Reja: I bob o’zbekistonda eksportchi korxonalarning davlat tomonida qo’llab quvvatlanishi
II BOB O’zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarida mulkchilik sinfining shakllanishi
Download 394.4 Kb.
|
Mavzu (2)
II BOB O’zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarida mulkchilik sinfining shakllanishi.
2.1 O zbekistonda mulkdorlar sinfining shakllanishi. Xususiylashtirishning amalga oshirilishi, mulkdorlar sinfining shakllantirilishi Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, xususiylashtirish bu - iqtisodiy islohotlaming tamal toshidir. Boshqa yosh mustaqil davlatlardan farqli o‘laroq O’zbekistonda o‘tish davrida xususiylashtirishni vau- chersiz amalga oshirishga qaror qilindi. Xususiylashtirish jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun 1992-yil fevralida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda uning vazifalari o‘zgartirilib, u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash Davlat Qo‘mitasi deb atala boshlandi. Ushbu Davlat Qo‘mitasi maqomining o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, zero u xususiylashtirishning ikkita g‘oyat muhim vazifasini bajarar edi. O’zbekiston vaucher tizimidan voz kechgani uchungina emas, balki xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag‘lar tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash uchun berilishi jihatidan ham o‘ziga xos, o‘z yo‘liga ega bo‘lgan davlat sifatida ko‘zga tashlandi. Yana shuni aytish lozimki, tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asosini vujudga keltirish, qonunlar majmuini yaratishni tashkil qilishni uyushtirish uchun Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi tuzildi. O’zbekistonda ko‘p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xu- susiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga ay- landi. Sirdaryo shoyi to‘qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o‘tib ishlay boshladi. Bu yerda to‘plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi. Davlat mulkini xususiylashtirishning Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillari eng awalo mahalliy xususi- yatlar va talablami hisobga olganligi, tag-zaminli va asosliligi, ayni paytda hozirgi zamon ilg‘or tajribalariga mos kelishi bilan alohida ajralib turadi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin? Birinchidan, xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma’lum mafkura manfaati uchun xizmat qilmasligi lozim. Chunki xususiy- lashtirish eng awalo, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mantig‘iga mos bo‘lmog‘i kerak edi. O’zbekistonda davlat «bosh islohotchi» vazifasini amalga oshirar ekan, uning xusu- siylashtirishni o‘zi boshqarib borishi ko‘zda tutildi. Shuning uchun O’zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz kechildi. Bu boradagi muhim xulosa shundan iborat bo‘ldiki, davlat mol-mulki faqat yangi mulkdorga sotish yo‘li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila boshlandi. Ikkinchi tamoyil shundan iborat bo‘ldiki, xususiylashtirishga dasturiy yondashuvni ta’minlash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi. Shuning uchun 1991-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo‘nalishlami belgilash imkonini beradi. Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonala- rini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-1993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo‘ldi. Bu jarayon vaqt о‘tgani sayin ko‘paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995- yilda 8584 ta, 1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo‘ldi. Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira xususiylashtirildi yoki O’zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o‘rtacha 4,7 kishi bo‘lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi.1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi. Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalar- ni ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayon- ga aholini va chet ellik investorlami kengroq jalb qilish jarayonini avj oldirish vazifasi qo‘yildi. Qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi. Davlat mulkini sotish bo‘yicha kimoshdi sav- dolari va tanlovlari o‘tkaziladigan bo‘ldi. Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi. Aniqrog‘i, bu dasturlarga muvofiq xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 29-martda tasdiqlagan Davlat Dasturiga muvofiq o‘sha yilning o‘zida 5 ming 127 obyekt xususiylashtirildi. Bundan tashqari qo'shimcha tarzda dasturga kirmagan 4 ming 617 obyekt ham haqiqiy egasini topdi. Xususiy tadbirkorlar 57 ta konserva sexini, 120 ta g‘isht zavodini, 92 ta to‘quvchilik sexi- ni sotib olishdi. Qishloq xo‘jaligida esa butun bog‘laming yarmidan ortig‘i, uzumzorlaming 40 foizi xususiy foydalanish uchun berildi. Dehqon xo‘jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo‘jaligi paydo bo‘ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi.1994-yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. Endi yirik korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila bosh- landi. 0‘sha yili mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg‘i-energetika, 55 ta qurilish industriyasiga qarashli, 114 ta taransport, 68 ta uy-joy-kommunal xo‘jaligi, 229 ta qayta ishlash kor- xonasi va 291 ta qurilish bilan bog‘liq obyektlar xususiylashtirildi. Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq tur- dagi hissadorlik jamiyatlari, 6000 ta xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi. Xususiylashtirish borasida O’zbekistonda amalga oshirilgan ishlaming yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolat choralari ko‘rildi. Bular nimalardan iborat? Aholining ijtimoiy himoyasi awalo shunda ko‘rinadiki, xususiylashtirish chog‘ida bir butun imtiyozli tizim yaratildi. Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona xodimlariga imtiyozli aksiyalar berildi. Shuningdek, davlat xo‘jaliklarining mol- mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlarda xususiy- lashtirila boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25- iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida xususiylashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirishga e’tibor berilar ekan «Xususiylashtirish jarayoni chuqurlashdi va kengaydi. U sifat jihatidan yangicha aha- miyat kasb etganini ham qayd etish lozim», - deb ta’kidlandi. Darhaqiqat, mustaqillikning dastlabki yillarida asosiy e’tibor masalaning miqdor ko‘rsatkichlariga, ya’ni qancha korxona mulk shaklini o‘zgartirganiga qaratilgan bo‘Isa, bugungi kunda xususiylashtirishning sifat ko‘rsatkichlari asosiy mezon bo‘lib qoldi. Mustaqillikning o‘tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o‘zida kichik va xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko‘paydi. 1997- yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi.1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiy lashtirildi. Agar 1993-yilda jami korxonalaming 39,4 foizdan ortig‘i dav- latga tegishli bo‘lmagan korxona bo‘lsa, 1994-yilda bu ko‘rsatkich 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi. Agar 1993-yilda xalq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining 48 foizi nodavlat sektorida ishlagan bo‘Isa, ayni paytda ulaming 70 foizi mazkur sektorda faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mahsuloti hajmining yarmidan ко‘pi, qishloq xo‘jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining 61 foizi nodavlat sektori hissasiga to‘g‘ri keladi. 1997-yilga kelib respublikada nodavlat mulkning har xil shaklla- rini rivojlantirish uchun barcha zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Bu xususda anchagina ishlar ham qilindi. Ayni paytda yetishtiri- layotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining 98 foizdan ortig‘i, chakana tovar aylanishining 96 foizi, sanoat mahsulotining 60 foizdan ortig‘i nodavlat sektoriga to‘g‘ri keladi. Mehnatga layoqatli barcha aholining 71 foizdan ortig‘i nodavlat sektorida band. Aholining aksariyat qismi turarjoy sohibi hisoblanadi, ularning ko‘plari korxonalar aksi- yalarini sotib olib, ular mulkiga egalik qilmoqda. Kichik va xususiy biznes faol rivoj lanmoqda. Ro‘yxatdan o‘tgan kichik va xususiy korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib ming birlikka yetdi, bu esa respublika hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan ortiq respublika fuqarosi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni - 1,4 barobar, fermer xo‘jaliklari soni - uchdan bir hisobida ko‘paydi. Bu borada izchil siyosat olib borilishi tufayli 2007-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350 mingtaga yetdi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 foizni tashkil etmoqda. 2006-yilning o‘zida ushbu sohada qo‘shimcha ravishda 290 mingta yangi ish о‘mi yaratildiki, bu ko‘rsatkich mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Xususiy sektor, kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish- ning faol harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo‘q. Shuning uchun yaqin yillar ichida mulkchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga oshirish va himoyalash uchun yanada kuchliroq kafolatlami yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli dastumi amalga oshirish kerak bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy da- romad manbayi bo‘lgan muhim bo‘g‘inga aylanmoqda. Ayni paytda u iqtisodiyotni izchil rivoj lantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo‘lidan olg‘a yetaklaydigan faol harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish yo‘lida ko‘p ish qilindi. Jumladan, davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi keskin chek- landi, kichik biznes subyektlarini ro‘yxatga olish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi va ulaming oshkoraligi ta’minlandi, soliq stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi, mahsulotlami stan- dartlash va sertifikatsiyalash tizimi takomillashtirildi, birja savdo- larini rivojlantirish orqali tadbirkorlaming moddiy-texnik resursla- ridan erkin foydalanishi bilan bog‘liq ko‘p masalalar hal qilindi, mikrokreditlash va mikrolizmning yo‘li bilan tadbirkorlarga kredit berishning yangi shakllari joriy etildi. Shuni ta’kidlash lozimki, bulaming barchasi o‘zining ijobiy na- tijasini berdi. Faqat 2006-yilning o‘zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo‘shimcha ravishda 290 ming yangi ish o‘mi yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsi- yalashish negizida kasanachilik faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish о‘mi tashkil etildi. Katta sarmoya, mablag‘ talab qilinmaydigan kasanachilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh va uskunalar qo‘lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berildi. Natijada 60 ming odam, 60 ming oila qo‘shimcha daromadga ega bo‘ldi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, bozor iqtisodiyo- tiga asoslangan huquqiy davlat, demokratik, adolatli jamiyat qurish- ga kirishdi. Prezident I. Karimov o‘zining «O’zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» nomli kitobida yozganidek, «Mulk- chilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimini m g tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi... Xuddi shu masalan! hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtisodiy munosabatlar poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yildi. Ushbu masalaning davr talahlariga muvofiq muvaffaqiyatli hal etilishi respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qo‘yadigan asosiy omildir». Darhaqiqat, keyingi yillar davomida amalga oshirilgan ish- lami tahlil qilib, shuni aytish mumkinki, O’zbekistonda mulkchi- lik huquqi iqtisodiy o‘zgarishlaming asosini tashkil qiladi. Shuning uchun ham O’zbekistonda mulkdor huquqi qonun bilan tan olindi va himoya qilinmoqda. O’zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiyotning asosini turli shakllardagi mulkchilik tashkil etishi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab berildi. Yuqorida keltirilgan misollardan ma’lumki, xususiylashtirish ja- rayoni tabiiy ravishda jamiyatda mulkdorlar sinfini shakllantirishga olib keldi. Bu borada kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mulkdor!ami vujudga keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu - birinchi omil. Mulkdorlar sinfini shakllantirishning ikkinchi omili bu qimmatbaho qog‘ozlar bozorini rivojlantirishdir. Biroq, yaqin vaqtlarga qadar bu borada zarur shart-sharoit ham yaratilmagan edi. Shunga ko‘ra, Oliy Majlis mulkdorlar sinfini shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida 1996-yil 25-aprelda «Aksiya- dorlar jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish haqida», hamda «Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexaniz- mi to‘g‘risida» Qonunlar qabul qildi. 1996-yilning birinchi yarmida aksiyalar sotuvidan 1,7 milliard so‘m mablag‘ tushdi. Bu ko‘rsatkich 1995-yildagiga nisbatan 15, 6 marta ko‘p bo‘ldi. Umuman, 1992-1996-yillarda davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74 ming kishi turarjoy egasi, 2 million kishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari; qishloq joylarida esa, 3 million kishi yordamchi xo‘jalik, 19 ming kishi ko‘chmas mulk egasi bo‘lib qoldi. Bu raqamlar, shubhasiz jamiyatda mulkdorlar sinfi shakllantirilganini yaqqol ko‘rsatadi. Insoniyat tarixi davlat mulkini ommaviy ravishda xususiylashtirish hodisasini endigina sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan ishlar misolida ko‘rmoqda. Ma’lumki, mulkchilik taraqqiyoti yer yuzining barcha mamlakatlari va mintaqalarida turli davrlarda, turli holatlarda yuz bergani bilan shaklan va mazmunan ayni bir xil tartibda amalga oshgan. Jumladan, mulkchilik, mulkka munosabat jamiyat tabiiy taraqqiyoti, kishilar dunyoqarashi hamda ehtiyojlarining mahsuli sifatida shakllan- gan. Xususiy mulk hajmi va miqdoridan qat’i nazar jamiyat fuqarosi yashash huquqining qonuniy ifodasi, mulkka egalik esa, turmush tar- zining ma’naviy-huquqiy kafolati bo‘lib qolavergan. Ko‘p hollarda u fan-texnika taraqqiyoti, madaniy ravnaq va boshqa ijtimoiy-siyosiy omillar ta’sirida qisman shaklini, miqyosi va ko‘lamini takomillash- tirgan, xolos. Mazmunan esa o‘z mohiyatini yo‘qotmagan. Darvoqe, insoniyat tarixi xususiy mulkni zo‘ravonlik va tazyiq bilan davlat tasarmnga olish hodisasini ham ko‘rgan. XX asming boshlarida yuz bergan va biz 73 yil mobaynida o‘zimizni o‘zimiz aldab, quyushqonga sig‘maydigan dabdabalar bilan bayram qilib kelgan qonli Oktabr inqilobi ana shunday g‘ayriinsoniy hodisani amalga oshirgan edi. Odamlaming asrlar mobaynida misqollab terib to‘plagan moddiy va ma’naviy boyliklarini bir to‘polon bilan davlat mulkiga, odamlami esa mehnat vositasiga, ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylantirib qo‘ydi. Mana endi inson haq-huquqlari to‘la tiklangan va har tomonlama kafolatlangan jamiyat qurayotgan bir paytimizda yaqin o'tmishimiz asoratlaridan qutulish ancha qiyin kechmoqda. Har bir kishining o‘z yaratuvchilik qobiliyatini ko‘rsata olish, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish asosida mehnatga mvmosabatni tubdan o‘zgartirish, kishilar ongida o‘mashib qolgan boqimandalik il- latlariga barham berish ancha vaqt talab etmoqda. Bu chinakamiga ongimiz va tushunchalarimiz orqali yuz berayotgan ma’naviy-ruhiy yangilanish j arayonidir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mulkka egalik va xususiy mulkning chegarasi bo‘lmasligi kerak. Ya’ni shaxsiy boylikni ko‘paytirish qandaydir qolip yoki miqdorda bo‘lishini davlat belgilab qo‘ymasligi, aksincha, u mamlakatda hammaning har qanday vaziyatda boy bo‘lishini ta’minlash asosida alohida ijtimoiy muhofazaga muhtoj odamlar turmush darajasini oshirish yo‘lidan bormog‘i lozim. Bunga ayrim siyosatshunoslar dunyoning turli mamlakatlarida o‘z korxonasi filiallarini qurib, jahon bozorini egal- lab olgan yirik korporatsiya va firmalar rahbarlari faoliyatini va katta miqdordagi jamg‘armalarini misol qilib ko‘rsatishadi. Biroq, O’zbekiston hukumati butunlay yangi tipdagi jamiyatni shakllantirishda har qanday tayyor andozalarga sig‘inmaydi. Jahon tajribalari va milliy ehtiyojlami uyg‘unlashtirgan holda mavjud ho- disalarga o‘ziga xos yondashadi. Jumladan, mulkchilikka munosa- batda ham uning o‘ziga xos usuli bor. Masalan, Prezident I. Karimov: «Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga - oshib-toshib ketgan boylar-u kambag‘al-qashshoq!arga bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak», - deydi va masalaga bunday yondashuv mazmun-mohiyatini aniq tushuntirib berdi. Albatta, O’zbekiston stra- tegiya jihatidan jahon tajribalari eng ilg‘or namunalaridan keng foy- dalanadi. Biroq uni o‘z milliy xususiyatlari va turmush tarziga mos tarzda amalga oshiradi. Bu, ayniqsa mamlakatda tub iqtisodiy islohotlami, jumladan, erkin bozor siyosatini amalga oshirishda ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Natijada davlat mulkini xususiylashtirish va yangi iqtisodiy tizimni joriy etish borasidagi O’zbekiston yo‘li jahon jamoatchiligi tomonidan keng qo‘llab-quwatlanmoqda. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin: Birinchidan, uzoq yillarga mo‘ljallangan, dasturiy ahamiyatga molik maqsadlar davlat strategiyasi darajasiga ko‘tarilgani bilan, kundalik talablar, hayot ehtiyoj lari yoki vaqtin- chalik holatlarda taktikaning o‘zgarib turishi tabiiy hoi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, mavjud siyosiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy mezonlar nuqtayi nazaridan hayotiydir. Chunki, o‘tish davrida qonunchiligimizning hali to‘la shakllanma- ganligi, ayrim hollarda esa mavjud qonunlarga ham hali bo‘ysunib yashashga odatlanmaganimiz, ba’zan xudbinlik va manfaatparast- likning avj olib ketishi natijasida turli xildagi suiiste’molliklar yuz bermoqda. Natijada foydani yashirish, soliqdan qochish va boshqa ko‘zbo‘yamachiliklar, nayranglar tufayli kimlardir ortiqcha boyib ke- tib, kimlardir qashshoqlashib qolishi mumkin. Ana shunday paytda davlat qonun ustuvorligini ta’minlashda, aholi turli tabaqasining turmush tarzida muvozanatni saqlab turishda muhim rol o‘ynaydi. Ikkinchidan, davlat adolat g‘oyasiga qattiq suyanadi va inson haq-huquqlarini butun choralar bilan himoya qilish yo‘lidan sobit- qadamlik bilan bormoqda. Aholini turli bo‘hronlardan asrab qolish, uni ijtimoiy muhofazalash, tabaqalarga bo‘linmaslik, yashash huquqi kabi Oliy qoidani muqaddas tutish - uning insonparvarlik siyosati- ning bosh mazmuni. Uchinchidan, O’zbekiston yo‘li oldin dunyo minbarlaridan turib e’lon qilingan, jahon jamoatchiligi tomonidan tan olingan mamlakatimiz uchun xos tub islohotlaming mashhur besh tamoyilidan biri - o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lib turishi kerakli- gi kabi qoida hayot talabiga aynan mos keladi. Bir qarashda bizga xususiylashtirish jarayoni sof iqtisodiy hodi- sa bo‘lib ko‘rinadi. Xususiylashtirish deganda ko‘nglimizda moddiy ne’mat, moddiy manfaatdorlik, mulkka egalik qilish xohish-istagi paydo bo‘ladi. Ko‘z o‘ngimizda u yoki bu tarzdagi, ko‘p yo oz miq- dordagi mulk gavdalanadi. O’zbekistonda xususiylashtirish hukumat rahnamoligida nafaqat iqtisodiy, balki huquqiy va ma’naviy hodisaga aylantirildi. Ayni paytda u ongimiz va tafakkurimizda yuz berayotgan jiddiy o‘zgarish sifatida tan olindi. Chunki u bizning fikrlarimiz va ongi- mizda o‘zgarish yasadi. Inson haq-huquqlarini tobora chuqurlashtir- di, uning turmush tarziga yangi mazmun olib kirdi. Natijada jamiyat ham, odamlar ham sifat jihatdan tubdan o‘zgardi, uning ma’naviy qiyofasi ancha tiniqlashdi. Tub islohotlar O’zbekistonda tabiatiga ko‘ra sof siyosiy, huquqiy yoki iqtisodiy mohiyatini yo‘qotmagan holda ma’naviy, ruhiy- axloqiy qadriyat darajasiga ko‘tarilganligi sababli mamlakatning ham, barcha fuqarolarning ham hayotida mukammal, yetuk hodisa sifatida iz qoldirmoqda. Iqtisodiy islohotlaming ma’naviy mazmuni tobora chuqurlashmoqda. Download 394.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling