Reja: Hujayra biofizikasi
Download 22.57 Kb.
|
Fizika mustaqil ish 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Hujayra biofizikasi . 2.Membrananing suyuq kristall holati. 3.Qo’zg’algan membrananing ekvivalent elektrik sxemasi.
- Suyuq kristallar
- Nerv impulsi
Farmatsevtika Ta’lim va Tadqiqot Instituti Fizika Mustaqil ish Mavzu:Hujayra biofizikasi.Membrananing suyuq kristall holati.Qo’zg’algan membrananing ekvivalent sxemasi.Nerv impulsining tarqalishi.Ko’rish biofizikasi Reja: 1.Hujayra biofizikasi . 2.Membrananing suyuq kristall holati. 3.Qo’zg’algan membrananing ekvivalent elektrik sxemasi. 4.Nerv impulsining tarqalishi. Hujayra (lotincha: cellula — „katakcha“) barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidirlar (masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani ilk marta Robert Xuk 1665-yilda kashf qilgan.[1][2] Hujayra alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi. Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalgr. Ayrim manbalarda hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik hujayrada boʻladigan membrana strukturalari — mikronaychalar, mikrofibrillalar hujayra shaklining; hujayra kiritmalari hujayra tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi. Suyuq kristallar, suyuq kristall holat, mezomorf holat — moddalarning suyuqlik (oquvchanlik) xossalari hamda qattiq kristallarning baʼzi xossalari (anizotropiya) ga ega boʻlgan oraliq holati. Suyuq kristallar hosil qilgan moddalarning molekulalari tayoqcha yoki choʻziq plastinkasimon shaklda boʻladi. Termotrop va liotrop xillarga boʻlinadi. Termotrop Suyuq kristallar — maʼlum temperatura oraligʻida mezomorf holatda, undan past trada qattiq kristall, yuqori trada esa oddiy suyuklik holatida boʻladi. Mac, iazoksianizol 118,27° da anizotrop boʻlib, suyuq kristallar hosil qiladi. 135,85° da esa u izotroplikni namoyon qilib, oddiy suyuqlikka aylanadi. Baʼzi moddalarning maxsus erituvchilardagi eritmasi liotrop Suyuq kristallar deyiladi. Suyuq kristallar molekulalarining tartiblanish darajasiga koʻra nematik ("azoksionizol, sintetik polipeptid eritmalari) va smektik (sovunning suvdagi eritmasi) Suyuq kristallar ga boʻlinadi. Nematik va smektik Suyuq kristallarning tashki koʻrinishini polyarizatsion mikroskop yordamida osongina ajratish mumkin. Nematik Suyuq kristallar ipsimon, smektik Suyuq kristallar konussimon, tayoqchasimon va bosqichli tuzil gan. Membrana (lot. membrana — qobiq, parda) — 1)texnikada — berk kontur (perimetr) boʻylab mahkamlangan yupqa yumshoq egiluvchan plastinka. Turlicha bosimli ikki boʻshliqni yoki ayrim boʻshliq (hajm)ni umumiy boʻshliq (hajm) dan ajratish, shuningdek, bosim oʻzgarishlarini chiziqli siljishlarga va, aksincha, aylantirish uchun moʻljallanadi. Metall (mas, folga, elinvar) va metallmas (rezina, mato va boshqalar) xillari bor. M. elektr yoki mexanik tebranishlarni tovush tebranishlariga va, aksincha, aylantirib beruvchi apparatlarning tarkibiy qismi. U manometrlarsa sezgir element, nasos larda zichlash qurilmasi sifatida, mikrofon, telefon va boshqa asboblarda ham qoʻllanadi; 2) elastiklik nazariyasida — kontur boʻylab mahkamlangan egiluvchan yupqa plastinka. Egilishga bikrligi nolga teng deb olinadi. Osma tizimlarda koʻtaruvchi element sifatida foydalaniladi. Mas, undan binoning osma yopmasi sifatida foydalanish mumkin. M. choʻzilmaydi deb qabul qilinadi, egilishi esa konturning qandayligiga qarab hisobga olinadi.[1] Nerv impulsi - nerv tolalari boʻylab tarqaladigan qoʻzgʻalish toʻlqinlari. Nerv hujayralari (neyronlar) qoʻzgʻalganda paydo boʻladi. Signallarni sezuvchi periferik nerv uchlari (re-septorlari)dan markaziy nerv sistemasiga va undan ijrochi aʼzolar (mus-kullar va bezlar)ga oʻtkazib beradi. Nerv impulsi asosida elektr kimyoviy reaksiyalar yotadi. Impuls oʻtkazish tezligi 0,5 dan 120 m/sek. gacha. Nerv impulsi neyrondan neyronga sinapslar orqali oʻtadi.[1] Download 22.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling