо‘nalishiga mos tushadi) va yо‘nalishni о‘zgartirib (bunda zarba berilgan tо‘p
yо‘nalishi hujumning yugurib kelish yо‘nalishiga mos tushmaydi).

Jismoniy tayyorgarlik – tayyorgarlik turlarining biri bо‘lib, voleybolchining


organizmini rivojlantirish, uning jismoniy sifat va qobiliyatlarini takomillashtirishga hamda о‘yin faoliyatini samarali amalga oshirishni ta’minovchi mustahkam poydevor
yaratishga qaratilgandir.Zamonaviy voleybol shugullanuvchilardan nixoyatda katta kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlarini talab qiluvchi sport о‘yinlari turiga mansubdir. О‘yinning mohiyati о‘yinchi harakatining turli yо‘nalish va о‘zgaruvchan vaziyatda о‘ta tezkor, aniq hamda qisqa vaqt ichida о‘yin davomida kо‘pdan - kо‘p tо‘siq qо‘yish, zarba berish va tо‘p kiritishdagi sakrashlari, yiqilishlari, yugurish, tо‘xtash, burilish,egilish va boshqa xarakatlarni yuqori tezlikda ijro etishi katta jismoniy kuch, о‘ta chaqqonlik, mustahkam chidamkorlik, va ruhiy uyg‘unlikni talab qiladi. Binobarin, ushbu yuklama (nagruzka) ta’siri shug‘ullanuvchi organizmining funksional jihatdan mukammal shakllangan bо‘lishini taqozo etadi.17 Bugungi voleybolchi bо‘yi jihatdan 185-195 sm xarakatchan, tezkor, sakrovchan, ziyrak, zukko, tez fikrlovchi, о‘tkir zexnli, maydonda rо‘y beradigan vaziyatni tez fahmlab «foydali» javob qaytara oladigan kо‘rsatkichga ega bо‘lishi
kerak. Sportchilarning yoshiga tayyorgarligiga malakasiga hamda sport trenirovkasi davriga va vazifalariga qarab jismoniy tayyorgarlikni mazmuni xajmi va shiddatiturlicha bо‘ladi.Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni.
Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari qо‘yidagilardan iborat:
1.Sog‘likni mustahkamlash
2. Hayotiy zarur xarakat malakalarini takomillashtirish (yurish, chopish, sakrash va (x.k)
3. Harakat sifatlarini rivojlantirish
4. Harakat malakalari xajmini oshirish va ularning ijro etish doirasini kengaytirish.
Download 23.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling