Reja: I. Kirish. Fe’l so’z turkumi Harakat va holat fe’llariga umumiy tasnif II. Asosiy qism parrandalar haqida umumiy ma’lumot
Parrandalar harakaatini ifodalovchi fe’llar semantikasi
Download 32.3 Kb.
|
1-kurs ishi
2. Parrandalar harakaatini ifodalovchi fe’llar semantikasi
Izoh: Bu yerda qushlarning xarakati keltirilgan. Matnda qushlarinig hayoti va oziqlanishi yashashi va hayot kechirishadi harakatlari ifodalangan. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qoqish va boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib, ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Qushlar oziqni tumshug‘i bilan cho‘qilaydi. Tumshug‘ining tuzilishi oziq xiliga va oziqlanish usuliga bog‘liq. Tishlari bo‘lmaganligi uchun qushlar oziqni butunligicha yutadi. Birmuncha yirikroq oziqni tumshug‘i bilan cho‘qilab, uzib olib yutadi. Qushlar yerda ko‘krak qafasining kengayib-torayishi tufayli nafas oladi. Uchayotgan qush qanotlarining ko‘tarilib tushirilishi bilan pufaklar ham kengayib-torayadi. Kaptar bir minutda tinch turganida 26 marta, uchganida esa 400 marta nafas oladi. Havo pufakchalariga kiradigan havo qushlar tanasini sovitib turadi. Ular rangni ham yaxshi ajrata oladi. Qushlar yaxshi eshitadi, lekin hidni yaxshi ajrata olmaydi. Tuxumdan chiqqan jo‘jalar dastlab ko‘zga ko‘ringan hamma narsani cho‘qib ko‘radi. Keyinchalik ular yeb bo‘ladigan va yeb bo‘lmaydigan narsalarni farq qilishni o‘rganadi; o‘z egasini taniydigan, uning ovoziga e’tibor beradigan bo‘lib qoladi. Qushlarning havoda chamalab yo‘l topish xususiyati ham yaxshi rivojlangan. Qushlar turli tovushlar yordamida o‘zaro aloqa qiladi. Ular sayrash bilan birga notinchlik, qo‘rqinch, chaqiriq kabi holatlarni bildiruvchi tovushlar chiqarib, o‘z turi individlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Qarg‘a, mayna, qorayaloq va, ayniqsa, to‘tilar ayrim so‘zlar va hatto iboralarni eslab qolib, takrorlashi mumkin. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tushayotgandek harakatlar qilib, urg‘ochisini taklif etadi. Karqurlar va qurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahs qilish uchun to‘planishadi. Ular qanotlari va dumini yoyib, o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o‘rtasida qisqa muddatli jang ham bo‘lib o‘tadi. Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go‘ngqarg‘alar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi. Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalang‘och qoyaga tuxum qo‘yib, uni bosib yotadi. Qirg‘ovul, bedana, o‘rdak, g‘oz va tovuqlarning tuxumdan chiqqan jo‘jalarining tanasi par bilan qoplangan va ko‘zi ochiq bo‘ladi; jo‘jalar ko‘p o‘tmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Ularni ota-ona qushlar boqadi. Ona qushlar biron xavf tug‘ilganida dushmaniga tashlanib, jo‘jalarini himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, chug‘urchuqlar dushmanini sezganida ovozining boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Jo‘ja ochadigan qushlarning urg‘ochisi xavf tug‘ilganida tovush bilan jo‘jalarini ogohlantiradi; jo‘jalari darhol bekinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yo‘rg‘a tuvaloqning urg‘ochisi yirtqich hayvonning e’tiborini o‘ziga tortish va jo‘jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Qushlar oziq bo‘ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jo‘jalarini chaqirib oladi. Foydalanilgan adabiyotlar Zoologiya 7-sinf darsligi Fayllar.org sayti Xozirgi O’zbek adabiy tili kitobi Download 32.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling