Reja: Huquq shakli (manbai) tushunchasining mazmuni


Normativ-huquqiy xujjatlarning turlari


Download 140.5 Kb.
bet4/9
Sana23.12.2022
Hajmi140.5 Kb.
#1046067
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUQUQ SHAKLLARI (MANBALARI) TUSHUNCHASI VA TURLARI

Normativ-huquqiy xujjatlarning turlari

Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari davlatning qaysi organ-lari tomonidan qabul qilinganligiga hamda ularning yuridik kuchi katta yoki kichikligiga qarab farqlanadi. Ushbu belgilarga asosan, normativ-huquq hujjatlarni quyidagi turlarga bо`lish mumkin:


1. Qonun – umumxalq ovoz berishi (referendumi) orqali yoki mamla-katning oliy vakillik organi (Oliy Majlis) tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat.
Qonunlar orasida Konstitusiya – О`zbekistoning Asosiy qonuni – alohida mavqega ega bо`lib, oliy yuridik kuchga egadir. Konstitusiya va konstitusiyaviy qonunlarni faqat Oliy Majlis qabul qilishi mumkin, chunki ularda konstitusiyaviy tuzum asoslari, insonlar va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda Konstitusiyaga о`zgartishlar kiritish tartib-qoidalari belgilab qо`yiladi.
Konstitusiyaviy qonunlar alohida tartibda qabul qilinadi.
2. О`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni О`zbekis-ton Respublikasi Konstitusiyasi 94-moddasiga asosan Prezident to-monidan chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatdir. Ushbu hujjat Konstitusiya va qonunlarga hamda О`zbekistonning xalqaro shartno-malariga zid kelmasligi kerak.
3. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari О`zbe-kiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat organining о`z vakolati doirasida chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlaridir. Ushbu hujjatlar Konstitusiya asosida qabul qilinib, О`zbekiston qonunlari va Prezidentning normativ farmonlarini amalga oshirishga qaratilgan.
4. О`zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qо`mitalari va idoralarining buyruq va yо`riqnomalari davlat boshqaruvi organlari-ning normativ-huquqiy hujjatlaridir. Ular Konstitusiyamiz asosida qabul qilinib, О`zbekiston qonunlari, Prezidentning farmonlari hamda hukumat qarorlarini bajarishga qaratilgan.
5. Qoraqalpog`iston Respublikasining normativ-huquqiy hujjat-lari.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling