Reja: I bob: Asosiy miqdorlar va ularni o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi haqida qisqacha ma`lumot
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi
Download 128.31 Kb.
|
Asosiy miqdorlar ustida ishlash metodikasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Kichik guruhlarda ishlash
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi.
1 asr 1 yil 1oy 1 kun 1 soat 1min. 100 yil 12oy 30yoki 31 24 60 min 60 sek Mavjud dastur bo‘yicha vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi tshlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.2-sinfda “Vaqt o‘lchovlari” mavzusini o‘rgatishda bolalar vaqt o‘lchovining asosiy birliklari haqida konkret tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Bular yil, hafta, sutka, soat, minut.Ma’lumki, vaqt o‘lchovlari, o‘lchovlarning metrik tizimidan farqli o‘laroq bevosita o‘lchash imkoniyatini bermaydi. Bu xol turli ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish kerakligini ko‘rsatadi. 1. Tabel-kalendar. Joriy yil uchun bunday tabel-kalendarni o‘quvchilarning o‘zlari o‘qituvchi raxbarligida mehnat darslarida tayyorlaydilar. 2. Soatlarning namoyish modellari. 3. Maktab o‘quvchisining kundalik rejimli jadvallari. Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga tanish bo‘laklari bo‘lgan ertalab, kunduzi, kechqurun, tun tushunchalari orqali kiritiladi. O‘quvchilarga kalendardagi chislolar sutkalarni ifodalashni, sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishini tushuntirish kerak. Shundan keyin soat va minut qaraladi. Soat va minut bilan tanishtirishga bag‘ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o‘lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka 24 soatdan, 1 soat 60- minutdan iborat. 2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi. 3-sinfda esa sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. 2.3. Kichik guruhlarda ishlash Kichik guruhlarda ishlash o’quvchilarning darsda faolligini ta’minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, birbiridan auditoriyada o’rganishga imkoni tug’ildi, boshqalar fikrini qadrlashga o’rgatadi. Qo’llanish usuli. 1. Faoliyatni tanlash. Mavzuga oid muammo shunday tanlanadiki, natijada talabalar uni o’rganish (bajarish) uchun ijodiy faoliyat ko’rsatishlari zarur bo’ladi va vazifalar belgilab olinadi. 2.Zaruriy asos yaratish. Talabalar kichik guruh ishida qatnashishlari uchun tanlangan faoliyat bo’yicha ba’zi bilim, ko’nikma va malakalarni oldin -dan egallagan bo’lishlari kerak. 3. Guruhni shakllantirish. Odatda xar bir guruhda 3 o’quvchi bo’ladi (ehtimol, kam yoki ko’p bo’lishi mumkin). Agar guruhda ishlash u yoki bu yozma xujjat tayyorlashni talab etsa, yaxshisi 23 kishili guruh tuzilgani ma’qul. Guruh o’lchovi masalaning muhimligi, auditoriyadagi talabalar soni, o’quvchilarning bir-biri bilan konstruktiv holatda o’zaro harakatiga bog’liq holda o’zgaradi. Eng yaxshisi, “getrogen” guruh tashkil etishidir (jinsi, o’zlashtirish darajasi va boshqa belgilar asosida). Guruhda ishlash o’quvchilar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlashga tayanadi (misol uchun, bir talaba munozarani boshqaradi, ikkinchisi yozib boradi, uchinchisi spiker (sardor) rolini o’taydi va hokazo). Auditoriya-ni guruhlarga ajratish, hoxish bo’yicha yoki hisob bo’yicha amalga oshiriladi. 4. Aniq yo’l yo’riqlar ko’rsatish. O’quvchilarga faoliyatni bajarish bo’yicha aniq va xajm jixatdan ko’p bo’lmagan tushuntirish beriladi. O’qituvchi guruhlarining ishlash tezligi turlicha bo’lishini inobatga olgan holda vaqt chegarasini aytadi. Guruhlar kerakli materiallar va axborotlar bilan ta’minlanadi. Talabalar guruhda ishni boshlashlari uchun vazifalarini aniq tushunib etganligi tekshirib ko’riladi. 5. Qo’llab quvvatlash va yo’naltirish. o’qituvchi zarurat tug’ilsa guruhlar yoniga navbatmanavbat kelib to’g’ri yo’nalishda ishlayotganligini qayd etadi yoki ularga yordam beradi, guruhlarga ta’zyiq o’tkazilmaydi. 6. Muhokama qilish va baholash. Guruhlarda ish yakunlangach, ular natijalari bo’yicha axborot beradilar. Buning uchun xar bir guruh o’z sardorini belgilaydi. Zarurat tug’ilsa, faoliyat natijalari bo’yicha bildirilgan fikrlar o’qituvchi tomonidan yozilib boriladi. Muhimi, guruhning echimining asoslanishini aniqlashtirib olishdi. Agar vaqt etarlicha bo’lsa, u yoki bu fikrni argumentlashda guruhlar birbiriga savol ham berishlari mumkin. Kichik guruhlarda ishlash natijalari o’qituvchi tomonidan baholanadi. Bunda faoliyatnito’g’ri va aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi. Ushbu metod qo’llanilganda talaba kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo’lishga, birbiridan o’rganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo’ladi. Kichik guruhlarda ishlash metodi qo’llanilganda o’qituvchi boshqa noan’anaviy metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki o’qituvchi bir vaqtning o’zida barch talabalarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi: - o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi; - muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib keladi; - vaqtni tejash imkoniyati mavjud; - barcha talabalar jalb etiladi; - o’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi. «Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari: - kuchsiz talabalar bo’lganligi sababli kuchli talabalarning ham past baho olish ehtimoli bor; - barcha talabalarni nazorat qilish imkoniyati past bo’ladi; - guruhlararo o’zaro salbiy raqobatlar paydo bo’lib qolishi mumkin Xulosa: O’quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o’rgatish 3-4-sinf matematikasining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda amallar soniga nisbatan cheklanmaydi, ya'ni o’quvchi nafaqat ikkita, balki uchta va to’rtta ko'paytmalarning yig’indisini topish talab etilgan, hayotiy masalalarni yecha olishi kerak.Tarkibli masalalarda sodda masalalarning barcha turdagi ko’rinishlari uchrashi mumkin. Tadqiqotimizda berilganlar bilan izlanayotganlar orasida bog’lanish o’rnata olish ko’nikmasiga nisbatan talabni ko’proq qo’yuvchi bir qator yangi masalalar berish nazarda tutilgan. Bu masalalarni o’rganish uchun alohida dars qo'shimcha dars soatlari shart emas. Bunda o’qituvchi dastlab masala haqida tushuntirishlar olib boradi, so’ngra o’quvchilar o'zlari mustaqil ishlashlari uchun metodik tavsiyalar taklif qilishi mumkin.Murakkab masala yechishda asosiy bosqichlarni quyidagicha belgilash mumkin: 1. masalani o'qish; 2. ma'lum va noma'lumlarni aniqlash; 3. qisqa yozuv yoziladi; 4. yechish rejasi tuziladi; 5. yechish bajariladi; 6. javob aniqlanadi: 7. javob tekshiriladi. Masala yechishda materiallar asosan tevarak-atrofdan olinishi maqsadga muvofiq. Bizning tadqiqotimiz obyekti hisoblangan vaqtga doir, geometrik va idrok qiluvchi masalalar o’quvchilarni masala yechish bilan birga matematikani yaxshi o’zlashtirishiga ham xizmat qiladi. “3-sinfda murakkab masalalar ustida ishlash” mavzusi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlardan quyidagi xulosalarga keldik: boshlang’ich matematika kursida matnli masalalar, xususan, murakkab masalalar yechish alohida o’rin egallaydi. o’quvchilarni baho, miqdor va qiymat, vaqt, tezlik, masofa orasidagi va boshqa miqdorlar orasidagi mavjud bog’lanishlar bilan tanishtirishda murakkab masalalarning ahamiyati katta; o’quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o’rgatishning ahmaiyati ular ustida ish olib borish usullariga bog’liq; masalalar ustida ishlash jarayonida uni turli usulda yechish malakasini shakllantirib borish g’oyat muhim; murakkab masalalar yechishda mulohaza yuritishning analitik va sintetik usulidan foydalanish o’quvchilarni ancha jiddiy fikrlashga o’rgatadi; fikrlashning sintetik usulida o’quvchi masaladagi son ma’lumotlaridan boshlab, izlanayotgan ma’lumotga qarab tahlil etishni o’rganadi; masalada izlanayotgan miqdordan ma’lum miqdorlarga qarab tahlil etish orqali analitik usulda yechish malakasi shakllanadi; masalalar yechishda muammoli vaziyatni hosil qilish o’quvchining idrokini, fikrlashini o’stiradi; geometrik mazmundagi masalalar ustida ish olib borishda o’quvchilarning geometrik tasavvurlarini o’stirishga, geometrik figuralar ustida ko’proq amaliy ishlar olib borish lozim; o’qituvchi masala yechishning u yoki bu usulini qo’llaganda didaktika tamoyillarini hisobga olishi lozim. Download 128.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling