Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: i-bob. Mehnat bozori muvozanati


Download 107.25 Kb.
bet3/3
Sana21.11.2020
Hajmi107.25 Kb.
#148886
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi.Mehnat bozori muvozanati va eng kam ish haqi


II.BOB

  1. ISH HAQI TUSHUNCHASI

Ish haqi — mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi.24 Ish kuchi qiymati va narxi bevosita ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnat bozorida kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, oʻz ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi boʻlib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga maʼlum vaqt mobaynida maʼlum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun toʻlaydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy daromadi manbai hisoblanadi.

Ish haqi — yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish qobiliyatiga boʻlgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarish shakli. Shu bilan birga ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haq ishlab chiqarish harajatlarining unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid qiladi.

Ish haqi miqdorining eng qadimiy vaqt birligi kundir. Soat ixtiro qilinishi bilan ishni boʻlimlarga boʻlish keng tarqaldi. Ish miqdorini oʻlchashda ish soati eng koʻp qoʻllanila boshland.25 Qadimgi Misr Oʻrta Qirolligi, Qadimgi Yunoniston26 va Qadimgi Rim ish haqi toʻlangan eng qadimiy davlatlarga kiradi.


  1. ISH HAQI OSHIRIB BORISHINING IJOBIY VA SALBIY SAMARASI

Aholi turmush darajasi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, uiarni iste’mol qilish darajasi tushuniladi. Turmush darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar turli-tuman bo'lib, turrrtush darajasi konsepsiyasi bilan uzviy bog'liq.Aholining tadbirkorlik va xususiy mehnat faoliyati sohasida ishlashdan olayotgan darom adlari ortayotganligi tamoyiliga ijobiy baho bergan holda, ish haqining rag‘batlantiruvchilik roli pasayib borayotganligi tamoyiligini ham qayd qilish kerak. Bu esa aholini soliqqa tortilishidan bekitiqcha ikkinchi va uchinchi daromad manbalarini qidirib topishga undaydi.Bundan tashqari, ish haqining unumsiz darajasi ishlab chiqaruvchilar mehnatini, ijodiy mehnatni rag'batlantirmaydi va uning sifati tobora pastlashishiga olib keladi. Ta’lim va sog'liqni saqlash sohasida o‘rtacha ish haqi darajasining pastligi ayniqsa tashvishlanarlidir, zero bu hoi ta’lim muassasalarida o'qitish-o'rgatishning va davlat shifoxonalarida davolash sifatining pastligiga sabab bo'ladi.Aholi daromadlari — bu aholi yoki uning oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural mablag‘Iar yig‘indisidir. Daromad miqdori aholining talab va ehtiyojlari darajasi va tarkibini belgilaydi.

Daromad yig‘indisi tarkibiga — ish haqi (mehnat jamoasi a’zolariga haq to‘lash); pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va ijtimoiy iste’mol fondlaridan boshqa to'lovlar kiradi. Jumladan, bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalarida, bolalar lagerlarida tarbiyalash uchun dotatsiyalar; sanatoriyalar, dam olish uylariga bepul va imtiyozli yo'llanmalar qiymati; shaxsiy tomorqa xo'jaligidan olinadigan daromadlar ham kiradi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish yillarida shaxslar, oilalar va aholining yalpi darom adlari tarkibi o'zgarib turadi va bunday o'zgarishlar quyidagilarda ko'rinadi:

1. Ish haqi — daromadlaming asosiy qismini tashkil etadi, ammo uning salmog'i pasaymoqda;

2. Ijtimoiy Iste’mol Fondidan (11F) to'lovlar barcha daromadlarning taxminan 1/6 qismini tashkil etadi. Uning o'sib borishi kuzatilmoqda;

3. Shaxsiy tomorqa xo'jaliklaridan olinadigan daromadlar salmog'i oshib bormoqda, aholi iste’mol muammosini o‘z kuchi bilan hal etishga urinayotgan hozirgi murakkab iqtisodiy vaziyatda bu tabiiy holdir;

4. Boshqa manbalar salmog'i oshib bormoqda va yana o'sib borishi kutilmoqda;

5. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishga layoqatli har bir inson o'z moddiy farovonligi uchun o'zi mas’uldir.

Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida m ehnat bozori iqtisodiy resurslardan foydalanilgani uchun turli shakldagi pul mukofotlari ishlab chiqarish omillarining umumiy tarkibiga kiradi.Bunday omillar mehnatga haq to'lash shakliga ko'ra turlicha nomlanadi: mehnat bahosi - ish haqi, yerdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish bahosi-renta, kapital bahosi - foiz.

Iqtisodiyot nuqtai nazaridan, mehnat munosabatlari sharoitida ijtimoiy, psixologik va m a’naviy omillarning muhim ahamiyatini hisobga olgan holda ish haqining mohiyati va shakllarini bilishi zarur bo'ladi. Ammo bu maxsus fanlar «Korxona iqtisodiyoti», «Mehnat iqtisodiyoti» kabi fanlarning vazifasidir. Ish haqi — yollangan xodimlami ma’lum miqdoridagi va sifatdagi mehnat xizmatlarini bajarganligi uchun oladigan pul hisobidagi daromadi jihatdan mehnatdan foydalanish bahosi. Ish haqi, tadbirkorlik daromadlari ijtimoiy transfertlar va boshqalar pul daromadlarining asosiy manbalaridir. Ijtimoiy transfertlar - pulli shakldagi fuqarolarni pensiya ta’minoti (yosh bo'lgani uchun, nogironligi uchun, ish staji, boquvchisini yo‘qotganligi uchun), bolalar, ishsizlik nafaqalari to'lash, stipendiya va h.k. bo'yicha davlat budjetidan yoki maxsus fondlardan to'lanadigan pulli mablag'lardir.Boshqacha qilib aytsak, fuqarolarga ularning ish natijasi, tadbirkorlik faoliyati yoki shaxsiy mulkdan olinadigan daromadlariga bog'liq bo'lmagan holda davlat budjetidan yoki maxsus fondlardan to'lanadigan to'lovlardir.

Daromadlar tarkibida ish haqining unumli ustun bo‘lsa faol mehnat, tadbirkorlik, tashabbus rivojlanadi, agar ijtimoiy transfertlar hissasi oshib ketsa, ko'pincha boqimandalik kayfiyati kuchayadi.

Mehnat munosabatlari sohasida bozor munosabatlarini rivojlanganligini ifodalovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri aholining umumiy pul daromadlari miqdoridagi ish haqining salmog'idir.Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda ish haqining hissasi 80%ga yaqin keladi.

Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida daromadlar hajmida ish haqining ulushi kamaydi. Masalan, 1998-yilda - 23%, 2003- va 2004- yillarda 26,9% bo‘ldi. 2003-yili 2002-yilga nisbatan o‘sish 128,3% bo'lgan bo'lsa, 2004-yilda 2003-yilga nisbatan 118% bo'ldi.

Hozirgi davrda ishlab chiqarish omillari nazariyasi bilan bog'liq bo'lgan ish haqi to'g'risidagi tushunchalar ko'payib ketdi. Bu haqidagi nazariyani asoschisi Jan Batist Sey. Uning nazariyasi bo'yicha ishlab chiqarish omillari bozorining har biri tovarlami va uning qiymatini yaratishda shu omillaming xizmat bozorini ko'rsatadi. Bunday xizmatlar uchun ham to'lash o'sha omilning (resursning) bahosi yoki undan keladigan darom addir. Tadbirkorlar tovar-m ehnat, xarid qilganlarida aniq bir insonni sotib olmaydilar, uning mehnat mahsuli bo'lgan, qiymat yaratish (ish bajarish) uchun xizmatlarini tovar va uning qiymatiga egalik qilish huquqini sotib oladilar27.Demak, bozor munosabatlari yuzasida ish haqi mehnat bahosi sifatida paydo bo'ladi.

Ingliz iqtisodchisi A.Marshall fikricha ish haqini keltirib chiqaruvchi asosiy omillar ikkita:

1. Ish haqi miqdoriga ta’sir etuvchi omil har kimda har xil boigan mehnatning pirovard mahsuldorligi;

2. Xodimlam i o'qitish va (saqlash) ta ’minlash, takror yaratish xarajatlari.

Agar birinchi omil mehnatga bo'lgan talabni belgilasa, ikkinchi omil uning taklifini belgilaydi. Ular o'rtasidagi munosabat esa ish haqi darajasini aniqlaydi. A.Marshall tomonidan ikkinchi omil tarkibida xodimlami o'qitish uchun ish haqi xarajatlarini ko'rsatish keyinchalik insoniy kapital nazariyasini keltirib chiqardi. Shu nazariyaga asosan insoniy kapitalni yaratish (bilimlar olish tajribasi, ish qobiliyatini oshirish va boshqalar) mehnat samaradorligini oshiradi. Bu narsa esa o'z navbatida ish haqini o'sishi hisobiga qoplanib ketadi.

Ish haqini o'sib borishi bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikkita samaraga ega.

1. Ish haqi oshib borishi bilan ishchi qo'shimcha vaqt ham ishlashdan manfaatdor bo'ladi, chunki unga haq to'lanadi. Natijada u hordiq chiqarishdan voz kechib ishlash ishtiyoqi paydo bo'ladi. Mehnat bozoridagi bunday samara ish haqini asta-sekin oshirib borish natijasida sodir bo‘ladi. Lekin bunday samaraga boshqasi — daromaddan olinadigan samara qarshi turadi.

2. Ish vaqtini ko'payishi bilan ishchining hordiq chiqarish vaqti qimmatga tushadi, chunki uning ixtiyoridagi vaqti asta-sekin kamayib boradi. Shunday vaqt keladiki, ish haqi yuqori bo'lganda ham ishchi bundan buyon hordiq chiqarishdan voz kechishni xohlamay qoladi. Endi unda ko'proq dam olish, kitob o'qish, o'yin-kulgi, sayyohat qilish, davolanish va h.k.ga ishtiyoqi paydo bo'ladi. Buning ma’nosi shuni, ish haqini oshirib borilishi mehnat taklifini oshirmaydi, aksincha uni kamaytiradi. Quyidagi 56-egri chiziq buni ko'rsatadi. Bu chizma daromad samarasini ifodalaydi. U ish haqi keskin oshgan sharoitda amal qiladi. Bunda qaysi samaralar kuchli hisoblanadi? Bu savolga javob berish qiyin. Hammasi xodimlami taklif miqdoriga va alohida kishilarning kishilar guruhining ish haqini o'sishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. Masalan, O'zbekiston Respublikasi sharoitida bir kishi bir oyda 100 ming so'm ish haqi olsa, unga shu yetarli bo'ladi, u boshqa joyda ishlashni xohlamaydi. Boshqa kishi uchun oyiga 500 ming so'm yetarli bo'lsa, ayrimlar uchun bu kamlik qiladi va h. k. Yuqoridagi chizmada aniq bir xodimni, ishchini ma’lum miqdordagi ish haqi uchun ishlashi kerak bo'lgan umumiy ish vaqti ko'rsatilgan. Bu chizmada bitta sabab — ish haqini o‘sishi tufayli mehnat taklifini o'sishini va kamayishini ko‘ramiz. Egri chiziqda i nuqtagacha ish haqi o'sganda mehnat taklifini ham o'sib borishi ko'rsatilgan. Undan so'ng SL chizig'i chap tomonga qayriladi va nisbiy xarakterda bo'ladi va ish haqi o'sib borsa ham mehnat taklifi kamayadi. Nima uchun shunday ish haqi oshib borganda ishchi har bir soat bo'sh vaqtini yo'qotmaslikka, ishlab qo'shimcha daromad, samara olishga harakat qiladi. Lekin o'zini moddiy jihatdan ta’minlash masalasi hal etilganda ishchining bo'sh qolgan vaqtiga munosabati o'zgaradi. Bunga erishish uchun mehnat taklifini kamaytirish zarur bo'ladi. Nimaning hisobiga? Avvallari ishlab topgan mablag'lari hisobiga. Natijada SL chizma / nuqtadan ordinat o'qi tomon bukiladi va ish haqi oshib borganda ham mehnat taklifini kamayishini ko'rsatadi; ishchini qisqartirilgan ish kuniga yoki ish xaftasiga o'tishi, qo'shimcha dam olish kunlarini, ta’tilga chiqishini (shu jumladan «o'z hisobidan» bo'lsa ham) ifodalaydi.

Mehnatning bozor taklifi umumiy mehnatga bo‘lgan taklif bir qancha omillarga bog‘liq bo‘Iadi. Ular taklif etilayotgan mehnat xizmatlarining miqdori va sifati, mamlakat aholisining umumiy soni, uning tarkibidagi iqtisodiy jihatdan faol bo'lgan aholining hissasi, o'rtacha ish kuning uzunligi, xodimlaming kasb-malakasi bo'yicha tarkibi va boshqalar.Mehnat taklifi hajmi shuningdek, ish haqi miqdoriga ham bog'liq. Mehnat bozorida, odatda takomillashgan raqobatchilik sharoitida, mehnat haqi to'lovlarining o'sishi bilan mehnat bozoridagi sotuvchilar taklifni oshirishga harakat qiladilar. Ishning mehnat taklifi egri chizig'i ijobiy bo'lib, quyidagicha ko'rinadi:


  1. ISH HAQIDAGI FARQLAR VA ULARNI BELGILOVCHI OMILLAR

Mehnat bozorida turli xil kategoriyadagi xodimlaming ish haqi darajasini shakllanishida mehnat taklifidagi farqlar alohida ahamiyatga ega bo'ladi. U lar nim a uchun farroshlar, tibbiyot ham shiralari, madaniyat xodimlari, loyiha-konstruktorlik muassasalari xodimlari, kommunal-xo'jaligidagi ishchilarga nisbatan, masalan, bank xodimlari, buxgalterlar va boshqa malakali xodimlar ko'proq haq oladilar. Bunga sabab, malaka, maxsus tayyorgarlik, bilim talab etmaydigan ish kuchiga bo'lgan taklif malakali mehnatga bo'lgan taklifga nisbatan ancha yuqori.

Oliy ma’lumotli kishilarning ish haqi to'liqsiz o'rta ma’lumotga ega bo'lganlarga nisbatan 1,5-2 marta ko'pdir. (Lekin bu kitobda, amaldachi?) Quyidagi chizma, turli kasbdagi ish kuchini bozordagi taklifiga qarab ish haqining har xil bo'lishini ko'rsatadi.

Albatta turli xil m ehnat xodim larining ish haqi darajasi ular mehnatining taklifiga emas, talabiga ham bog'liq. Bunday holda talab

Ish haqidagi farqlarning sabablari.

a) malakasiz mehnat bozori; b) malakali mehnat bozori.

egri chizig'i chapga suriladi, ya’ni talab kamayadi (ish haqi ham kamaygan bo'ladi).

Talab egri chizig‘i o‘ng tomonga surilganda ish kuchiga talab oshgan bo'ladi. Demak, ish kuchini mehnatga jalb etish uchun ko‘proq haq to'lashga to'g'ri keladi.Lekin ish haqidagi barcha o'zgarishlarni mehnatga bo'lgan talab va taklifning o'zgarishiga bog'liq deb hisoblab bo'lmaydi. Buning ma’nosi shundaki, ish haqi stavkalariga bozordan tashqaridagi omillar ham ta ’sir etadi.Turli xil mintaqalardagi ish haqiga bo'lgan farqlar; xodimlami ishga qabul qilishda ularni ayrimlarini boshqa xil xodimlardan afzal bilib yuqori haq to'lash. Shu yerning o'zida ham subyektiv omillar ta’siri ko'rinib turibdi, masalan, erkaklarni ishga olishga rozi bo'lishadi, ayollar haqida esa o'ylab qolishadi; yoki xodimning yoshi, millati, ilgarilari qanday ishda, qayerda ishlaganligi kabi sabablar hisobga olinadi; bozordan tashqari omillarga ish haqi darajasini davlat tomonidan boshqarilishi, o'rnatilishi, ishdan tashqari qolib ishlash, ish kuning uzunligi kabilar qonuniy tartibda belgilanishi kabilar ham kiradi. Bozordan tashqari ayrim omillar mehnat talabi va taklifiga ta’sir etib, ish haqini ham o'zgartiradi. Masalan, ayrim mintaqalarda ish haqim yuqori bo'lishi ish kuchini yetishmasligi oqibatidir. Kishilar yashab turgan joylaridan boshqa mintaqalarga borishni xohlamaydilar va o'z joylarida ish kuchining miqdorini oshirib yuboradilar. Natijada mehnatga haq to'lash darajasi pasayib ketadi.


  1. ISH HAQINI TARTIBGA SOLISH VA ENG KAM ISH HAQI

Rivojlangan mamlakatlarda ish haqini tashkil etish (ish haqi miqdori, mehnat miqdori va sifati bilan unga toʻlanadigan haq miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlash, mehnatni meʼyorlash, tarif tizimi va boshqalar) va tartibga solishda davlat muhim rol oʻynaydi. Ularda tarixan ish haqini tashkil etish va tartibga solishning markazlashgan davlat tizimi va markazlashmagan tizimi qaror topgan. Ish haqini tartibga solishning markazlashmagan tizimi xususiy mulk egalari yoki jamoa mulkdorlar hamda kasaba uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, kooperativlar va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi.

Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar va tashkilotlar uchun umumiy va majburiydir.

Ish haqini davlat tomonidan tartibga solish va tashkil etishning muhim unsuri tarif tizimi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakat boʻyicha hukumat belgilagan, asosan ishchi va xizmatchilar ish haqini tashkil qilishda foydalanishi uchun tavsiya etiladigan yagona tarif tizimi (setkasi) amal qiladi, korxona (tashkilotlar)lar yagona tarif setkasi asosida oʻz tarif setkasini ishlab chiqish va razryadlar sonini belgilash huquqiga ega.

Oʻzbekistonda dastlab 1993-yil 1-yanvardan 28 ish haqi razryadlariga boʻlingan va 0—28 razryadlar oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 14,28 boʻlgan yagona tarif stavkalari joriy qilindi. 1996-yil 1-sentabrda esa ish haqi razryadlari 22 ta va 0—22 ish haqi razryadlari oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 5,998 boʻlgan yangi yagona tarif setkasi qabul qilindi. Yagona tarif stavkasi xodimlarning barcha kasb-malaka guruhlari boʻyicha tarif stavkalari va maoshlari nisbatini belgilashda mehnat tafovutlariga baho berishga yagona yondoshuvni taʼminlaydi.

Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi: 1) davlat tomonidan ish haqi minimumi (eng kam ish haqi miqdori) belgilanadi. Inflyatsiya jarayonida eng kam ish haqini indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi; 2) korxonalarda ishlovchi xodimlarning barcha toifalari uchun oʻrtacha ish haqining ortib borishi maʼlum darajada cheklanadi. Davlat bu usuldan tanglik holatlarida inflyatsiya surʼatlarini pasaytirishda foydalanadi; 3) ish haqining oʻrtacha ortib borishiga qarab ortib boruvchi soliq stavkalari belgilanadi. Bu eng yuqori ish haqi darajasining oʻsishiga taʼsir koʻrsatish va uni iqtisodiy usullar bilan cheklash imkonini beradi.

Yollanma xodimlar ish haqini davlat yoʻli bilan tartibga solish aholining eng kam taʼminlangan qatlamlari — yoshlar, malakasiz xodimlar, mehnat qobiliyati cheklanganlar va boshqalarni ijtimoiy himoya qilishda, inflyatsiya, real ish haqining pasayishini cheklashda muhim ahamiyatga ega.

Ish beruvchi tomonidan afzal ko'rilgan ish haqi sxemasining xususiyatlaridan qat'i nazar, xodimning soatiga yoki oyiga oladigan miqdori davlat tomonidan belgilangan minimal darajadan kam bo'lmasligi kerak. Ushbu qoida mulkchilikning har qanday shaklidagi korxonalarga nisbatan qo'llaniladi va amalda eng kam oylik ish haqi yoki minimal ish haqi shaklida qo'llaniladi. Rossiyadagi biron bir tashkilot oylik to'lashga haqli emaseng kam ish haqidan kam ish haqi  (ish haqi eng kam ish haqi), mutaxassis ish kunida yoki to'liq bo'lmagan ish kunida ishlaydigan holatlar bundan mustasno.

XULOSA.

Xulosa qilib aytsak mehnat bozorida ish kuchiga muvozanatli narx shakllanadi. Bu narx ish haqi yoki ish haqi stavkasi deb ataladi. Mehnat birligining bozor narxi ish haqi miqdori (stavkasi) boʻlib, lavozim okladi tarzida yoki shartnomaga muvofiq belgilab qoʻyiladi, lekin mamlakatda qonun bilan belgilangan eng kam ish haqi darajasidan oz boʻlishi mumkin emas. Shuningdek, ish haqi miqdori muayyan vaqt birligi (soatkunhaftaoy) ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega boʻlgan mehnatga toʻlanadigan haq darajasini belgilaydi. Ish haqining asosiy vazifasi ishlab chiqarishning bevosita qatnashchisi boʻlgan xodim hamda uning oila aʼzolarining hayot va mehnat faoliyati sharoitlarini taʼminlashidan iborat. Qiymatning mehnat nazariyasi ish kuchini alohida, oʻziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli, bu nazariya ish haqini tovar boʻlgan ish kuchi qiymatining oʻzgargan shakli, yaʼni uning puldagi ifodasi deb hisoblaydi va uni ish kuchini takror ishlab chiqarishi uchun zarur boʻlgan tirikchilik vositalari qiymati tarzida taʼriflaydi. Ish haqiga ish kuchi qiymatining puldagi ifodasi sifatida qarash aniq mehnat bozorida ish haqi darajasiga talab va taklif omillarining taʼsirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorida real ish haqining oʻrtacha darajasi yashash uchun zarur tirikchilik vositalari minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada turadi. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan, mehnat munosabatlari sharoitida ijtimoiy, psixologik va ma’naviy omillarning muhim ahamiyatini hisobga olgan holda ish haqining mohiyati va shakllarini bilishi zarur bo'ladi.

Ish haqining asosiy vazifasi ishchi-xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me'yori bilan iste'mol me'yori o'rtasidagi bog'liqlikni ta'minlashdan iboratdir.

Ish haqini o’sishi ish kuchiga bo’lgan talabni kamaytiradi. Ish kuchiga bo’lgan talab iqtisodiy rivojlanishning siklik bosqichlariga, fan va texnika taraqqiyotida foydalanish darajasiga va iqtisodiy mintaqalarda mehnat bozorlarini xususiyatlariga bog’liq.Ish kuchini mehnat bozorida taklif qilishga quyidagi omillar ta’sir etadi:

- iqtisodiy mintaqalarning demografik jarayonlari, ishlab chiqarishda qatnasha oladigan mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lganlar;

- ayollarning tadbirkorlik faoliyatlarida ularning faolligini o’sib borishi;

- aholining malakaviy va kaspiy maxorat darajalarini oshib borishi;

- aholining migrasiya jarayonlari darajasi;

- ish haqlarining o’sib borishi va mehnat sharoitlari darajalariga xam bog’liq.

Mehnat bozorida ish haqini belgilovchi va uni muvozanatda ushlab turuvchi kuch sifatida davlat tomonidan belgilab qo’yilgan eng kam ish haqi hisoblanadi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Vikipediya

2. B.Aliev.”Mehnat bozorini shakllantirishning o‘ziga xos xusu-siyatlari” /O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi/-2003 y. 5-son, 62-bet.

3.С.Ю.Рощин, Т.О.Разумова.Экономика труда:Экономическая теория труда. Учебное пособие.-М.:ИНФРА-М, 2000 г.-(серия “Высшее образование”)-376-стр.

4. Экономика труда:Учебник /Под ред.проф.П.Э.Шлендера, проф.Ю.П.Кокина.-М.:Юристь,2002 г.-92 стр.

5.Б.М.Генкин.”Экономика и социология труда”. Учебник для вузов.-М.:Издательская группа НОРМА-ИНФРА. М, 1999 г.-338-стр.

6. B.Aliev.”Mehnat bozorini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari” /O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi/-2003 y. 5-son, 62-bet.

7.Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi: Oliy o‘quv yurtla-rining iqtisodiyot sohasi bo‘yicha talabalar uchun darslik/ Q.Abdurahmonovning umumiy tahriri ostida;-T.:”O‘qituvchi”, 2001 y.-94-95-betlar.

8. SH.Xolmo‘minov. Mehnat bozori iqtisodiyoti (o‘quv qo‘llanma)-T.:TDIU, 2004 y.-10-bet.

9. D.Rahimova. O.Abdurahmonov “O‘zbekistonda mehnat bozori va ta’lim tizimining boshqarilishida o‘zaro aloqadorlik”, /ta’lim menejmenti/-2007 yil, 6-son(16)-35-bet.

10. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi: Oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot sohasi bo‘yicha talabalar uchun darslik./Q.Abdurahmonovning umumiy tahriri ostida/-T.:”O‘qituvchi”,2001

y.-96-bet.

11. Erkin Egamberdiyev. MIKROIQTISODIYOT/ G ‘afur G ‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi

Toshkent-2005 275-bet.

12. A.O’lmasov. Iqtisodiyot asoslari. Toshkent “Mehnat” 1997 y

13. Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo’raev «Iqtisodiyot nazariyasi» T.:2002.

14. Sh.Shodmonov va U.G’ofurov “Iqtsodiyot nazariyasi” Toshkent 2006 yil.

15. Р.Ж.Эренберг, Р.С.Смит Современная экономика труда: теория и государственная политика. М.:1996-й. 34-бет.

16.K.X.Abduraxmonov «Mehnat iktisodiyoti (nazari va amaliyot», Toshkent-«Mehnat»-2004 yil, 18-bet.

17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining O‘zbekiston 2002 yil 31 yanvar, № 42

18. Л.П.Владимирова “Экономика труда”: Учебное пособие.-Москва-2002 г. М.:Издательский Дом “Дашков и К0 “. 17-18-стр.

19. С.Ю.Рощин, Т.О.Разумова.Экономика труда:Экономическая теория труда. Учебное пособие.-М.:ИНФРА-М, 2000 г.-(серия “Высшее образование”)-376-стр.

20. Б.М.Генкин.”Экономика и социология труда”. Учебник для вузов.-М.:Издательская группа НОРМА-ИНФРА. М, 1999 г.-52-стр

21. С.А.Карташов, Ю.Г.Одегов. Рынок труда, проблемы форми-рования и управления. Москва. ЗАО.”Финстатинформ”-1998 г. 6-7-стр.

22. Д. Хужаев “Ўзбекистонда ишчи кучини бошкариш ва кайта шакллантириш”, /Бозор, пул ва кредит/-2004 йил, 9-сентябр, 56-бет.

23. «Зарплата как пена фактора» Экономика. Учебник. Под ред. д.э.н. А,И.Архипо- ва, д.э.нАН.Нестеренко, к.э.н.А.И.Большакова. «Проспект» М. 1988. 149—150-betlar.



1 Vikipediya

2 B.Aliev.”Mehnat bozorini shakllantirishning o‘ziga xos xusu-siyatlari” /O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi/-2003 y. 5-son, 62-bet.

3 С.Ю.Рощин, Т.О.Разумова.Экономика труда:Экономическая теория труда. Учебное пособие.-М.:ИНФРА-М, 2000 г.-(серия “Высшее образование”)-376-стр.

4 Экономика труда:Учебник /Под ред.проф.П.Э.Шлендера, проф.Ю.П.Кокина.-М.:Юристь,2002 г.-92 стр.

5 Б.М.Генкин.”Экономика и социология труда”. Учебник для вузов.-М.:Издательская группа НОРМА-ИНФРА. М, 1999 г.-338-стр.

65 B.Aliev.”Mehnat bozorini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari” /O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi/-2003 y. 5-son, 62-bet.6 Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi: Oliy o‘quv yurtla-rining iqtisodiyot sohasi bo‘yicha talabalar uchun darslik/ Q.Abdurahmonovning umumiy tahriri ostida;-T.:”O‘qituvchi”, 2001 y.-94-95-betlar.

7



8



97 O‘sha asar 95-bet.8 SH.Xolmo‘minov. Mehnat bozori iqtisodiyoti (o‘quv qo‘llanma)-T.:TDIU, 2004 y.-10-bet.

109 O‘sha asar 10-bet.10 D.Rahimova. O.Abdurahmonov “O‘zbekistonda mehnat bozori va ta’lim tizimining boshqarilishida o‘zaro aloqadorlik”, /ta’lim menejmenti/-2007 yil, 6-son(16)-35-bet.

11Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi: Oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot sohasi bo‘yicha talabalar uchun darslik./Q.Abdurahmonovning umumiy tahriri ostida/-T.:”O‘qituvchi”,2001 y.-96-bet.

11



12 Erkin Egamberdiyev. MIKROIQTISODIYOT/ G ‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2005 275-bet.


13 A.O’lmasov. Iqtisodiyot asoslari. Toshkent “Mehnat” 1997 y

14 Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo’raev «Iqtisodiyot nazariyasi» T.:2002.

15 Sh.Shodmonov va U.G’ofurov “Iqtsodiyot nazariyasi” Toshkent 2006 yil.

16 Р.Ж.Эренберг, Р.С.Смит Современная экономика труда: теория и государственная политика. М.:1996-й. 34-бет.

17 K.X.Abduraxmonov «Mehnat iktisodiyoti (nazari va amaliyot», Toshkent-«Mehnat»-2004 yil, 18-bet.

18O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining O‘zbekiston 2002 yil 31 yanvar, № 42

19 Л.П.Владимирова “Экономика труда”: Учебное пособие.-Москва-2002 г. М.:Издательский Дом “Дашков и К0 “. 17-18-стр.

20 С.Ю.Рощин, Т.О.Разумова.Экономика труда:Экономическая теория труда. Учебное пособие.-М.:ИНФРА-М, 2000 г.-(серия “Высшее образование”)-376-стр.

21 Б.М.Генкин.”Экономика и социология труда”. Учебник для вузов.-М.:Издательская группа НОРМА-ИНФРА. М, 1999 г.-52-стр

22 С.А.Карташов, Ю.Г.Одегов. Рынок труда, проблемы форми-рования и управления. Москва. ЗАО.”Финстатинформ”-1998 г. 6-7-стр.

23 Д. Хужаев “Ўзбекистонда ишчи кучини бошкариш ва кайта шакллантириш”, /Бозор, пул ва кредит/-2004 йил, 9-сентябр, 56-бет.

24Musayeva, Zamira; Yusupov, Qodirjon (2000-2005). "Ish haqi". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.

25 Thompson, E. P. (1967). "Time, Work-Discipline, and Industrial Capitalism". Past and Present (38): 56–97.

26 Ezzamel, Mahmoud (2004-07). "Work Organization in the Middle Kingdom, Ancient Egypt"Organization 11 (4): 497–537. ISSN 13505084. Qaraldi: 2014-02-13.

27 «Зарплата как пена фактора» Экономика. Учебник. Под ред. д.э.н. А,И.Архипо- ва, д.э.нАН.Нестеренко, к.э.н.А.И.Большакова. «Проспект» М. 1988. 149—150-betlar.


Download 107.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling