O’zbekiston aholisi,demografik jarayonlari Reja. Respublikamizdagi demografik jarayon


Download 64.18 Kb.
bet1/2
Sana23.12.2022
Hajmi64.18 Kb.
#1047951
  1   2
Bog'liq
Yeshniyozov Islom


O’zbekiston aholisi,demografik jarayonlari
Reja.
1.Respublikamizdagi demografik jarayon
2.Aholining joylashishi va zichligi
3.Aholining tabiiy ko’payishi
Oʻzbekiston demografiyasi Oʻzbekiston aholisining demografik koʻrsatkichlari boʻlib, aholining oʻsishi, zichligi, millati, taʼlim darajasi, sogʻligʻi, iqtisodiy ahvoli, diniy mansubligi va boshqa jihatlarini oʻz ichiga oladi. Ma'lumotlarning aksariyati taxmindir, chunki oxirgi aholi roʻyxati 1989 yilda Sovet davrida o'tkazilgan.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 10,4 mln. kishiga ko‘paydi, ya'ni 1990 yildagi 20,6 mln. kishidan 2014 yil yakuniga kelib 31,0 mln. kishiga ortdi yoki 1990-2014 yillar mobaynida 1,5 barobarga o‘sdi.
Respublikamiz demografik holatini hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, aholining salmoqli qismi Samarqand (3 514,8 ming), Farg‘ona (3 445,3 ming), Qashqadaryo (2 960,6 ming) hamda Andijon (2 857,4 ming) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Qayd etib o‘tish lozimki, tug‘ilishlar soni bo‘yicha ham Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari yetakchilik qilishmoqda, shuningdek tug‘ilish koeffitsiyenti (har 1000 kishiga nisbatan) bo‘yicha esa Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarini ko‘rish mumkin.
Bugungi kunga kelib, respublikamizda mehnatga layoqatli yoshdagi aholining jami aholi sonidagi ulushi 1990 yildagi 49,2 foizdan 61,7 foizga oshdi, mehnatga layoqatli yoshdagi aholidan kichik yoshdagilar ulushi esa 42,9 foizdan 29,9 foizga kamaydi.
Mamlakatimizda aholining soni yildan yilga ko‘payib, bugungi kunda respublikadagi jami aholining 18,1 mln. nafari mehnat resurslari tarkibiga kiradi. Mehnat resurslarining 13,5 mln. nafari iqtisodiy faol, 4,6 mln. nafari iqtisodiy nofaol aholi tarkibiga kiradi.
Respublika aholisi, asosan, qadimdan oʻzlashtirilgan, sugʻorma dehqonchilik uchun sharoit qulay boʻlgan voha va vodiylarda zich joylashgan.
Mirzachoʻl, Surxon-Sherobod, Qarshi, Markaziy Fargʻona, Ellikqalʻa choʻllarini oʻzlashtirish natijasida hamda turli qazilma boyliklar konlarini topish asosida vujudga kelgan shahar va shaharchalar ham aholining hududiy tarkibiga oʻzgartirishlar kiritdi. Biroq yangi aholi manzillari aholining asrlar davomida tarkib topgan hududiy shakllariga katta oʻzgarishlar kirita olmadi. Aholining asosiy qismi tugʻilib oʻsgan joyida istiqomat qiladi. Bundan choʻl mintaqalarida yashovchi aholi mustasno. Shu bilan birga shaharlar tarmogʻidagi oʻzgarishlar shahar aholisining dinamikasi va joylashishiga katta taʼsir qildi. Keyingi-yillarda ularda sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. 1990-2005-yillarda mamlakat aholisining oʻsish surʻati pasayib borayotgan davrda baʼzi viloyatlarda bu jarayon sekinroq kechdi.
Oʻzbekistonda demografik vaziyatning eng muhim xususiyatlari aholi oʻsish surʻatlarining pasayib borishi; aholi tabiiy koʻpayish koʻrsatkichining kamayishi; tashqi migratsiya natijalarining manfiylashuvi; shahar aholisining sust oʻsishi va boshqalar. Mamlakatning shahar aholisi nihoyatda notekis joylashgan boʻlib, asosiy qismi Toshkent sh.ga toʻgʻri keladi. Biroq Toshkent sh. aholisi soʻnggi-yillarda deyarli oʻsmadi, natijada uning Oʻzbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 1990-yildagi 10,5 %dan 8,2 % ga tushib qoldi. Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining demografik salohiyati pasaydi, Jizzax viloyatida oʻzgarmadi, qolgan hududlarda esa oshdi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston aholisining 16,4 % Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ga toʻgʻri keladi. Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham biroz oʻsish boʻldi.
1991—2005-yillarda Oʻzbekiston viloyatlari boʻyicha shahar aholisining oʻsishida sezilarli darajada nomutanosiblik kuzatildi. Bu-yillarda respublika shaharlari aholisining oʻsish surʻati 0,9 % boʻlib, bu koʻrsatkich Surxondaryoda 3,2 %; Jizzaxda 2,8 %; Sirdaryoda 0,6 %; Buxoroda 0,7 %; Xorazmda 0,8 % va Toshkent viloyatida 0,2 % ni tashkil etdi.
Yuqoridagi oʻzgarishlarga qaramay, respublika aholisining hududiy mujassamlashuvi darajasi hamon Fargʻona va toshkent iqtisodiy r-nlarida yuqori. Fargʻona vodiysiga mamlakat aholisining 28 %, Toshkent sh. va viloyatiga 18 % toʻgʻri keladi. Aholi zichligi 1 km2 ga 58 kishi boʻlib, bu koʻrsatkich mamlakat miqyosida 70 karraga farq qiladi yoki boshqacha aytganda, 7,3 kishidan (Navoiy viloyati) 552,5 (Andijon viloyati) kishigacha yetadi. Fargʻona, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi juda zich, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida zichlik koʻrsatkichi ancha past.
Oʻzbekistonda aholi tabiiy koʻpayishiga oid mufassalroq maʼlumotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlab mavjud. Aholining tabiiy koʻpayishi 1-navbatda tugʻilishga bogʻliq. Respublikada 19-asr oxiri 20-asr boshlarida tugʻilish darajasi yuqori boʻlgan. 1865-1917-yillarda tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 ta kishiga nisbatan tugʻilganlar soni) 4550 %ni tashkil etgan. Tugʻilish fiziologik imkoniyat darajasida boʻlgan, oilada farzandlar tugʻilishi cheklanmagan. Buning asosiy omillari oʻzbek ayollarining ijtimoiy i.ch. da juda kam ishtiroki, maʼlumotlilik darajasi ning pastligi, tugʻilishni qoʻllab-quv vatlovchi urf-odat va qadriyatlar taʼsirining nisbatan yuqoriligi, goʻdaklar oʻlimining koʻpligidir.
Oʻsha davrda aholi oʻrtasida oʻlim hollari ham yuqori boʻlgan. 1886-1900-yillarda Oʻzbekiston hududida 1000 ta aholiga nisbatan oʻrtacha 49,8 ta bola tugʻilgan boʻlsa, oʻlganlar soni (har 1000 kishi hisobiga) 44,8 ga teng edi. Demak, oʻsha davrda oʻzbek oilalarida tugʻilish yuqori boʻlishiga qaramay aholi oʻrtasida oʻlimning koʻpligi, oʻrtacha umr koʻrish davri juda qisqa boʻlgani (32 yosh) tufayli aholining tabiiy koʻpayishi sust kechgan. Boshqacha aytganda, yuqori tugʻilish yuqori tabiiy oʻsishni taʼminlay olmasdi, tugʻilishning „foydalilik“ darajasi past boʻlgan. Mazkur dalillar Oʻzbekiston aholisining tabiiy koʻpayishi 19-asr oxiri 20-asr boshlarida Yevropa xalqlaridan 3,5 barobar kam boʻlganini koʻrsatadi. Natijada aholi sonining oʻsishi juda sekin kechgan. 1885-1917-yillarda Oʻzbekiston aholisi 3320 mingdan 4052 mingga yetdi yoki aholining soni har-yili oʻrtacha 0,6 % atrofida oʻsdi.

Download 64.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling