Reja: Hozirgi jamiyatda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash tarbiya maqsadi sifatida


Download 174.5 Kb.
bet11/12
Sana19.04.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1361849
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1- kurs A9 guruh talabasi Janiyeva Fotimaning 54 (3)

Pedagogic masala:
1. 5 sinfning yangi sinf rahbari ishni o’quvchilar jamoasini o’rganishdan boshladi. Kuzatishlardan, suxbatlardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, tortinchoq kamtarin Dilshod o’quvchilar o’rtasida hammadan ko’proq hurmatga ega ekan, Farxod juda xam faol, xushchaqchaq ekan. Dilshod sinf sardori, Farxod esa zveno boshlig`i qilib tayinlandi.
1. Dilshod sinf sardori qilib noto’g`ri saylangan, Dilshod bilan Farxodni almashtirish kerak degan xulosaga kelish mumkinmi?
2. Bunday vaziyatda sinf raxbari o’zini qanday tutishi kerak?
3. Sinf faollarini tez-tez almashtirish mumkinmi? Bu sinf jamoasiga qanday ta’sir qilish mumkin?
2. Farosat uchun maosh
Bir savdogarning ikki mirzasi bor ekan. Savdo-tijorat ishlarida barcha yumushlarni har ikkalasi ham birdek bajarishar, savdogarga sidqidildan xizmat qilisharkan. Lekin maosh masalasida anchagina farq bo'lib, biri ko'p, biri esa ozroq haq olar ekan. Bu ahvol anchagina davom etibdi. Maoshi oz mirza ancha vaqt xojasining og'zini poylab yuraveribdi. Biroq savdogar bu haqda hech ham gap ochmas, har kuni odatdagi o'z ishlari bilan mashg'ul bo'lar ekan.
Sabr kosasi to'lgan mirza bir kun payt topib yuragidagi dardini xojasiga to'kib solibdi.
Mana qanchadan beri indamay hamma ishlaringizni qilib kelyapman. Ishyoqmaslik qilib, biror vazifadan bo'yin tovlagan yerim yo'q. Anavi mirza bilan bajaradigan ishimizda shuncha kuzatib biror farqni anglay olmadim. Lekin maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim etmayotir, - debdi.
Xoja mirzaning so`zini eshitib miyig`da kulibdida, uning da`vosi to`g`ri ekanligini tan olibdi va bu haqda keyinroq gaplashajagini aytib, hozir zarur bir yumushni ado etib kelishini buyuribdi.
- Bosh ustiga! - debdi mirza tavoze bilan o'rnidan turarkan.
- Bo'lmasa eshiting - debdi xoja. - Karvonsaroyga Bog'doddan savdogarlar tushishibdi. Borib ulardan so'rangchi, bisotlarida baxmal matosi bormikan?
Mirza ko'ksiga kaftini qo'yib: «Xo'p bo'ladi», debdi va xojasi huzuridan chiqibdi. Hech qancha vaqt o'tmay, u karvonsaroyga borib kelibdi.
- Taqsir, bog'dodlik savdogarlarda baxmal mato bor ekan! -debdi.
- Rangi qanaqa ekan bilmadingizmi? - debdi xoja.
- Yo'q! Rangini so'ramabman.
- Rangini bilib keling! - deb buyuribdi xoja mirzaga.
Mirza yana karvonsaroyga qarab ketibdi va fursat o'tib yana xojasi yoniga kirib kelibdi.
- Bildim, taqsir! Rangini so'rab bildim! Pistamagiz ekan, baxmal rangi!
- Yaxshi, - debdi xoja.
- Baxmalning gazini necha so'mdan sotarkanlar Bog'dodlik birodarlar?
Tili lol mirza baxmal narxini bilib kelish uchun yana karvon­saroyga zing`lllabdi va u erdan.baxmal narxini ham aniqlab kelibdi. Lekin xojasi tushmagur mirzaga yana: «Hammasi bo'lib qancha baxmallari bor ekan, bilmadingizmi?» - degan savolni ko'ndalang qilib, uni mulzam etibdi. Mirza baxmalning qancha ekanligini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga junayotgan ekan, xoja uni to'xtatibdi.
- To'xtang, - debdi va ikkinchi mirzani chaqirtirib, birinchi mirzaga aytgan dastlabki topshiriqni aytibdi. Ikkinchi mirza ham karvonsaroyga qarab ketibdi va bir fursat o'tgach, xoja va birinchi mirza o'tirgan yerga kirib kelibdi.
- To'g'ri taqsir! Karvonsaroyga Bog'doddan savdogarlar kelishibdi. Bisotlarida baxmal matolari ham bisyor emish, - debdi.
- Rangi qanday ekan uning?
- Rangi pistamag`lz, sifati ham soz!
- Har gazini qanchadan deyishmoqda?
Ikkinchi mirza baxmal narxini ham aniq aytib beribdi. U xoja-sining «Hammasi bo'lib qancha baxmallari bor ekan?» degan savoliga ham aniq javob qilibdi.
Shu payldan xoja ikkinchi mirzaning xizmati uchun unga minnatdorchilik aytib, javob beribdi va birinchi mirzaga yuzlanibdi:
- Mirzam, endi tushungandirsiz, maoshingidagi farq sababini? Maosh belgilashda xodim farosati xam e'tiborda tutilur. Kishi farosatining maoshi bebahodir! - debdi.
Savol: 1) Mazkur hikoyat nima uchun shunday nomlangan? Fikringizni izohlab bering. 2) Mustaqil fikrlovchi inson bo'lib shakllanishda farosatning o'rni qanday? Sizning fikringizcha, xalq manfaatini ko'zlashda, vatan ravnaqini yuksaltirishda mustaqH fikrlash ko'nikmalari zarurmi? Javobingizni asoslab bering.

Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling