Reja: I. Kirish II. Asosiy qisim
Download 0.6 Mb.
|
Tok manbaining EYUK va bir jinsli bo’lmagan zanjirning bir qismi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Butun zanjir uchun Om qonuni.
2. Elektr yurituvchi kuch.
Q zaryadni zanjir bo'ylab ko'chirishda tashqi kuchlar manbada А=ξ • Q ish bajaradi. Lekin ish — bu energiyaning bir turdan ikkinchisiga aylanish o'lchovidir. Demak,manbada tashqi energiya, elektr maydon energiyasiga aylanadi: W = ξ*Q. Q zaryad zanjirning tashqi qismida harakatlanganda, manba tomonidan hosil qilinib saqlab turilgan statsionar maydon energiyasi W=U*Q ga, ichki qismida esa W2 =Uich *Q ga aylanadi. Energiyaning saqlanish qonuniga ko'ra: W = W, +W2 yoki ξ • Q = U• Q+Uich • Q. Buni Q ga qisqartirib, ξ = U+U ich ni olamiz, ya'ni manbaning elektryurituvchi kuchi zanjirning tashqi va ichki qismlaridagi kuchlanishlar yig'indisiga teng. Olingan xulosaning to'g'riligini tajribada ko'rsatish mumkin. Zanjirning tashqi va ichki qismlariga mos ravishda V1 va V2 voltmetrlarni ulaymiz. Zanjirning ichki qismiga V2 voltmetrni ulash uchun ikkita ingichka ko'mir sterjenidan foydalanamiz (ko'mir amalda elektrolit bilan ta'sirlashmaydi). Ko'mir sterjenlar manba elektrodlariga tegmasligi uchun ularni bir tomondan yupqa izolatsiya plyonka bilan qoplanadi. V, voltmetr U kuchlanishni, V2 voltmetr esa Uich kuchlanishni ko'rsatadi. Agar zanjir ichki qismining qarshiligi r yoki tashqi qismining qarshiligi R o'zgartirilsa, har ikkala qismdagi kuchlanish o'zgaradi, lekin ularning yig'indisi o'zgarmaydi: U+Uich =const ξ = U+U ich, hamda ochiq zanjirda Uich= 0 bo'lganligidan ξ = U bo'ladi. Manbaning EYK zanjir ochiq bo'lganda, shu manba qutblari orasidagi kuchlanishga teng. 3. Butun zanjir uchun Om qonuni. Ushbu ξ = U+U ich, tenglikka zanjirning bir qismi uchun Om qonunidan U=I*R; U ich =I*r ni qo'ysak, ξ = I • R + I • r = I (R+r) ni olamiz. Bundan: Shunday qilib, zanjirdagi tok kuchi, manba elektr yurituvchi kuchining zanjir tashqi va ichki qismlari qarshiliklari yig'indisiga nisbatiga teng. Bu butun zanjir uchun Om qonunidir. Om qonuniga ko'ra, zanjirning tashqi qismining qarshiligi qancha kichik bo'lsa, tok kuchi shuncha katta bo'ladi. Lekin bunda zanjirning tashqi qismidagi kuchlanish kamayadi, negaki ichki qismida I • r kuchlanish ortadi: U= ξ –I · r Zaryadlangan zarrachalarning tartibli oqimi (harakati) elektr toki deb ataladi. Kattaligi va yo‘nalishi vaqt birligi ichida o‘zgarmaydigan tokka o‘zgarmas tok deb aytiladi. Elektr toki o‘tishi uchun uchta element berk zanjir, ya’ni kontur hosil qilishi zarur. Bu elementlarni EYK yoki tok manbayi, bog‘lovchi o‘tkazgich simlar va iste’molchilar tashkil etadi. Agar bu berk konturni tashkil etuvchi elementlar elektromagnit jarayonlarini EYK, tok, kuchlanish va qarshilik tushunchalari orqali ta’riflash mumkin bo‘lsa, bunday berk kontur elektr zanjiri deb ataladi. Tutashtiriladigan o‘tkazgichlarning qarshiliklari quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Biroq elektr zanjirlarini hisoblashda bu qarshilik hisobga olinmaydi. Berk zanjirdagi l tok miqdori zanjirning bir qismi uchun Om qonuni yordamida aniqlanadi. Zanjirdagi tok uning 1- va 2-qismlari orasidagi potensiallar ayirmasiga to‘g‘ri proporsional, iste’molchining qarshiligiga esa teskari proporsionaldir (4rasm): Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling