Reja: Hududiy ob’ektlar turlari


-rasm. Vektorli tasvirlash usuli


Download 0.67 Mb.
bet4/6
Sana11.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1698129
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tizim modelini yaratish

38-rasm. Vektorli tasvirlash usuli


0011
0010
0100
1000
00000000000011000000
00000000000011000000 va h.k.
Vektorli kodlash usulida tasvirni hosil qiluvchi geometrik shakllar, egrilar va to‘g‘ri chiziqlar kompyuter xotirasiga matematik formulalar, aylana, kvadrat, ellips kabi geometrik shakllarda saqlanadi. Masalan, aylanani kodlash uchun uni qismlarga bo‘lish shart emas, faqat uning radiusini, markazi koordinatasini va rangini kodlash zarur; to‘g‘ri burchak uchun uning boshlang‘ich nuqtalari, tomonlari uzunligi va rangini bilish talab qilinadi va h.k. Matematik formulalar bilan hoxlagan shaklni ifodalash mumkin, bundan tashqari, ularni taxrir qilsa ham bo‘ladi. Bunday shakllar kartaga olish ob’ektlarini tashkil etadi va ko‘rinishi jihatidan juda murakkab bo‘lishi mumkin.
Har bir ob’ektning o‘lchami, egriligi, joydagi o‘rni sonli koeffitsientlar kabi ko‘rinishda xotirada saqlanadi. Natijada vektorli tasvirni oddiy matematik yo‘llar bilan yozib, biror bir koeffitsientga ko‘paytirib yoki bo‘lib o‘zgartirsa bo‘ladi. Vektorli tasvirlar masshtabining o‘zgarishi tasvir sifatiga ta’sir etmaydi. Vektorli tasvirning eng muhim xususiyati – bu grafikli fayllarning o‘lchami rastrli fayllarga qaraganda xotiradan ancha kam joyni egallashidir.
Buni quyidagi 38-rasmdan ko‘rish mumkin. Vektorli tasvirlashda to‘g‘ri chiziqni ifodalash uchun uning bosh va oxirgi nuqtalari koordinatalari (X, U) berilsa chiziq paydo bo‘ladi. Lekin rastrli tasvirlash uchun ikkilangan kodning qiymati quyidagiga teng bo‘ladi.
Agar piksel o‘lchami ancha kichik tanlangan bo‘lsa, unda bu rasmlar xotirada egallagan joy shuncha kattalashadi: matritsaning 1-chi qatori matritsaning 2-chi qatori va h.k.
Vektorli tasvirning ham kamchiliklari bor. Birinchidan, tasvir shartli ravishda hosil qilinadi. Tasvir egrilardan tashkil topganligi sababli, ular formulalar bilan ifodalanadi, bu esa real borliq tasvirini olishni ancha qiyinlashtiradi. Tasvirni yanada aniq va o‘xshash hosil qilish uchun ko‘plab chizma elementlar kerak bo‘ladi, shu sababli vektorli tasvirlash aerosuratlarni kodlashda ishlatilmaydi.
SHuni ta’kidlash joizki, GISda vektorli tasvirlash ma’lumotlarni taxlil qilish, qayta ishlash, yangilash va boshqalarda ishlatiladi. Rastrli tasvir esa – grafikli ma’lumotni rasm sifatida ko‘rishda, uning yordamida raqamlash ishlarini olib borishda, karta tuzishda ishlatiladi. Demak, vektorli tasvir biror-bir ob’ektning qaerda joylashganini ko‘rsatsa, rastrli modul – xududning biror bir nuqtasida nima joylashganini tasvirlaydi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling